Yancy Victoria Butler''' (1970-yil 2-iyulda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U 1993-yilda chiqqan „Hard Target“ filmidagi Natasha Binder, „Drop Zone“da Jess Crossman va TNTning „Witchblade“ gʻayritabiiy dramatik serialida detektiv Sara Pezzini rollari bilan tanilgan.
Yoshligi Yancy Vivtoria Butler Manhattandagi Greenwich qishlogʻida, teatr kompaniyasi menejeri Leslie Vega va 1960-yillardagi The Lovin' Spoonful rok guruhining barabanchisi va vokalisti Joe Butlerlarning qizi boʻlib tugʻilgan.
Karyerasi Butlerning dastlabki asosiy roli 1992-yilda Mann & Machine teleserialida boʻlib, unda u inson detektivi bilan hamkorlikda Android politsiyasi xodimi rolini oʻynagan. Serial yaqin kelajakda Los Angelesda boʻlib oʻtadi. Serial Dick Wolf tomonidan birgalikda yaratilgan. Bir yil oʻtgach, u oʻzining ikkinchi seriali „South Beach“da rol oʻynaydi. Unda u federal hukumat bilan shartnoma tuzgan firibgar va oʻgʻri rolini ijro etadi. Uning jinoiy qaydlarini oʻchirish evaziga u ular uchun muayyan vazifalarni bajaradi.
2005-yilda Butler „Bloodlines“ filmida rol oʻynaydi. Tarqatish maqsadida u 2006-yilda Striking Range nomi bilan qayta nomlanadi. 2007-yilda u Ava Jenkins rolida „As the World Turns“ teleserialining 13ta qismida suratga tushgan. U „Tales of an Ancient Empire“ filmida, "The Sword and the Sorcerer" filmining davomi boʻlishi tasdiqlangan filmda rol oʻynashi eʼlon qilinadi. 2012-yil 24-yanvarda Tales of an Ancient Empire DVD formatida chiqadi. Butler filmda koʻrinmadi. U boshqa komikslar moslashuvida, Kick-Ass filmida kichik rolda paydo boʻladi.
Huquqiy masalalar 2003-yil noyabr oyida Butler Florida shtatidagi Delray Beach shahrida mast holda tartibsizliklar keltirib chiqarganligi uchun hibsga olinadi. Ushbu hibsga olish davomida u giyohvand moddalarni suiisteʼmol qilishni davolash dasturiga hukm qilinadi. 2007-yilda Butler mashinasini halokatga uchratganidan keyin mast holda haydashda ayblangan.
2017-yil 3-aprelda Butler New Yorkning Sag Harbor shahrida hibsga olinadi. Uni mast holatda haydash va giyohvand moddalarni saqlashda ayblashadi. Butler piyodalar yoʻlakchasidan oʻtib ketganidan soʻng, mashinani boshqarish paytida hushidan ketganligi aniqlanadi.
Shaxsiy hayoti 2017-yildan boshlab Butler California shtatining Winnetka shahrida istiqomat qilmoqdaMorrow, T.E. (April 5, 2017). „Actress Charged Again With Drunken Driving“. The East Hampton Star. Archived from the original on June 20, 2022. Retrieved June 20, 2022..
Filmografiyasi
Film YilSarlavhaRolIzohlar1979Savage WeekendLittle Girl1993Hard TargetNatasha Binder1993The Hit ListJordan Henning1994Drop ZoneJessie Crossman1995Let It Be MeCorinne1996Fast MoneyFrancesca March1997RavagerAvedon Hammond1997The ExDeidre Kenyon1997Annieʼs GardenLisa Miller1999The Witness FilesSandy Dickinson2000Doomsday ManCaptain Kate Roebuck2004The Last LetterMs. Toney / Alicia Cromwell2006Striking RangeEmily Johanson2008Vote and Die: Liszt for PresidentAnn Barklely2010Kick-AssAngie D’Amico2010Lake Placid 3Reba2012Shark WeekElena2012Lake Placid: The Final ChapterReba2013Hansel & Gretel Get BakedOfficer Hart2013Kick-Ass 2Angie D’Amico2017Death Race 2050Alexis Hamilton2018The Assassinʼs CodeLaura Consolo2019American CriminalDr. Penelope Lang2020Emerald RunAnna Thomas2021InitiationDetective Sandra Fitzgerald
Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar1991Law & OrderBeverly KernEpizod: „Misconception“1992Mann & MachineSgt. Eve Edison9ta epizod1993South BeachKate Patrick7ta epizod1997NYPD BlueLucinda „Lucy“ Hastings1ta epizod1997-1998Brooklyn SouthOfficer Anne-Marie Kersey21ta epizod2000WitchbladeDetective Sara PezziniTelevizion film2001-2002WitchbladeDetective Sara Pezzini23ta epizod2006Double CrossKathy SwansonTelevizion film2006Basilisk: The Serpent KingHannah Carmelina Santorini FrankmanTelevizion film2007As the World TurnsAva Jenkins13ta epizod2008WolvesbayneLillithTelevizion film2010Lake Placid 3RebaTelevizion film2011The MentalistAunt JodieEpizod: „Blood for Blood“2011Rage of the YetiVillersTelevizion film2012Lake Placid: The Final ChapterRebaTelevizion film2015Lake Placid vs. AnacondaRebaTelevizion film2017Boyfriend KillerCarrie EllingtonTelevizion film2017Witness ProtectionSusanTelevizion film
Mukofotlar 2002-yil 10-iyun kuni Butler 29-yillik Fantastika va Qoʻrqinchli Filmlar nominatsiyada Akademia mukofotlarini topshirish marosimida Witchblade'' filmidagi ijrosi uchun teleserialdagi eng yaxshi aktrisa sifatida Saturn mukofotini qoʻlga kiritadi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar