Grigoriy Anatolyevich Kolosovskiy — oʻzbek futbolchisi, hujumchi va murabbiy. 2016-yilning may oyi oxiridan 2017-yilning apreligacha Toshkentning „Paxtakor“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati SSSR chempionatining turli ligalarida qatnashgan. Oʻzbekiston SSR klublarida oʻynagan. Mustaqil Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida „Yangiyer“ va „Traktor“ jamoalarida oliy ligada toʻp surgan.

Murabbiylik faoliyati Kolosovskiy futbolchilik faoliyatini yakunlagach Toshkentning „Paxtakor“ tizimida murabbiylik faoliyatini boshlaydi. U yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. 2013-yildan buyon asosiy jamoa murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. 2016-yil boshida bir muddat „Paxtakor“ bosh murabbiyi vazifasini bajargan. 2016-yil may oyi oxirida „Paxtakor“ oʻz maydonida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, Toshkent klubi bosh murabbiyi Noʻmon Hasanov bosh murabbiylikdan ozod etiladi va uning oʻrniga vaqtincha Kolosovskiy tayinlanadi. Keyinchalik Kolosovskiy klub bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2017-yil 31-mart kuni Paxtakor jamoasi Muborakning Mash'al jamoasiga 3-0 hisobida magʻlubiyatga uchraganidan soʻng isteʼfoga chiqarilgan. 2019-yilgi mavsumning ikkinchi davrasi avvalida Lokomotiv klubi Samvel Babayan birga murabbiy sifatida ish boshlagan. 2019-yil 30-noyabrda jamoani tark etgan. 2021-yil Navbahor klubiga yordamchi murabbiy sifatida taklif etilgan.

Manbalar

Havolalar

Grigoriy Kolosovskiy Footballfactsru saytida Grigoriy Kolosovskiy Transfermarkt saytida

Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:28-iyunda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Paxtakor-2 klubi murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Metallurg Bekobod klubi bosh murabbiylari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari