Mariam-uz-Zamaniy (Asrning Maryami) ( — 1623-yil 19-may), odatda, notoʻgʻri Jodha Bay nomi bilan tanilgan. Uchinchi Boburiylar imperatori Akbarning sevimli rafiqasi boʻlgan. Akbar qirq uch yillik (1562-1605) Boburiylar imperiyasining eng uzoq xizmat qilgan podshosi edi.

Maryam uz-Zamoniy Rajputlar oilasida tugʻilgan. Siyosiy zarurat tufayli otasi amerlik Raja Bharmal tomonidan Akbarga turmushga berilgan. Akbar bilan turmush qurishi uning mamlakatda diniy va ijtimoiy siyosatda asta-sekin oʻzgarishlarga olib keldi. U zamonaviy hind tarixshunosligida kengayib borayotgan koʻp millatli va koʻp dinli imperiya doirasidagi diniy tafovutlar va ularning inklyuziv siyosatiga Boburiylarning bagʻrikenglik namunasi sifatida eʼtirof etiladi. U jozibali goʻzallikka ega boʻlgan koʻrkam ayol edi, ham husni, ham inoyati va aql-zakovati bilan mashhurlikka erishgan. Akbar taʼbiri bilan aytganda, u „oyning bir parchasi“ sifatida tasvirlangan.

Malka Abul-Fazl ibn Muborak aytganidek, imperator haramida yuqori martabaga ega Akbarning katta xotini edi. Genri Beverijning soʻzlariga koʻra, u Akbarning hind harami boshligʻi boʻlgan. Imperator Akbar davrida yozilgan bir qancha oʻrta asr tarixiy xronikalarida, xususan, Abdulqodir Badayuniyning „Tarix-i-Farishta“ va „ Muntaxab-ut-tavorix“larida Maryam-uz-Zamoniy Akbarning sevimli va eng nufuzli turmush oʻrtogʻi sifatida tilga olinadi. Akbar hukmronligi davrida saroy ishlarida imperatorning xotini sifatida katta taʼsirga ega boʻlgan va muhim masalalarda Akbar bilan tez-tez maslahatlashgan: „With a blue-blooded Rajput princess in the harem, there came about a radical change in the style of life in the palace and at the court.' Jodha Bai was as good-looking as she was tactful. Warm-hearted liberalism added lustre to her physical charm. Akbar respected her. So did everybody else. Maham Anaga, in particular, became very fond of her. Soon she became a center around which life in the palace revolved. Akbar often consulted her on important matters; her responses were invariably high-minded and above partisanship. An equation of complete trust gradually developed between the two. The future greatness of Akbar was in no small measure due to the large-heartedness of Jodha Bai. With a lesser person in her place, the story of the reign of Akbar might have been different.“. Aqlli, xushmuomala, mehribon, muloyim va dunyoviy ilmlardan xabardor ayol sifatida tasvirlangan. Akbarning toʻngʻich oʻgʻli va merosxoʻri Jahongirning onasi va Shoh Jahonning buvisi edi.

Ism, sarlavhalar va tarix

Tarix Maryam-uz-Zamoniy 1542-yilda Rao Ganga Solankining qizi Rani Champavati va amerlik Raja Bxarmal oilasida tugʻilganL. McJannet, Bernadette Andrea, Early Modern England and Islamic Worlds (2011), p.106C. M. Agrawal, Akbar and his Hindu officers: a critical study (1986), p.27. Uning otasi va buvisi Raja Prithviraj Singx I va Bikanerlik Rao Lunkaranning qizi Apurva Devi edi.

Ism va unvonlar Unga tugʻilganda qanday ism qoʻyilganinomaʼlum. Keyinchalik tarixiy maʼlumotlar uning tugʻilgan nomi uchun bir nechta takliflarni beradi. Masalan, XVIII asrda uning urugʻi (Kachvahalar) nasabnomasida u „Xarxan Champavati“ deb ataladi. Turli manbalarda keltirilgan boshqa nomlar orasida Harka Bay, Jiya Rani, Maanmati bai, Harika bai, Xira Kunvari, Heer Kunvari va Shahi-Bai mavjud.

Unga „Vali Neʼmat Begim“ degan musulmoncha ism berildi („Xudoning marhamati“). Akbar bilan 1564-yilda turmush qurishdi. Ikki yillik turmushidan keyin oʻgʻli Jahongir tugʻilishi munosabati bilan Akbar tomonidan unga Maryam-uz-Zamoniy degan nufuzli unvon berilgan. Boburiy yilnomalarida, jumladan Jahongirning "Tuzk-e-Jahangiri " avtobiografiyasida unga shu nom bilan murojaat qilingan. U Maryam-uz-Zamoniy unvonidan tashqari yana ikkita ulugʻvor unvonga ega boʻlgan „Malika-i Muazamma“ („Yetuk malika“ va „Malika-e-Hindustan“ („Hindiston malikasi“). Uni odatda hukmronligi davomida „Shohi Begim“ deb ham atashgan. Unga nisbatan rasman Vali Neʼmat Maryam-uz-Zamoniy Begim Sohiba ismi ishlatilgan.

Jodha Bayning notoʻgʻri nomi Hozirgi vaqtda uning eng mashhur boʻlgan ismi — „Jodha Bay“. „Jodha Bay“ nomi birinchi marta XIX asr boshlarida yozilgan Jeyms Todning Rajaston yilnomalari va qadimiy asarlarda Maryam-uz-Zamoniyga nisbatan ishlatilgan. Bu nomlash notoʻgʻri hisoblanadi, chunki u Amber Rojasi bilan emas, balki Jodhpur qirollik oilasi bilan munosabatlarni nazarda tutgan. Buning oʻrniga, „Jodha Bay“ aslida jodxpurlik Raja Udai Singxning qizi Jagat Gosain ya'ni Jahongirning rafiqasiga ishora qiladi.

Akbar va diniy erkinlik

Nikoh Maryam-uz-Zamoniyning nikohi uning otasi bilan Akbarning qaynisi, Mevat hokimi Sharifuddin Mirzo oʻrtasidagi mojaro natijasida yuzaga kelgan. Raja Bharmal Sujamal bilan boʻlgan ziddiyat tufayli Sharofiddinning taʼqiblariga uchragan. Bharmal peshkash toʻlashga rozi boʻlgan va oʻgʻli, Maryam-uz-Zamoniyning akasi Jagannatni va ikki jiyani Raja Asqaranning oʻgʻli Raj Singx va Jagmalning oʻgʻli Xangarni garovga beradi, ammo Sharifuddinni oʻlishi ularga juda zarur edi. Shuning uchun u Akbarning aralashuvini istab qoldi. Imperator Raja Bxarmalning boʻysunishi sharti, shuningdek, qizini Akbarga turmushga berish taklifi bilan vositachilik qilishga rozi boʻldi. Keyin Raja Bharmal goʻzal qizini imperator Akbarga uzatdi va Maryam saroyning faxriy xotinlari safiga qoʻshildi. left|thumb| Jaloliddin Muhammad Akbarning Maryam-uz-Zamoniyning begim bilan portreti, Akbar xohishiga koʻra chizilgan. Shunday qilib, siyosiy nikoh 1562-yil 6-fevralda, Akbar Sambhardagi imperator harbiy lagerida Ajmerdan Agraga qaytayotganda (Moinuddin Chishti qabrida ibodat qilgandan keyin) tantanalar ostida boʻlib oʻtdi. Abul Fazlning soʻzlariga koʻra, Akbar Ajmer Sharifda tushida koʻrgan ilohiy vahiy tufayli Raja Bharmal qiziga turmush qurish taklifini bergan. Amber malikasi bilan boʻlgan nikoh uning butun hukmronlik davrida oilasiga kuchli yordam berdi.

Din va uslub Raja Bxarmalning talabiga binoan, malika islomni qabul qilmadi va unga Akbar oʻz saroyida hinduizm marosimlarini oʻtkazishga ruxsat berdi. Garchi nikoh siyosiy ittifoq natijasi boʻlsa-da, ikkalasi ham asta-sekin samimiy va mehrli rishtalari bilan bir-birlariga bogʻlandilar. Akbarning oʻzi hayotida bir nechta hind malikalariga uylangan. Malika esa asta-sekin uning eng sevimli xotiniga aylandi va vafotigacha unga sodiq qoldi. Keyinchalik Akbarning yaqinida dafn etilgan yagona xotini boʻldi. U xudo Krishnaga sigʻinar edi. Akbar tomonidan imperator haramida unga topshirilgan saroy xudo Krishnaning rasmlari, qimmatbaho toshlar va freskalar bilan bezatilgan.

Harka bay Akbar saroyiga Rajput zodagonlarining tantanali marosimlari ostida keldi. Bir necha yil ichida bu Rajput malikasining madaniyati va kiyinish uslubi Boburiylar saroyining sulolaviy liboslari va odob-axloq qoidalariga taʼsir qildi. Uning ildizlari Rajput madaniyati va uslubiga chuqur singib ketgan edi.

Egizaklarning tugʻilishi 1564-yil 19-oktabrda ikki yillik turmushidan soʻng Maryam-uz-Zamoniy Mirzo Hasan va Mirzo Husayn ismli egizak oʻgʻillarni dunyoga keltirdi. Akbar 1564-yil 9-oktabrda egizaklarni dunyoga kelish payti Agraga keldi. Ularning ikkalasi ham tugʻilgandan keyin bir necha kun ichida vafot etdi. Mirzo Husayn 1564-yil 29-oktabrda, Mirzo Hasan 1564-yil 5-noyabrda vafot etdi.

Qaygʻuga botgan Akbar Maryam-uz-Zamoniyni oʻgʻillari halok boʻlganidan keyin urushga ketayotganda oʻzi bilan olib ketdi va Agraga qaytib kelishida Fatehpur Sikrida yashovchi taniqli Xoja Salim Chistidan duo soʻradi. Akbarning Salim Chistiga ishonchi baland edi. Chisti uni tez orada uch oʻgʻil koʻrishiga ishontirdi, ular keksalikka qadar yashashini bashorat qildi.

Saroyning nasroniy missionerlari taʼkidlaganidek, Pelsaert va Van Den Broek, Akbar va Maryam-uz-Zamoniy 1566-yili oʻgʻil farzand koʻrish uchun duo qilib yalangoyoq Ajmer Dargohga ziyoratga borishgan: „Jahangir opened his memoirs with a tribute to the Sufi, calling him 'the fountainhead of most of the saints of Indiaʼ, and in late 1608 he recalled his father’s pilgrimage with Mariam-uz-Zamani to Khawja Moinuddin Chisti’s shrine in hopes of sons by making his own pilgrimage to Akbar’s tomb in Sikandra.“.

Shahzoda Salimning tugʻilishi 1569-yilda Akbar turmush oʻrtogʻi yana farzand kutayotgani haqidagi xabarni eshitdi va Xavaja Salim Chisti egizaklari vafotidan keyin unga vaʼda qilingan uchta oʻgʻilning birinchisiga umid qildi. Malika homiladorligining soʻnggi davrida Fatehpur Sikridagi Salim Chistining kamtarin dargohiga yuborilgan. Akbarning oʻzi malikaning homiladorlik davrida tez-tez Agradan Fatehpur Sikriga borgan. 1569-yil 31-avgustda malika oʻgʻil tugʻdi, u xayrli ibodat taʼsiriga ishonib, oʻgʻliga Salim ismini qoʻydi. Akbar oʻgʻli Salim tugʻilgandan keyin Sikrida birinchi marta uchrashganida malikaga bir million oltin tangaga teng boʻlgan taqinchoqlar sovgʻa qilingan va uning boshiga „Rajvonshi“ qoʻyib sevgi izhor qilgan. Keyinchalik u „Maryam-uz-Zamoniy“ degan nufuzli unvonga sazovor boʻldi. right|thumb|320x320px| Jahongirning tugʻilgan joyi tasvirlangan rasm. Baʼzi manbalarda Harka Akbarning ikkinchi oʻgʻli Murod Mirzoning onasi deb ham keltirgan. U, shuningdek, imperator Akbarning sevimli oʻgʻli Doniyor Mirzoning sut onasi edi. Maryamning saroyida toʻngʻich oʻgʻli Salim va oʻgʻli Donyolning bir necha nikohlari boʻlib oʻtgan.

Oila taraqqiyoti Maryam-uz-Zamoniy oilasi Akbar saroyidagi oliy martabali zodagonlarga aylandi. Amberning Rojalari, ayniqsa, Boburiylar bilan yaqin aloqada boʻlishdan foyda koʻrdilar va ulkan boylik va kuchga ega boʻlishdi. Uning oilasi Akbar tomonidan tengsiz jasorat, fidoyilik va sodiqlik uchun juda hurmatga sazovor boʻlgan, rajputlarning barchasi imperatorni juda hurmat qilardi. Abul-Fazl mansabdorlari roʻyxatidagi yigirma yetti rajputdan oʻn uch nafari Amber urugʻidan boʻlib, ularning baʼzilari imperator rojakari kabi yuqori lavozimlarga koʻtarilgan.

Uning otasi Raja Bxarmal, Akbar bilan turmush qurganidan soʻng, darhol 5000 otliq qoʻshinning qoʻmondoni etib tayinlandi, bu saroyda zodagonlar egallashi mumkin boʻlgan eng yuqori daraja boʻlgan. Maryam-uz-Zamoniyning ukasi Bxagvant Das 1585-yilda 5000 otliq qoʻshin qoʻmondoni boʻldi va faxrli „Amir-ul-umra“ (Bosh zodagon) unvoniga sazovor boʻldi. Uning oʻgʻli Man Singx I podsho vazirlari mansabi bilan teng keladigan 7000 qoʻshin qoʻmondoni boʻlish uchun yanada yuqori koʻtarildi. Akbar Raja Man Singxga farzandi (oʻgʻli) kabi munosabatda boʻlgan.

Akbarning Maryam-uz-Zamoniy oilasiga hurmati katta edi. Rajputana tarixini yozgan tarixchi Badani soʻzlariga koʻra, Akbar Amer rojalari bilan yaqin munosabatlarda boʻlgan. 1562-yil oktabr oyida Paronx jangida Raja Bxarmalning qizlaridan birining eri ya'ni Maryam-uz-Zamoniyning singlisi Sukanyaning turmush oʻrtogʻi vafot etgandan soʻng, Akbar Rajput urugʻining farzandlari uchun javobgarlikni shaxsan oʻz zimmasiga oldi va uning qizini oʻz qizi kabi asrab oldi. Ularni qabrini ziyorat qilish uchun u 1569-yilda Amerga tashrif buyurdi va qaynonasi tomonidan unga berilgan hadyalardan xursandligini yashirmadi. Bu vaqt ichida Maryam-uz-Zamoniy homiladorligining toʻrtinchi oyiga kirgandi va shundan soʻng qisqa vaqt ichida Salim tugʻildi. Abul Fazlning qayd etishicha, uning Amerda bir yarim oy boʻlgani va Akbar saroyiga bir nechta eʼtiborli sovgʻalar yuborgani qayd etilgan.

Maryam-uz-Zamoniy 1585-yil 13-fevralda ukasi Raja Bhagvant Dasning qizini oʻgʻli Salimga turmushga berdi. Man bay shahzoda Salimning birinchi va bosh xotini boʻldi. Ushbu nikoh uchun Akbar shaxsan Amer shahriga tashrif buyurdi va ularning oilasiga hurmat koʻrsatdi. Man Bay keyinchalik Akbarning sevimli nabirasi Xusrav Mirzoga ona boʻldi va „Shoh Begim“ degan nufuzli unvonni oldi.

Hindiston malikasi