Nicole Gale Anderson (1990-yil 29-avgustda tugʻilgan)  — amerikalik aktrisa. U The CW kanalida uzatilgan „Beauty & the Beast“ filmidagi Hizer Chandler roli bilan mashhur. U, shuningdek, Disney Channelda efir yuzini koʻrgan Jonas serialidagi Macy Misa roli va ABC oilaviy shoulari Make It or Break It va Ravenswoodda mos ravishda Kelly Parker va Miranda Collins rollari bilan tanilgan.

Yoshligi Anderson Indiana shtatining Rochester shahrida tugʻilgan. Uning otasi Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti qoʻmondoni boʻlib xizmat qilgan. Otasi amerikalik, onasi esa filippinlik. U bolaligida gimnastika boʻyicha milliy musobaqalarda gʻolib chiqqan, ammo jarohatlar tufayli sportni tark etishga majbur boʻlgan. Anderson 13 yoshida Georgia shtatining Barbizon modellashtirish va aktyorlik maktabida tahsil olish davomida stipendiya bilan taqdirlanadi. Keyin u aktyorlikni oʻrganishni va suhbatlarda qatnashishni boshlaydi. U bir nechta bosma reklamalar va televidenie reklamalarda ham koʻrinish bergan.

Faoliyati U Jonas teleserialidagi Stella roli uchun suhbatdan oʻtadi, ammo aktrisadan Chelsea Kane ustun keladi. Serial syujeti oʻzgargandan soʻng, produserlar Stella uchun eng yaxshi doʻst yaratishga qaror qilishadi va Andersonga Macy rolini taklif qilishadiSprinklepoponline.com.

Anderson 2012-yil mart oyida „Beauty & the Beast“ teleserialining aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi. Aktrisa ushbu serialda Catherinening (Kristin Kreuk) singlisi Heather Chandlerning takrorlanuvchi rolini ijro etadi. 2013-yil may oyida Anderson oʻzining hissiy izlarini yashirish uchun aql-idrokka tayanib, tarbiyalanuvchi Miranda Collins sifatida „Pretty Little Liars“ serialida rol ijro etishini eʼlon qiladi Ravenswood epizodida paydo boʻlishidan oldin, Anderson „Pretty Little Liar“ epizodida paydo boʻladi, uning qahramoni Miranda Collins hisoblanadi. Ravenswood bekor qilingandan soʻng, Anderson „Beauty & the Beast“ filmining uchinchi mavsumida oddiy aktyor sifatida qaytadi.

Xayriya ishlari Anderson Underwriters Laboratories tashkil etgan Youth Safety Smart dasturining birinchi xalqaro vakili boʻlib ishlagan va Disney's Friends for Change xayriya dasturida ham ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti 2018-yil yanvar oyida Anderson Roberto Paniaguaga turmushga chiqadi. Ularning 2020-yil iyul oyida tugʻilgan qiz farzandlari bor.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2012LukewarmJessie2013Red LineTori2014NeverMeghan

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2005UnfabulousCheerleader #3Epizod: „The Grey Area“2007NobodyLeila2007Zoey 101MariaEpizod: „Quarantine“; credited as Nicole Anderson2007Hannah MontanaMarissa HughesEpizod: „Achy Jakey Heart Part 1“2007iCarlyTashaEpizod: „iNevel“; as Nicole Anderson2008Sunday! Sunday! Sunday!Dana2008PrincessJitterbug / Princess CalliopeTelevizion film2009-2010JonasMacy MisaBosh rol, 29ta epizod;2009-2012Make It or Break ItKelly Parker17ta epizod2009Imagination MoversCinderellaEpizod: „A Fairy Tale Ending“2010Accused at 17Bianca MillerTelevizion film2011Mean Girls 2Hope PlotkinTelevizion film2011Happy EndingsMadison 1Epizod: „Baby Steps“2011RingerMonica ReynoldsEpizod: „Oh Gawd, Thereʼs Two of Them?“2012-2016Beauty & the BeastHeather Chandler2013Pretty Little LiarsMiranda CollinsEpizod: „Grave New World“2013-2014RavenswoodMiranda Collins / Original MirandaBosh rol2018The Wedding Do OverAbby AndersonTelevizion film

Musiqiy videolari YilSarlavhaIjodkor (lar)2019"White Noise"Flor

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar