Azerbaijan Airlines (AZAL, ) – Ozarbayjonning eng yirik aviakompaniyasi, milliy aviatashuvchi. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) aʼzosi. Bosh qarorgohi Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida joylashgan.
1992-yil 7-aprelda tashkil etilgan. Mamlakat mustaqillikka erishgandan soʻng tashkil etilgan ilk milliy aviakompaniya.
Aviakompaniyaning asosiy aeroporti Haydar Aliyev xalqaro aeroporti Boku shahridan 20 km shimoli-sharqda joylashgan. Kompaniya Yevropa, MDH, Shimoliy Amerika, Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlariga yoʻlovchi tashuvlarini amalga oshiradi.
Manbalar
Havolalar
Aviakompaniyaning rasmiy veb-sayti da arxivlangan AZAL aviakompaniyasi haqida umumiy maʼlumot Bokuda qilinadigan 10 ish
Turkum:Ozarbayjon aviakompaniyalari