MSN (Microsoft Network) – Microsoft kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan va 1995-yil 24-avgustda ish boshlagan yirik internet-provayder va veb-portal (ochilish sanasi Windows 95 chiqarilgan sana bilan bir xil). „MSN“ nomi keyinchalik Hotmail elektron pochta xizmatiga, MSN Messenger tezkor xabarlar xizmatining mijoziga, shuningdek, Microsoft tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan bir qator veb-uzellarga tarqalgan.
2002-yil, rivojlanish choʻqqisida MSN dial-up xizmati 26,5 million mijozga ega AOL LLC dan keyin 9 million obunachi bilan AQShdagi ikkinchi yirik internet-provayderiga aylangan. MSN.com Yahoo! va Googledan keyin Internetda eng koʻp tashrif buyuriladigan saytlardan biri boʻlgan. Shuningdek, Outlook Express va Microsoft Office Outlook 10 va undan past versiyalarida MSN.com elektron pochta hisobini roʻyxatdan oʻtkazishda barcha havolalar bilan tabrik xati kelgan.
Saytning joriy versiyasi 2014-yilda toʻliq qayta ishlab chiqilganidan soʻng taqdim etilgan. Manbalar
Havolalar Rasmiy sayt
Turkum:Kross-platformali dasturlar