Yakov Eliashberg () (1946-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — SSSRning Leningrad shahrida tugʻilgan amerikalik matematik.
Yakov Eliashberg 1972-yilda Leningrad universitetidan Vladimir Roxlin rahbarligida fan nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1972-1979-yillarda Komi Respublikasining Syktyvkar davlat universitetida dars bergan. 1980-1987-yillarda sanoatda komputer dasturlari guruhi rahbari sifatida ishlagan. 1988-yilda esa Eliashberg AQShga koʻchib oʻtgan va 1989-yildan buyon Stanford universitetida matematika fani professori boʻlib ishlab kelmoqda.