Fyodor Vasilevich Kudryashov (1987-yil 5-aprelda tug'ilgan) - Rossiyalik professional futbolchi, Turkiyaning " Antalyaspor " klubi va Rossiya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi. U markaziy himoyachi sifatida ham to'p surishi mumkin.

Klubdagi karyerasi Irkutsk viloyatida tug'ilgan Kudryashov Bratskning "Sibiryak" klubidan kelgan. 2004-yilda Sibir saralash bosqichida o'ynab, uni o'sha paytda Moskvaning "Spartak" skauti bo'lgan Sergey Shavlov ko'rib qolgan. "Spartak" o'rinbosarlari safida o'ynagach, 2006-yilgi mavsumning so'nggi o'yinida debyut qilgan. Yangi mavsumda Kudryashov kutilmaganda Klemente Rodriges ijaraga olinganidan so'ng asosiy jamoa o'yinchisiga aylangan.

2008-yilda Kudryashov iyuldan dekabrgacha "Ximki "da ijara asosida o'ynagan. 2010-yil avgust oyida u "Tomsk" klubiga ijaraga berilgan. U shuningdek, Moskvaning "Spartak" klubidan "Krasnodar" ga ijaraga berilgan.

2012-yilning 1-fevralida Norvegiyaning Rosenborg BK jamoasiga qarshi penaltilar seriyasida Kudryashov penaltidan foydalana olmagan, penaltilar seriyasi 10:9 hisobida yakunlangan, “Spartak Moskva” yutqazgan. Bu ularning Cup del Sol o'rtoqlik turniridagi ikkinchi o'yini bo'lgan.

2019-yilning 10-yanvarida u Qozonning “Rubin” klubi bilan shartnomasini bekor qilgan.

2019-yilning 31-yanvarida u Turkiyaning Istanbul Boshakshehir klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan. U 2019-yilning 20 -iyunida klubni tark etgan.

2019-yil 12-iyulda u Sochi PFK bilan shartnoma imzolagan. 2019-yil 18-dekabrda uning Sochi bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilingan.

2020-yil 6-yanvarda u Turkiyaning " Antalyaspor " klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan.

2021-yilning 22-iyulida u turk klubi bilan shartnomasini uzaytirgan.

Xalqaro karyera U 2016-yilning avgust oyida Turkiya va Ganaga qarshi o'yinlar uchun Rossiya terma jamoasiga chaqirilgan. U 2016-yilning 31- avgustida Turkiyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2018-yilning 11-mayida u Rossiyaning JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan. 2018-yil 3-iyun kuni u jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilgan. Misrga qarshi guruhning ikkinchi o'yinida zaxiradan maydonga tushganidan so'ng, u Rossiyaning turnirdagi so'nggi uchta o'yinida - Urugvayga qarshi guruhning so'nggi o'yinida, Ispaniyani 1/8 finalida mag'lubiyatga uchrtagan va chorak finalda Xorvatiyaga mag'lub bo'lingan uchrashuvlarda asosoiy tarkibda maydonga tushgan.

2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibga kiritilgan. U 21-iyun kuni Daniyaga qarshi guruhdagi so'nggi o'yin boshlanishidan oldin Rossiyaning guruh bosqichidagi dastlabki ikkita o'yinini jarohati tufayli o'tkazib yuborgan, Rossiya 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan va musobaqadan chiqib ketgan. Kudryashov ikkinchi bo'limning yarmida almashtirilgan.

Karyera statistikasi

thumb|250x250px thumb|250x250px thumb|250x250px Klub KlubMavsumLigaKubokQit'aJamiDivizionO'yinGolO'yinGolO'yinGolO'yinGolFC Sibiryak Bratsk2003PFL3000–30200414110–151Jami1711000181FC Spartak Moscow2005RPL0010–102006100000102007702020110200810002030FC Khimki16010–170FC Spartak Moscow20097000–7020109000–90FC Tom Tomsk10000–100FC Spartak Moscow2011–121103000140Jami3606040460FC Krasnodar2011–12RPL9000–90FC Terek Grozny2012–1315020–1702013–1415020–1702014–1527000–2702015–1613020–150Jami7006000760FC Rostov2015–16RPL111––1112016–1724000120360Jami35100120471FC Rubin Kazan2017–18RPL26020–2802018–199010–100Jami3503000380İstanbul Başakşehir2018–19SL81––81PFC Sochi2019–20RPL16100–161Antalyaspor2019–20SL17030–2002020–2136040–400Jami5307000600Karyerada jami30542401603454thumb|395x395px| Kudryashov 2021-yilda " Antalyaspor " bilan Xalqaro Rossiya YilO'yin Gol 2016-yil 4 0 2017-yil 11 0 2018 11 0 2019 9 1 2020 1 0 Jami 36 1

Xalqaro maydondagi gollar Raq Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.08.06.2019 Mordoviya Arena, Saransk, Rossiya 3 – 0 9–0 UEFA Yevro-2020 saralashi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar