thumb| Qurbaqa keksi kesimi Qurbaqa keksi () — qurbaqa boshi shaklidagi shirinlik boʻlib, biskvitdan tayorlanadi va ustiga shakar siropi qoʻshiladi. Qurbaqa keksi birinchi marta Avstraliyada 1922-yilda novvoyxonasida tayyorlangan va tez orada Janubiy Avstraliyada mashhur taomga aylangan. Dastlab, qurbaqa kekslari faqat yashil rangga ega edi, lekin tez orada jigarrang va pushti kekslar paydo boʻldi va keyinchalik koʻplab boshqa tuslari ham paydo boʻldi.
Tarixi 1920-yillarning boshlarida Gordon Balfour (Jon Balfourning jiyani, Balfours novvoyxonalari asoschisi) Fransiyaga keldi va u yerda Yevropa qandolat mahsulotlari orasida qurbaqa keksini koʻrdiHockley (26 May 2001), p. 29.. Balfours 1922-yilda Gordon Adelaidaga qaytganidan keyin qurbaqa keksini pishirishni boshladiClarke (17 June 2003), p. 31.. Bu tort Balfours kasbiga aylandi va anʼanaviy ravishda Janubiy Avstraliyada sotila boshlandi. Ular hozirda Viktoriya, Kvinslend va boshqa shtatlarda ham sotiladi. Ushbu keksning koʻplab variantlari mavjud va yangi shakllar, masalan, Rojdestvo uchun qorbobo va Pasxa uchun joʻja paydo boʻldi. Adelaida futbol klubiJauncey (May 2004) ranglarida bezatilgan qurbaqa keksi varianti mavjud.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Shirinliklar Turkum: Avstraliya pishiriqlar