Turon Futbol Klubi Yaypan shahrida joylashgan Oʻzbekiston futbol klubi boʻlib, 2017-yilda tashkil etilgan. 2024-yildan Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etmoqda.

Tarix Turon futbol klubi 2017-yil Yaypan shahrida tashkil etilgan. Professional ligalardagi debyutini 2019-yil Oʻzbekiston Pro ligasining B ligasida amalga oshirgan. Ilk mavsumidayoq Pro liga (B liga) da Kuchli oʻyin namoyish etib Pro liganing A ligasiga yoʻllanma oldi. 2020-yilgi mavsumda jamoa tarkibi bir qator kuchli futbolchilar kuchaytirdi va Pro ligada katta intriga hosil qildi. Mavsum yakunida Fargʻonada Neftchi jamoasiga qarshi Istiqlol stadionida, Fargʻona derbisida gʻalaba qozonib Oʻzbekiston Pro ligasi chempioniga aylandi va Superligaga yoʻllanma oldi. Mavsum yakunida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasinin eng yaxshilarni taqdirlash marosimida Maxsus sovrin bilan taqdirlandi. 2021-yilgi mavsum oldidan Klub rahbariyati jamoada bir qator oʻzgarishlarni amalga oshirdi va jamoaning yangi logotip namoyish etildi. 2021-yilgi mavsum oldidan jamoa tarkibini bir qator tajribali legionerlar va Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq futbolchilari bilan kuchaytirib oldi. 2021-yil Superligadagi ilk mavsumida klubga biroz tajriba yetishmaganligi sabab yana Pro ligaga ravona boʻlgan.

2024-yil mavsum boshida klubdagi moliyaviy qiyinchilik sababli jamoa Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok eta olmasligini va 2024-yilni Oʻzbekiston Birinchi ligasida davom ettirishi maʼlum qilingan.

2025-yil 19-mart kuni tugatilganini eʼlon qildi. Bunga xususiy klubga berilgan soliq imtiyozlari muddati tugashi va yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar asosiy sabab qilib koʻrsatilgan.

Uning negizida „Yaypan“ futbol klubi tashkil topgan.

Klub asosi – Stadion Turon klubi Yaypan shahridagi mahalliy Oʻzbekiston stadionida toʻp suradi.

Klub Ramzlari

Yutuqlari

Mahalliy Oʻzbekiston Pro ligasi Chempionlar (1): 2020-yil Oʻzbekiston Pro-B ligasi Chempionlar (1): 2019-yil

Musobaqalar va statistika

Mahalliy musobaqalar MavsumLigaOʻzbekiston kubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiyDiv.OʻrinOʻYDMUGOʻGOFutbolchigol2019Oʻzbekiston Pro ligasi1/32 final bosqichi Bahrom Hakimov Islom Ismoilov2020Oʻzbekiston Pro ligasi1st201154311938Birinchi bosqich Abdulazizxon Abdurashidov7 Islom Ismoilov2021Oʻzbekiston Superligasi14th2638151637171/8 final Uladzislaw Kasmynin Kim Bo Yong

Sunnatulla Abdullajonov

Fozil Musayev

Muzaffar Muzaffarov2 Islom Ismoilov Bogusław Baniak

Igor Shkvirin2022Oʻzbekiston Pro ligasi32615564120501/8 final Humoyun Murtozoyev15 Anvar Berdiyev Baxtiyor Ashurmatov2023Oʻzbekiston Superligasi13263716164116Chorak final Xurshid Muxtorov 4 Baxtiyor Ashurmatov Denis Bushuev

Yorqin Nazarov2024Oʻzbekiston Birinchi ligasi1122131821876Ishtirok etmagan Rahmatullo Rahimov13 Mirjalol Joʻrayev

Murabbiylar va futbolchilar Jamoani boshqargan murabbiylar IsmDavr Bahrom Hakimov2018—2019 Islom Ismoilov2019—2021-yi 13-may Boguslav Baniyak2021 Igor Shkvirin2021 Bahrom Hakimov2021 Anvar Berdiyev2022 Baxtiyor Ashurmatov2022—2023 Denis Bushuev2023—2023 Yorqin Nazarov2023Rasman: Yorqin Nazarov „Turon“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Mashhur futbolchilar

Oʻzbekiston

Fozil Musayev Abduqahhor Xojiakbarov Jahongir Mehmonov

Legionerlar

Dajan Ponjevic Siniša Babić Firdavs Chakalov

U19

U21

Manbalar

Havolalar teams.by Futbol yoʻli profili Footballfacts.ru

Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Fargʻona viloyati futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi jamoalari Turkum:Yaypanda sport Turkum:2017-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:2025-yilda Oʻzbekistonda tugatilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari