Aurélien Djani Tchouaméni (2000-yil 27-yanvarda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, La Liganing Real Madrid klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Yoshlik Chouaméni Seine-Maritime, Ruan shahrida tugʻilgan, lekin Bordoda, Jironda oʻsgan.

Jamoalardagi faoliyati

Bordo Chouameni 2018-yil 26-iyul kuni UEFA Yevropa ligasining ikkinchi saralash bosqichida Latviyaning „FK Ventspils“ jamoasi ustidan mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda, „Bordo“ safida debyutini oʻtkazdi va oʻyinni boshlanishidan 89-daqiqagacha maydonda harakat qildi. 9-avgust kuni oʻzining katta klubdagi faoliyatidagi ilk golini urib, „Bordo“ning Yevropa Ligasi doirasida „Mariupol“ ustidan 3:1 hisobidagi gʻalabasiga hissa qoʻshdi.

Monako 2020-yilning 29-yanvarida Chouameni Liga 1 vakili „Monako“ bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi. Taxminan bir yil klubda oʻynaganidan soʻng, nihoyat 2021-yil 23-yanvarda „Marsel“ga qarshi oʻyinda (3:1) ikkinchi golni kiritib, ligadagi ilk golini rasmiylashtirdi. 2022-yil 14-may kuni jamoa sardori Vissam Ben Yedderga golli uzatmani amalga oshirdi va shu tariqa jamoasining qatorasiga 9-gʻalabasida ishtirok etdi.

Real Madrid 2022-yilning 11-iyunida klublar Chouaméni 2022-yilning 1-iyulida "Real Madrid"ga oʻtishi va olti yillik shartnoma imzolashini eʼlon qildi. Transfer narxi 80 million yevro ekani, qoʻshimcha toʻlovlar tufayli 100 million yevroga yetishi mumkinligi xabar qilingandi.

Xalqaro maydondagi karyerasi Chouaméni asli kamerunlik. 2021-yil 26-avgustda u Fransiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi. 1-sentyabr kuni 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻyinning 46-daqiqasida Tomas Lemar oʻrniga maydonga tushdi. 2022-yil 25-mart kuni Chouameni milliy terma jamoa safidagi ilk golini Kot-dʼIvuarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritdi. 

Karyera statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami Dvizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar IshtirokGollarIshtirok Gollar Bordo II 2017-18 Milliy chempionat 3 16 3 — — — — 16 3 Bordo 2018-19 Liga 1 10 0 0 0 0 0 9 1 — 19 1 2019-20 Liga 1 15 0 1 0 2 0 — — 18 0 Jami 25 0 1 0 2 0 9 1 — 37 1 Monako 2019-20 Liga 1 3 0 — — — — 3 0 2020-21 Liga 1 36 2 6 1 — — — 42 3 2021-22 Liga 1 35 3 4 1 — 11 1 — 50 5 Jami 74 5 10 2 0 0 11 1 — 95 8 Real Madrid 2022-23 La Liga 0 0 0 0 — 0 0 0 0 0 0 Karyera jami 115 8 11 2 2 0 20 2 0 0 149 12

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Fransiya 2021 7 0 2022 5 1 Jami 12 1 +Aurelien Tchouaméni tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Sana JoyOʻyin Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2022-yil 25-mart Stade Velodrome, Marsel, Fransiya 8 2-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Mukofotlar Monako

Fransiya kubogi sovrindori: 2020-21

Fransiya

UEFA Millatlar ligasi: 2020-21

Shaxsiy

UNFP Liga 1 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2020-21 UNFP Liga 1 Yil jamoasi: 2020-21, 2021-22 Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

Profile Real Madrid CF vebsaytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Girondins de Bordeaux futbolchilari Turkum:AS Monaco FC futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Monakodagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyaning mahalliylashtirilgan fuqarolari