Kinder Surprise (), Kinder Egg yoki Kinder Surprise Egg nomi bilan ham mashhur boʻlgan, ichida kichik oʻyinchoq joylashgan sariq plastik kapsulani oʻrab turuvchi shokolad tuxumdan iborat sutli shirinlikdir. 1974-yildan buyon Italiyaning Ferrero kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan bu mahsulot Michele Ferrero va William Salice hamkorligida yaratilgan boʻlib, Kinder brendi ostida sotiladigan bir nechta shirinliklardan biridir. Avvaliga Pasxa bayramida bolalar sovgʻa tariqasida berish uchun oʻylab topilgan mahsulot, keyinchalik kattalar orasida ham ommalashgan. 1974-yildan beri butun dunyo boʻylab 30 milliard Kinder Surprise tuxumi sotilgan. Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayti
Turkum:Oʻyinchoqlar