Ji So Yun (koreyscha: 지소연, koreyscha talaffuzi: [tɕi.so.jʌn]; 1991-yil 21-fevralda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, WK League klubi «Suwon FC» va Janubiy Koreya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi karyera

Ji oʻz faoliyatini Yaponiyada 2011 va 2013-yillar oraligʻida L. Ligasi INAC chempioni Kobe Leonessa jamoasida oʻynab boshlagan. 2013-yilning noyabrida Ji Angliyaning Chelsi klubidan taklif olgan. 2014-yil yanvar oyida u ikki yillik shartnomaga rozi boʻlgan. Oʻsha oyda transfer rasman tasdiqlanganida, «Chelsi» bosh murabbiyi Emma Xeys Ji haqida shunday dedi: U dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri va muxlislarimiz uni yaxshi koʻrishadihttps://www.bbc.co.uk/sport/0/football/25924825. Yaponiya klubidagi soʻnggi oʻyinlaridan birida Ji Xalqaro ayollar klublari chempionati finalida oʻzining yangi klubi «Chelsi» darvozasiga gol urdihttps://www.theguardian.com/football/2013/dec/08/chelsea-ladies-inac-kobe-lionessa-international-womens-club-championship-match-report.

Ji Angliyadagi birinchi mavsumidan soʻng yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. U 2015-yil aprel oyida PFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topilgan shuningdek, PFA WSL yilning eng yaxshi jamoasiga kiritildihttps://www.bbc.co.uk/sport/0/football/32474645http://www.skysports.com/football/news/11095/9825217/chelsea-midfielder-ji-so-yun-is-the-pfa-womens-player-of-the-year.

«Uembli» stadionida birinchi marta oʻtkazilgan 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi finalida Ji «Chelsi» uchun kubokni qoʻlga kiritish oʻyindagi yagona golni kiritdihttps://www.bbc.co.uk/sport/live/football/33511324. 2015-yil oktabr oyida u «Chelsi»ning «Sanderlend» ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida ham gol urdi, bu esa klubning birinchi FA WSL chempionligini, shuningdek, Liga va Kubokning dublini ta’minladihttps://www.bbc.co.uk/sport/0/football/34372478.

2018-yilning 1-aprelida Ji «Arsenal»ga qarshi oʻyinda (1:1) «Chelsi» safidagi 100-uchrashuvini oʻtkazdihttp://www.chelseafc.com/news/latest-news/2018/04/ladies-report--arsenal-chelsea.html.

Yillar davomida «Chelsi»dagi oʻyinlarni hisobga olib, The Guardianʼdan Syuzanna Rak Ji WSL tarixidagi eng yaxshi chet ellik futbolchi ekanligini aytganhttps://archive.today/20210510141630/https://www.theguardian.com/football/2021/may/10/player-ratings-for-chelseas-wsl-title-winners.

Sakkiz yilni «Chelsi»da oʻtkazgandan soʻng, Ji 2021/22-yilgi mavsumdan keyin klubni tark etdi. U 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va barcha musobaqalarda 68 ta gol urdi, bundan tashqari, oltita liga chempionligi, toʻrtta Angliya kubogi, ikkita Liga kubogini qoʻlga kiritdihttps://koreajoongangdaily.joins.com/2022/05/16/sports/football/Ji-Soyun-Chelsea-FA-Cup/20220516153330687.html. 2022-yil 24-may kuni Ji oʻz vataniga qaytib keldi va WK League jamoasi Suwon FCga qoʻshildi, bu uning Janubiy Koreya klubidagi ilk faoliyati boʻldihttps://koreajoongangdaily.joins.com/2022/05/16/sports/football/Ji-Soyun-Chelsea-FA-Cup/20220516153330687.html.

Terma jamoadagi karyera

thumb|280px|Ji So Yun Argentinaga qarshi o'yinda Janubiy Koreya tarkibida Ji Janubiy Koreyani 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar darajasida himoya qilgan va 2009-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi va 2010-yilgi FIFA 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa tarkibida oʻynaganhttps://web.archive.org/web/20150518090704/http://www.kfa.or.kr/news/news_interview_view.asp?BoardNo=776&Page=1&Query=Gubun=11403

2006-yil oktabr oyida Ji oʻzining katta jamoadagi debyutini oʻtkazdi va 2006-yilgi Jahon malikasi kubogida oʻynadi. 2006-yil 30-noyabrda u 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida Xitoy Taypeyi darvozasiga ikkita gol urib, Janubiy Koreyaning katta terma jamoasi uchun eng yosh toʻpurarga (15 yosh, 282 kun) aylandihttps://web.archive.org/web/20150518090704/http://www.kfa.or.kr/news/news_interview_view.asp?BoardNo=776&Page=1&Query=Gubun=11403http://www.kfa.or.kr/archive/etc_record.php.

Ji 64 ta gol bilan Janubiy Koreya ayollar jamoasining eng yaxshi toʻpurari hisoblanadihttp://www.kfa.or.kr/archive/etc_record.php.

Karyera statistikasi

+ klubdagi natijalarKlubLigaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaUmumiyOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolINAC Kobe LeonessaNadeshiko League 1201116840———20820121643063——2572013169469321—3119Umumiy482111615621—7634ChelsiFA WSL20141232254——1992015145434240—26102016165451020—231020177432———1062017–18146325163—28122018–19176312082—3092019–201362041——1972020–21192104081103332021–22120421050—222Umumiy1243726172683361021068Karyerada umumiy172583723411435710286102

Yutuqlar

thumb|280px||Lee Myung Bak va Ji So Yun Inac Kobe Leonessa Nadeshiko ligasi gʻolibi 2011, 2012, 2013 Empress's kubogi: 2011, 2012, 2013 Nadeshiko kubogi: 2013 Xalqaro ayollar oʻrtasida chempionat: 2013

Chelsi

FA Ayollar super ligsi: 2015, 2017, 2017–18, 2019–20, 2020–21, 2021–22 FA Ayollar kubogi: 2014–15, 2017–18, 2020–21, 2021–22 FA Ayollar liga kubogi: 2019–20, 2020–21 FA Ayollar jamiyat qalqoni : 2020

Janubiy Koreya U20 FIFA U-20 Ayollar oʻrtasida jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2010 AFC U-20 Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi Ikkinchi oʻrin: 2009

thumb|280px|<center>Ji So Yun Chelsi tarkibida Janubiy Koreya unversiadasi Yozgi unversiada: 2009

Janubiy Koreya Osiyo oʻyinlari bronza medal: 2010, 2014, 2018 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi Ikkinchi oʻrin: 2022

Shaxsiy yutuqlar

FIFA ayollar oʻrtasida yilning eng yaxshi futbolchisi nomzodi:2010-yil (6- oʻrin) FIFAning eng yaxshi ayol futbolchisi nomzodi:2020-yil (11- oʻrin) FIFA FIFPro Womenʼs World11 nomzodi: 2020-yil FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati kumush toʻpi: 2010-yil FIFA U-20 Ayollar Jahon chempionati Kumush butsa: 2010-yil Yozgi Universiadaning eng qimmat futbolchisi:2009-yil FA ayol oʻyinchilar orasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2014-yil PFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2014–15 PFA Yil jamoasi (FA WSL)]]:2014–15, 2015–16,2017–18, 2018–19, 2019–20 U-19 ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2009-yil

Manbalar

Havolalar Ji So-yun at Chelsea F.C.