Zoya Kosmodemyanskaya haykali — Ruza shahrida mashhur Sovet partizani, Sovet Ittifoqi Qahramoni Zoya Anatolyevna Kosmodemyanskaya xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik. Yodgorlik muallifi Sotsialistik Mehnat Qahramoni, SSSR xalq artisti, akademik Zurab Tsereteli.

Yodgorlik haqida left|thumb|280x280px| Yodgorlikni oʻrnatish tashabbuskori haykalni shaharga sovgʻa qilgan Rossiya Harbiy-Tarix Jamiyati edi. Ruza 1941-yil 29-noyabrda Kosmodemyanskaya qatl qilingan Petrishchevo qishlogʻi Ruza tumanida joylashganligi sababli yodgorlik oʻrnatilishi uchun tanlangan. Yodgorlik muallifi haykaltarosh Zurab Tsereteli boʻlib, uning soʻzlariga koʻra, yodgorlik „Zoyaning tinch, urushgacha boʻlgan hayotini va shu bilan birga uning jasoratga tayyorligining ramzidir“.

Yodgorlikning tantanali ochilishi 2013-yil 30-avgustda Zoya Kosmodemyanskaya tavalludining 90-yilligi arafasida boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri, Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati raisi Vladimir Medinskiy va Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ishtirok etdi. Yodgorlik Ruza madaniyat uyi oldida oʻrnatilgan.

Manbalar

Kosmodemyanskaya Turkum: Ruza Kosmodemyanskaya, ruza Turkum: Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati Turkum: Zurab Tsereteli Haykallari