Volvo Cars (Shvedcha VOLVO nomi bilan tanilgan) — Shvetsiyaning hashamatli avtomobillar ishlab chiqaruvchisi boʻlib, bosh qarorgohi Gothenburg, Torslanda shahrida joylashgan. Kompaniya SUV, yukxonali avtomobillar va sedanlar ishlab chiqaradi. Kompaniyaning asosiy marketing tamoyillari xavfsizlik va uning dizayn meʼrosidir.
AB Volvo oʻzining Volvo Cars 2010-yilda asosiy sobiq konglomerati ogʻir yuk mashinalari, avtobuslar va qurilish texnikalari ishlab chiqaradigan kompaniyasini Ford Motor Kompaniyasiga sotganidan beri alohida ishlamoqda. 2010-yilda moliyaviy zarar koʻrgan Ford Volvo Cars Geely kompaniyasiga sotadi. Volvo Cars 2021-yilda Nasdaq Stokgolm fond birjasida ochiq roʻyxatga olingan, ammo Geely hali ham Volvo Cars yirik egalik huquqini saqlab qoladi. Volvo Cars va AB Volvo ikkalasi ham Volvo logotipini bir-biri bilan baham koʻradi va Volvo muzeyini boshqarishda hamkorlik qiladi.
2021-yil mart oyida Volvo Cars 2030-yilga kelib toʻliq elektr brendiga aylanishini eʼlon qilgan edi. 2021-yil iyun oyida esa Volvo Cars va Shved akkumulyator ishlab chiqaruvchisi Northvolt akkumulyator gigafabrikasidan va akkumulyator ilmiy-tadqiqot markazidan iborat 50/50 qoʻshma korxona tashkil etish niyatini ommaga oshkor qildi. 2021-yil dekabr oyida akkumulyator ilmiy-tadqiqot markazi Gyotborgda joy olishi ma’lum boʻldi. 2022-yil fevral oyida esa bunga hamohang tarzda, ushbu joy yaʼni Gyoteburg akkumulyator gigafabrikasining joylashuvi sifatida ham tanlandi. 2021 va 2022 yillar davomida Volvo Cars Skövde va Zhangjiakoudagi gibrid dvigatellarni tadqiq qilish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini Geely bilan qoʻshma korxonada Aurobay shakliga oʻtkazdi.
Volvo Cars Polestar ning 49,5% va Lynk & Co ning 30% aksiyalariga egalik qiladi.
Manbalar
Havolalar Rasmiy websayt
Turkum:Avtomobil Turkum:Avtomobillar Turkum:Volvo Turkum:Kompaniyalar Turkum:Shvetsiya Turkum:Hashamdor avtomobillar Turkum:Shvetsiya avtomobillari Turkum:Volvo avtomobillari