Sergey Elefertovich Lebedev (; 1969-yil 31-yanvar, Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi) – nafaqadagi yarim himoyachi. Lebedev Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi boʻlib, u faoliyati davomida jami 33 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan. Keyinchalik u futbol murabbiyi boʻldi.

Futbolchilik faoliyati Sergey Lebedev Fargʻona shahrida tugʻilgan boʻlib, 1985-yilda Brejnev shahridan SSSR ikkinchi ligasi Turbina jamoasi tarkibida ustalar jamoalarida futbol maydonlarida oʻynagan. 1988-yildan boshlab u ikki yil davomida ikkinchi liganing Dinamo (Kirov) va „Neftchi“ (Fargʻona) klublarida almashdi. 1990-yilda u nihoyat Fargʻona jamoasi futbolchisiga aylandi va u bilan oʻsha yili ikkinchi liganing bufer zonasi turnirida gʻolib chiqdi, keyingi yili esa SSSR birinchi ligasida uning tarkibida oʻynadi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilinganidan keyin Lebedev Fargʻona jamoasi tarkibida Oʻzbekiston oliy divizionida toʻp suradi. Oʻz oʻyinlari davomida toʻrt karra mamlakat chempioni boʻldi, 1994-yilda esa jamoa bilan birga Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi. 1999-yilda Sergey Lebedev qisqa muddat Rossiyaning Shinnik klubida toʻp surgan, shundan soʻng Oʻzbekistonga qaytib, 2000-2001 yillarda „Nasaf“ klubida toʻp surgan. 2002-yilda yana Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qaytdi. 2004-yil Jizzatning „Soʻgʻdiyona“ klubida, 2005-yilda esa Bekobodning „Metalurg“ klubida bir yil oʻynagan. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida 2006-yilda futbol maydonlarida oʻyinlarini yakunlagan„Nasaf“ – „Neftchi“: igri mejdu soboy.

Milliy terma jamoa faoliyati 1994-yilda Sergey Lebedev 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun milliy terma jamoaga kiritildi. OFK bu yil terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan kelgan. Lebedev terma jamoa safida Osiyo oʻyinlarida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi va bu oʻyinda gol urdiSaudovskaya Araviya – Uzbekistan – 1:4 . Sergey Lebedev ham Xitoy jamoasiga qarshi final oʻyinida gol urib, jamoaga turnir gʻolibi boʻlishiga yordam berdiSbornaya Uzbekistana, pobedivshaya na Aziade v 94-om. Gde oni seychas? . Keyinchalik, terma jamoa tarkibida u ikkita Osiyo kubogida ishtirok etdi – 1996 va 2000-yillarda, lekin Oʻzbekiston terma jamoasi bunday muvaffaqiyatga erisha olmadi. 2000-yilda terma jamoadagi oʻyinlarini yakunladi. U terma jamoa tarkibida jami 33ta oʻyinda maydonga tushib, 10ta gol urgan.

1994-yildan – 2000-yilgacha Sergey milliy terma jamoa safida 33 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan. 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. Ikkita Osiyo kubogi ishtirokchisi.

Faktlar 1997-yilda Sergey Lebedev Roberto Karlos, Jorj Vea, Luis Enrike kabi futbolchilar bilan birga Gonkongning XXR suverenitetiga qaytishiga bagʻishlangan oʻyinda jahon terma jamoasi safida oʻynagan postsovet hududidan yagona futbolchiga aylandi. Enrike va boshqa bir qator mashhur futbolchilar

Murabbiylik faoliyati Futbolchi faoliyatini yakunlaganidan soʻng bir necha yillik tanaffusdan soʻng Sergey Lebedev murabbiylik faoliyatini boshladi. 2010-yildan soʻng oʻzining sobiq klubi „Neftchi“ (Fargʻona) murabbiylar shtabiga qoʻshildi va shu kungacha oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.. Futbolchilik faoliyati1985—1987alt=Flag SSSR|border|20x20px|SSSR bayrogʻi Turbina (Brejnev)55 (8)1988alt=Flag SSSR|border|20x20px|SSSR bayrogʻi Dinamo (Kirov)3 (0)1989alt=Flag SSSR|border|20x20px|SSSR bayrogʻi Neftchi (Fargʻona)3 (0)1989alt=Flag SSSR|border|20x20px|SSSR bayrogʻi Dinamo (Kirov)39 (8)1990—1991alt=Flag SSSR|border|20x20px|SSSR bayrogʻi Neftchi (Fargʻona)54 (7)1992—1999alt=Flag Uzbekistana|border|20x20px|Oʻzbekiston bayrogʻi Neftchi (Fargʻona)196 (60)1999alt=Flag Rossii|border|20x20px|Rossiya bayrogʻi Shinnik2 (0)2000—2001alt=Flag Uzbekistana|border|20x20px|Oʻzbekiston bayrogʻi Nasaf50 (0)2002—2004alt=Flag Uzbekistana|border|20x20px|Oʻzbekiston bayrogʻi Neftchi (Fargʻona)58 (6)2004alt=Flag Uzbekistana|border|20x20px|Oʻzbekiston bayrogʻi Soʻgʻdiyona11 (1)2005alt=Flag Uzbekistana|border|20x20px|Oʻzbekiston bayrogʻi Metallurg (Bekobod)10 (0)2006alt=Flag Uzbekistana|border|20x20px|Oʻzbekiston bayrogʻi Neftchi (Fargʻona)2 (0)Milliy terma jamoa1994—2000alt=Flag Uzbekistana|border|20x20px|Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston33 (10)Murabbiylik faoliyati201?—n. v.alt=Flag Uzbekistana|border|20x20px|Oʻzbekiston bayrogʻi Naftchi (Fargʻona)Yordamchi2020alt=Flag Uzbekistana|border|20x20px|Oʻzbekiston bayrogʻi Neftchi (Fargʻona)

Shundan keyin Lebedev futboldagi faoliyatini „Neftchi“da yakunlagan. 2014-yilda „Neftchi“da murabbiy yordamchisi boʻlib faoliyat olib borgan.

Davlat mukofotlari

1994-yilda Osiyo oʻyinlarida jamoa tarkibida gʻalaba qozonganidan soʻng, Sergey Lebedev va boshqa gʻoliblar va ularning murabbiylari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofoti – "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

Yutuqlari Neftchi (Fargʻona)

Oʻzbekiston chempioni: 1992, 1993, 1994, 1995 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994, 1996

Oʻzbekiston terma jamoasi

Osiyo oʻyinlari: 1994-yil

Manbalar

Havolalar Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi oʻyinlar Sergey Lebedev FBref.com saytida

Sergey Lebedev Transfermarkt saytida (futbolchi profili) Sergey Lebedev worldfootball.net saytida (futbolchi profili)

Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:31-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Fargʻonada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:FC Dinamo Kirov futbolchilari Turkum:FC Turbina Naberezhnye Chelny futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi futbolchilar haqidagi maqolalar Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Istiqlol Fargʻona klubi murabbiylari Turkum:Yozyovon klubi murabbiylari Turkum:FarDU klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar