Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy chempionati Oʻzbekiston ayollar futbolining oliy divizioni hisoblanadi. Liga Oʻzbekiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. 1991-yilgacha Oʻzbekiston ayollar klublarining bir qismi Sovet Ittifoqi ayollar ligasi tizimida ishtirok etgan boʻlsa, Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng aksariyat ayollar jamoalari Rossiyaga joʻnab ketgan yoki oddiygina tarqatib yuborilgan.
Oʻzbekiston Futzal Uyushmasi hamda Oʻzbekiston ayollar futboli va plyaj futboli uyushmasi tugatilgan. Futzal, ayollar futboli va plyaj futbolining taraqqiyoti, murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, terma jamoalarni musobaqalarga tayyorlash va yuborish, shuningdek, milliy chempionat oʻyinlarini tashkil qilish va oʻtkazishni 2017-yilning oktyabr oyidan etiboran Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi nazorati ostiga oʻtdi.
Tarixi Ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi Oʻzbekiston chempionati oliy ligasi boʻlib, unda mamlakatning eng kuchli ayollar klublari toʻp suradi.
Turnir 1995-yildan beri oʻtkazib kelinadi. 2010-yildan buyon Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Oʻzbekiston Xotin-qizlar futbol assotsiatsiyasi homiyligida oʻtkazib kelinmoqda. 2013-yilgi mavsumdan boshlab Oliy ligada faqat professional klublar ishtirok etishi mumkin.
2011-yildan beri Birinchi liga jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazib kelinmoqda. Ishtirokchilar soni doimiy emas. Professional klublardan tashqari, reglamentga mutlaq rioya qilgan holda Havaskor klublar ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Ligalar oʻrtasidagi almashinuv nizom bilan belgilanadi va sport tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. Oliy ligada 10-oʻrinni egallagan jamoa Birinchi ligaga yoʻl oladi. Birinchi liga gʻolibi Oliy ligaga chiqadi.
Birinchi liga klublari Oliy ligada milliy chempionatda ishtirok etishdan bosh tortgan taqdirda, Oliy ligani tark etishi kerak boʻlgan jamoalar uchun oliy diviziondagi oʻrinni saqlab qolishga ruxsat beriladi.
2018-yilgi mavsumdan Ayollar Futbol assotsiyasi tugatilgandan soʻng, turnir AFA va xususan, Birinchi liga va ayollar oʻrtasidagi mamlakat Oliy ligasini ham nazorat qiluvchi Oʻzbekiston PFL shafeligida oʻtkazilmoqda. 2023-yildan Oʻzbekiston PFL shafeligidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi shafeligi ostiga oʻtdi. Bugungi kunda OʻFA mutahasislari tomonidan ayollar musoboqalari oʻtkazib kelinmoqda
Jamoalar 2021-yilgi mavsumda quyidagi 10 ta jamoa ishtirok etgan:
Soʻgʻdiyona Jizzax Bunyodkor Toshkent „Sevinch Qarshi“ PFK Navbahor Namangan Bekobod Metallurg FK OKMK Olmaliq (Olmaliq Kon-metallurgiya Kombinati) Qizilqum Zarafshon Paxtakor Toshkent Lokomotiv Toshkent Buxoro FK Buxoro
Format Ligada chempionni aniqlash uchun ikki davradan iborat 10 ta jamoa qatnashadi. Mavsum bir necha oʻyin haftalarida oʻtkaziladi, besh kun davom etadigan bir oʻyin haftasida har bir jamoa haftalik shaharda kuniga bittadan oʻyin oʻtkazadi. Oʻzbekiston Ayollar chempionati 2022 09.08.2022-yilgi holat boʻyicha turnir jadvali keltirilgan #JamoaOʻyinGʻalabaDurangMagʻlubiyatT-FOchko1Sevinch13112072-5352Bunyodkor-W13111148-10343Soʻgʻdiyona-W13102152-7324AGMK-W1372429-17235Paxtakor-W1353519-28186Qizilqum-W1352623-27177Lokomotiv-W1340914-40128Metallurg-W1322914-4489Neftchi-W1321107-34710Navbahor-W1301124-701
Chempionlar
Hozirgi paytgacha chempionlar va sovrindorlar mavsumlar boʻyicha roʻyaxati: YilMavsumChempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin1995-yilIChexra ToshkentAndijankaSitora-Praga1996-yilIIBaxo ToshkentAndijankaSitora-Praga1997-yilIIIAndijankaQirq qiz NukusSitora-Praga1998-yilIVDilnoza ToshkentAndijankaMedeya-Gʻuzal1999-yilVAndijankaGulbahorQirq qiz2000-yilVIAndijankaGulbahorQirq qiz2001-yilVIIGulbahorAndijankaYoshlik2002-yilVIIIAndijankaGulbahorYoshlik2003-yilIXAndijankaGulbahorTalaba Qarshi2004-yilXSevinchAndijankaGulbahor2005-yilXIAndijankaSevinchGulbahor2006-yilXIISevinchAndijankaQuruvchi2007-yilXIIISevinchAndijankaQuruvchi2008-yilXIVSevinchAndijankaQuruvchi2009-yilXVSevinchAndijankaYoshlik2010-yilXVISevinchAndijankaOlimpiya Qarshi2011-yilXVIISevinchAndijankaYoshlik2012-yilXVIIISevinchAndijankaOlimpiya2013-yilXIXSevinchAndijankaMetallurg-Women2014-yilXXSevinchMetallurg-WomenAndijanka2015-yilXXISevinchMetallurg-WomenAndijanka2016-yilXXIISevinchMetallurg-WomenAndijanka2017-yilXXIIIMetallurg-WomenSevinchBunyodkor-Women2018-yilXXIVBunyodkor-WomenSevinchMetallurg-Women2019-yilXXVSevinchBunyodkor-WomenSoʻgʻdiyona-Women2020-yilXXVIBunyodkor-WomenSevinchSoʻgʻdiyona-Women2021-yilXXVIISoʻgʻdiyona-WomenBunyodkor-WomenSevinch2022-yilXXVIIISevinch2023-yilXXIX
Sovrindorlarning umumiy natijlari Klublar:ChmepionlikYillar:Sevinch (Qarshi)142004, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2019, 2022Andijanka (Andijon)61997, 1999, 2000, 2002, 2003, 2005Bunyodkor-Women (Toshkent)22018, 2020Chexra / Dilnoza (Toshkent)21995, 1998Soʻgʻdiyona-Women (Jizzax)12021Metallurg-Women (Bekobod)12017Gulbahor (Namangan)12001Baxo (Toshkent)11996
Toʻpurarlar
Umumiy chempionat davomidagi rekordlar
Rekord — chempionat 2015: Lyudmila Karachik „Metallurg-W“ (Bekobod) — 66 gol.
Bitta oʻyindagi gollar rekordi. XXVI Oʻzbekiston chempionati, 14-tur. 17-noyabr, 2020-yil. Dildora Ergasheva („Lokomotiv-W“ Toshkent): „Lokomotiv-W“ — „Surxon-W“ uchrashuvida 8 ta gol — 9:0.
Oʻzbekiston kubogida rekord. XX Oʻzbekiston kubogi, 1/8 final. 2021-yil 1-iyul. Fuseyna Mumuni („Soʻgʻdiyona-W“ Jizzax): „Neftchi-W“ — „Soʻgʻdiyona-W“ uchrashuvida 8 ta gol — 0:17.
Bitta oʻyindagi koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekistonning mutlaq rekordi. XXVI Oʻzbekiston chempionati, 9-tur. 11-oktyabr, 2020-yil. „Bunyodkor-W“ — „Surxon-W“ — 20:0 (10:0). Qoʻshimcha rekordlar ham bor: — har bir boʻlimda 10 tadan gol; — gollarni 10 xil „Bunyodkor“ futbolchisi kiritdi, bu ham mutlaq maksimal koʻrsatkich.
Yana qarang
Oʻzbekistonda Ayollar futboli Futbol boʻyicha Ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionlar liagsi Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Kubogi Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Superkubogi Futbol Boʻyicha Ayollar oʻrtasidagi Birinchi ligasi
Adabiyotlar
Safarov V.A. Oʻzbekiston futboli ensiklopediyasi 1912-2012. — Toshkent, 2014. — S. 335-343. — 477 b.
Manbalar
Havolalar http://the-uff.com/ http://the-uff.com/ Oʻzbekiston Ayollar Chempionatlar tarixi. Turkum:1995-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Oʻzbekistonda futbol musobaqalari Turkum:Oʻzbekistonda ayollar futbol musobaqalari Turkum:Oʻzbekistonda ayollar futboli Turkum:Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati Turkum:Osiyodagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari