"Doʻstlik" — Toshkent viloyati Doʻstlik qishlogʻining sobiq oʻzbek futbol klubi, 1993—2003-yillarda Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan.
Shuningdek, Toshkent viloyatining Yangibozor qishlogʻi nomidan oʻynagan.
Oʻzining soʻnggi mavsumida milliy chempionatda „Doʻstlik“ 11-oʻrinni egallagan, 2003-yil oxirida esa Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi oldidagi qarzlari tufayli tarqatib yuborilgan. Klub hozir mavjud emas.
Tarixi
Jamoa nomlari tarixi 1962-yilgacha — „Paxtakor“ 1963—1991 — „Politotdel“ 1992 — „Politotdel“-RUOR 1993—1995 — „Politotdel“ 1996—2003 — „Doʻstlik“
SSSR Chempionatlarida Klub 1962-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubining ikkinchi jamoasi sifatida tashkil etilgan boʻlsa, 1963-yilda „Politotdel Toshkent“ nomi bilan mustaqil klubga aylandi.
1962-yilda u SSSR chempionatining 2-zonasida B toifasida debyut qildi va u yerda 12-oʻrinni egalladi.
1963-yilda SSSR ligalari tizimi yana qayta tashkil etilgandan soʻng, u Politotdel sifatida B toifasi, 2-zonasiga tushirildi.
1964-yilda u final turnirida 3-oʻrinni egalladi va ikkinchi A guruhiga yoʻl oldi.
1970-yilda SSSR ligalari tizimi yana bir marta qayta tashkil etilgandan soʻng, u yana Ikkinchi liga, 5-zonaga tushib ketdi. 1971-yilda u 13-oʻrinni egalladi, ammo u endi professional musobaqalarda emas, balki faqat mahalliy turnirlarda oʻynadi.
Shuningdek, 1962 va 1964—1970-yillarda jamoa SSSR kubogida qatnashgan.
Oʻzbekiston Chempionatlarida 1991-yilda " Politodel " nomini oldi. 1996-yilda Doʻstlik nomi qabul qilindi. 1993-yilda Oʻzbekiston Oliy ligasiga koʻtarilgan.
U 1999—2000-yillar oraligʻida ikki marta Oʻzbekiston chempioni va hattoki 2000-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritib oltin dublga erishgan.
Klub 2004-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Oʻzbekiston futbol federasiyasi oldidagi aʼzolik qarzlarini toʻlamagani uchun Oliy ligadan chetlatilgan, shundan soʻng quyi divizionga tushirilgan va jamoa 2009-yilgi mavsum boshlanishidan oldin moliyaviy muammolar tufayli gʻoyib boʻldi.
Mahalliy MavsumChempionatOʻzbekiston kubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiyLIgaOʻGʻDMUGOʻG+/-OIsmLiga1992Oʻzbekiston Birinchi ligasi23021546126 +3547—1993Oʻzbekiston Superligasi9301221652520261/8 final199473014794535 +1035Chorak final1995630116133951 −12391/8 final199643017495238 +1455Yarim final1997434195108756 +3162Yarim final1998830111095743 +1443Chorak final199913020467945 +3464—2000138304410844 +6494Gʻolib2001934145157360 +1347Chorak final2002930112173749 −12351/8 final20031030103174059 −19331/8 final
Xalqaro Musobaqalarda natijalar "Doʻstlik" klubi 2001-yilgi klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan, biroq Tojikistondagi fuqarolar urushi sabab „Varzob Dushanbe“ga qarshi birinchi safar oʻyinida qatnasha olmagan. „Doʻstlik“ OFK tomonidan diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi. MavsumMusobaqaBosqichKlubHomeAwayNatija2000-01Asian Cup Winners' CupBirinchi bosqichVarzob Dushanbew/o1 1 FK „Doʻstlik“ Tojikistondagi fuqarolar urushi (?) sababli Dushanbedagi 1-oʻyinga kelmadi; ular musobaqadan chetlashtirildi va 10 000 dollar jarimaga tortildi.
Yutuqlari SSSR Birinchi ligasi — „B“ klassi 1-3-oʻrinlar uchun finalda 3-oʻrin (1966). SSSR kubogi — 1/32 final (1965, 1967/68, 1969). 2 karra Oʻzbekiston chempioni (1999, 2000). Oʻzbekiston kubogi sohibi (1999/2000).
Boshqaruv tarixi
1962: Dobin Shegay 1963 yil: Nikolay Fedorchenko 1964 yil: Sergey Budagov 1965-1967: Andrey Chen Ir Son 1967 yil: Viktor Sokolov 1968 yil: Mikola Kuznetsov 1969 yil: Yevgeniy Yeliseyev
…
1994 yil: Viktor Jalilov
…
01.1996-23.08.1996: Rustam Mirsodiqov 23-avgust 1996-12 1996: Mahmud Rahimov
…
05.1998-06.1998: Viktor Matvyjenko 1999 yil: Rustam Mirsodiqov 2000 yil: Leonid Ostrouszko
…
2003-0?2003: Noʻmon Hasanov
Mashhur futbolchilar Mixail Ivanovich An Dmitriy Ivanovich An Vladimir Sherbakov Jafar Irismetov Oybek Usmonxoʻjaev Nu’mon Xasanov Baxtiyor Ashurmatov Abduqahhor Marifaliev Farid Xabibulin Vyacheslav Ponomarev Igor Taran Fevzi Davletov
Manbalar
Havolalar Klub v baze footballfacts („Paxtakor“) Klub v baze footballfacts („Dustlik“, imeetsya sezon-2009 Kubka Uzbekistana kak „Dustlik“ Tashkentskaya oblast) Matchi kluba v baze Wildstat (Politotdel) Matchi kluba v baze Wildstat (Dustlik)
Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Toshkent viloyati futbol klublari Turkum:Birinchi liga jamoalari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi chempionlari Turkum:Oʻzbekiston kubogi gʻoliblari Turkum:1963-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari