Temurxoʻja Zoirovich Abduxoliqov (1991-yil 25-sentyabr, Toshkent) — oʻzbek futbolchisi, „Lokomotiv“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Professional futboldagi debyutini 2009-yilda Bunyodkorning ikkinchi jamoasida oʻtkazgan. Abduxoliqov unda 3 mavsum oʻtkazib, 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
2011-yilda poytaxtning „Paxtakor“ klubiga koʻchib oʻtgan. Yangi klub uchun debyut uchrashuvi 2011-yil 5-mart kuni „Qizilqum“ga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda ham 88-daqiqada gol urgan. Ikkinchi golini 2011-yilning 16-martida AFC Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Qatar Al-Saddga qarshi oʻyinda kiritdi.
2014-yil 10-fevralda Abduxoliqov Splitdan Xorvatiyaning „Xayduk“ klubiga oʻtgan. 2015-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi safiga oʻtgan va 216-yilgi mavsum soʻngigacha temiryoʻlchilari safida oʻynagan. Temurxoʻja turli yillarda keyinchalik, 2018—2019, 2020—2021-yilgi mavsumlarda ham „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida oʻynagan. „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida 87 ta gol bilan Marsel Idiatullinning rekordini yakunlab klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
2017-yilgi mavsumda Qatarning „Al Sayliya“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2019-yilgi mavsum ikkinchi davrasida BAAning „KhorFakkan“ jamoasi oʻtgan. 2022-yilgi mavsumda Lokomotiv jamoasi bilan hayrlashib Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Mavsum davomida 23 ta oʻyinda ishtirok etdi va 13 ta gol muallifi boʻlgan.
2023-yilgi mavsum avvalida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Mavsum yakunida oʻzi uchun muvaffaqiyatsiz oʻtkazdi va 24 ta oʻyinda 3 ta gol muallifiga aylandi. 2024-yil yanvar oyida faoliyatini boshlagan dastlabki klubi, Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Milliy terma jamoadagi faoliyati U Oʻzbekiston terma jamoasi safida 2012-yilning 25-fevral kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:4) debyut qilgan.
Terma jamoa uchun gollar № sana Joy Raqib Tekshirish Natija Turnir 1 2017-yil 6-iyun Bunyodkor, Toshkent, Oʻzbekiston 1–0 2–0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2. 2019-yil 7-iyun Milliy, Toshkent, Oʻzbekiston 2–0 4–03.2021-yil 15-fevralTheyab Awana Stadium, Dubay, BAA 2–0 2–0
Yutuqlari
Oʻzbekiston chempioni (4): 2011, 2012, 2016, 2018. Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 2011, 2016 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (1): 2019 Xorvatiya chempionati uchinchi oʻrin: 2014 Oʻzbekiston Superligasi toʻpurarlari (1): 2016 (22 ta gol) Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi — 137 ta gol
Klub statistikasi
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa Osiyo/Yevropa Natija Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarBunyodkor2009/2010————— Paxtakor 2011 24 3 6 0— 5 1 35 4 2012 21 13 6 3— 5 2 32 18 2013 19 6 4 3— 6 1 29 10Jami6422166—1649632 Hajduk (Split) 2013/14 9 1 0 0— 0 0 9 1 2014/15 1 0 1 0— 0 0 2 0Jami11110——131 Lokomotiv Tashkent 2015 21 8 7 311 6 1 34 12 2016 29 22 7 6— 10 3 46 31Jami 50 30 14 911 16 4 81 44Al-Sailiya SC2016/1710700—001072017/18221022—002412Jami321722—003419Lokomotiv Tashkent201817610—00186201915101111652216Jami32162111654123Khorfakkan2019/20207000— —70Jami7000——70Lokomotiv Tashkent202021600—102262021231441— —2715Jami442041—104921Qizilqum2022231352— —2815Navbahor202324361—70374Jami4716113—706519Bunyodkor202424353——296202525830——288Jami491183——5714Lokomotiv Tashkent202611613——129Jami11613——129Jami faoliyat3471395928224613454182
Manbalar
Havolalar
Temurxoʻja Abduxoliqov Transfermarkt saytida Temurxoʻja Abduxoliqov OʻzPFL saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Bunyodkor-2 klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:HNK Hajduk Split futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Al-Sailiya SC futbolchilari Turkum:Khor Fakkan Club futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Xorvatiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari