PIRLS ( ) — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.
Tadqiqot davriy ravishda — har besh yilda bir marta oʻtkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda oʻtkazilgan. border|thumb|500x500px|PIRLS 2016 PIRLS oʻqish taʼlimini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:
global miqyosida taʼlim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish; yangi yoki qayta koʻrib chiqilgan taʼlim siyosatining taʼsirini kuzatib borish; taʼlimning zaif nuqtalarini belgilash va oʻquv islohotini amalga oshirish; PIRLS maʼlumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali oʻqitish va oʻqishni takomillashtirish; adolatlilikni kuzatish yoki qoʻshimcha sinflarda oʻquvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish; oʻqishni va oʻqitishni oʻrganish.
Tarixi PIRLS loyihasi Taʼlim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) shafeligida yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kolleji mas’ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) maʼlumotlar markazida amalga oshiriladi.
Ozbekistonda ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tadqiqot uslubi PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi maʼlumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʻqish va oʻqitishni yaxshilashda taʼlim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS taʼrifiga koʻra, oʻqish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda maʼno hosil qila olish qobiliyati hamdirPIRLS xalqaro baholash dasturi.
Tadqiqot doirasida asosiy eʼtibor tushunishni namoyon qilishdan oʻzlashtirilgan maʼlumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qoʻllay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan.
Oʻquvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi boʻlib, maʼno yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali oʻqish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qoʻllaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda oʻquvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega boʻlishi mumkin. Bular anʼanaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli koʻrinishdagi yozma shakllarni ham oʻz ichiga oladi.
PIRLS tadqiqotida oʻquvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida oʻqishini ikki turi baholanadi:
Oʻquvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida oʻqish; Maʼlumotni oʻzlashtirish va undan foydalanish maqsadida oʻqish.
Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni oʻqiyotganda oʻqish qobiliyatining toʻrtta guruhi baholanadi:
aniq koʻrsatilgan maʼlumotlarni topish; xulosalarni shakllantirish; maʼlumotlarni talqin va sintez qilish; mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.
Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga koʻra, oʻrtacha 500 dan 800 tagacha, oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi darajasi past boʻlgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta soʻzdan iborat boʻladi.
Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi oʻquvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos boʻlgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda oʻquvchiga unchalik tanish boʻlmaydi.
PIRLS tadqiqotida oʻqish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:
Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) — Oʻquvchilar matnni yaxlit oʻzlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bogʻliq holda tushunadi. Muallifning gʻoyasini izohlashda oʻz fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.
Yuqori daraja (550 ball) — Oʻquvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib oʻz xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga eʼtibor qarata oladi.
Oʻrta daraja (475 ball) — Oʻquvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining baʼzi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan oʻz xulosalarini chiqaradi.
Quyi daraja (400 ball) — Oʻquvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson boʻlgan xabarni ajratib oladi.
Natijalarni baholash tartibi PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qoʻllanadi:
- javobni tanlash usulidagi toʻgʻri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi toʻgʻri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- erkin javob berishg kerak boʻlgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.
Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qoʻllanadi.
Tadqiqot natijalari
PIRLS-2001 PIRLS-2001 tadqiqotida 35 ta davlat ishtirok etganPIRLS 2001 International Report. Tadqiqotda 4-sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligi baholangan. ReytingMamlakatOʻrtachaballi1561255435534550554565447543754395421054111539125371352914528145281452814Gonkong52818525195242051821512215122350924502 Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar500254992649427Moldova492284492944230422314203241433Quvayt3963435035327
PIRLS-2006 PIRLS-2006 tadqiqotida 40 ta davlatdan 215 000 ga yaqin oʻquvchilar ishtirok etganPIRLS 2006 International Report.
2006-yildagi tadqiqotda baholash testi toʻrtta jarayonni koʻrib chiqdi:
aniq koʻrsatilgan maʼlumotlarni olish toʻgʻri xulosalar qilish gʻoyalar va maʼlumotlarni talqin qilish va umumlashtirish tarkib, til va matn elementlarini tekshirish va baholash ReytingMamlakatOʻrtachaball15652Gon Kong5643 (Alberta)56045584 (Britaniya Kolumbiyasi)55865577 (Ontario)5558551855110549115481254712547125471554616 (Yangi shotlandiya)54217541185401953920538215372253523 (Kvebek)53324532245322652727522275222951930Ispaniya5133151232511Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar50033Moldova50033 (French)5003549836489374713844239Trinidad va Tobago43640421414054235343Quvayt3304432345Janubiy Afrika302
PIRLS-2011 PIRLS-2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 oʻquvchi qatnashdi. Anʼanaga koʻra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning fransuz tilida soʻzlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashdi, chunki ularning taʼlim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin oʻquvchilar qatnashganPIRLS 2011 International Report.
2011-yil maʼlumotlariga koʻra Gonkong, Rossiya, Finlandiya va Singapurda oʻquvchilar oʻqishni yaxshi oʻzlashtiradilar. Ushbu davlatlarning toʻrtinchi sinf oʻquvchilari barcha ishtirok etgan boshqa davlatlar orasida eng yaxshi natijalarni koʻrsatdilar. Ushbu mamlakatlarning oʻrtacha ballari orasidagi farq unchalik katta emas. Boshqa ishtirokchi davlatlarning natijalari yetakchi toʻrt mamlakatning natijalaridan ancha past. ReytingMamlakatOʻrtachaball1Gonkong5712568256845675Shimoliy Irlandiya5586556755485538553105521055212548135461454515542165411654116541165412053921535225322353124530255292652827527285262952030Ispaniya5133150732 (French)50633502Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar500344883547736Trinidad471374623845739448404394143042428434254439145310
PIRLS-2016 PIRLS-2016 tadqiqot natijalari 2017-yil 5-dekabrda chop etildiPIRLS 2016. Ushbu siklda ikkita qoʻshimcha tashabbus qoʻllandi:
1) PIRLS savodxonligini baholash (ilgari prePIRLS nomi qoʻllangan) qamrov doirasi va hajmi boʻyicha PIRLSga teng va PIRLS kabi oʻqish tushunchasini aks ettiradi.
2) 2016-yilda joriy etilgan ePIRLS — oʻquvchilarning onlayn oʻqish paytida maʼlumot olish va undan foydalanish qobiliyatini kompyuterda oʻqishni baholash tashabbusi. Baholash ilm-fan va ijtimoiy fanlar boʻyicha maktabga oʻxshash haqiqiy topshiriqlar bilan qiziqarli, simulyatsiya qilingan internet muhitini oʻz ichiga oladi. Ushbu ePIRLS onlayn oʻqish yutuqlari shkalasi mamlakatlarga toʻrtinchi sinf oʻquvchilarining onlayn oʻqish koʻrsatkichlarini PIRLS oʻqish yutuqlari shkalasidagi koʻrsatkichlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.
Mamlakatlar boʻyicha talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha PIRLS-2016 natijalariga koʻra, 18 ta davlatda oʻrtacha koʻrsatkich yuqoriroq, 13 mamlakatda bir xil oʻrtacha yutuq va 10 mamlakatda oʻrtacha koʻrsatkich pastroq boʻlib, 50 ta davlatning 48 tasida qizlarning oʻqish darajasi oʻgʻil bolalarga qaraganda yuqori boʻlgan[PIRLS 2016 natijalari]PIRLS 2016 oʻqish yutuqlari tendentsiyalari.
PIRLS-2016 tadqiqot natijalariga koʻra, oʻrtacha oʻqish darajasi eng yuqori boʻlgan oʻnta mamlakat: Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Gonkong, Irlandiya, Finlandiya, Polsha, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya, Tayvan va Angliya davlatlaridirOʻquvchilar natijalari haqida umumiy maʼlumot. ReytingMamalakatOʻrtachaball158125763Gonkong5694567556665656Shimoliy Irlandiya565855985598559115581255513554145521554916548165481854719Makao546205452154422543225432454225541265372753628535295303052830Ispaniya528325253352334511Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar50035 (French)497364943748838Trinidad479394724045241450424464344244430454284641847Quvayt393483584933050Janubiy Afrika320
PIRLS-2021 ReytingMamalakatOʻrtachaball158725773Gonkong57345675566655875578552954995491154812544125441454014540145401753917539175392053721536225302352924528255272652427521275212952029520315153251432514345133551135 (flamand)5113751038504Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar500394964049440 (French)49442487434854448345458464494744248440494375042951421524195341354381553785637257288 PIRLS 2021 tadqiqotida Oʻzbekiston oʻquvchilari ham ishtirok etib 57 mamlakatlar orasida 49-oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrin esa, Osiyoning yana bir mamlakati Singapur, ikkinchi oʻrin Irlandiya, uchinchi oʻrin Gonkong mamlakati yuqori oʻrinlarni egallagan. Maʼlumot uchun, MDX mamlakatlari ham ushbu nufuzli tadqiqotda ishtirok etib, Rossiya 4-oʻrin, Qozogʻiston 38-oʻrin, Gruziya 41-oʻrin va Ozarbayjon 48-oʻrinlarni egallagan.
Manbalar
Turkum:Taʼlim psixologiyasi