Bobo-Usmon Shamsutdinovich Baturov (1994 -yil 16-noyabr) — oʻzbek bokschisi. Jahon chempionati bronza sovrindori (2019), Osiyo oʻyinlari chempioni (2018), ikki karra havaskorlar oʻrtasida Osiyo chempioni (2019, 2021).
Sportdagi faoliyati Bobo-Usmon Baturov ikkinchi yarim oʻrta vazn toifasida ishtirok etuvchi 2013-yildan beri havaskor boks bilan shugʻullanadi.
2018-yilda Jakartada boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. Ikkinchi oʻrta vaznda u oltin medalni qoʻlga kiritdi, finalda qozogʻistonlik sportchi Aslanbek Shimbergenovni magʻlub etdi.
2019-yili Bangkokda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u qitʼa chempioni boʻldi, finalda yaponiyalik bokschi Sevon Okazavani magʻlub etdi.
2019-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Bobo-Usmon yarim finalga qadar yetib borgan va unda ingliz bokschisi Pat Makkormakga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:AIBA boks boʻyicha jahon chempionati sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:Oʻzbekistonning Islom birdamlik oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari