Qatar milliy futbol jamoasi — Qatarni xalqaro futbol maydonida himoya qiladigan milliy futbol jamoasidir. Milliy terma jamoa Qatar futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Osiyo Kubogi gʻolibi (2019).
Tarixi Qatar terma jamoasi hech qachon jahon chempionatiga chiqmagan, ammo 2022-yilda tashkilotchi sifatida ishtirok etadi. Ammo qatarliklar ikki marta futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishgan — 1984- va 1992-yillarda. 1992-yilgi oʻyinlarda Qatar terma jamoasi chorak finalga yoʻl oldi va uzoq vaqt davomida bu natija ushbu mamlakat futboli tarixidagi eng katta muvaffaqiyat boʻldi.
15-Osiyo o‘yinlarida (2006) Qatar terma jamoasi futbol musobaqalarida oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Qatar 1992- va 2004-yillarda Fors ko‘rfazi kubogini qo‘lga kiritgan va har ikki holatda ham mezbon davlat bo‘lgan. Qatar terma jamoasi Jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmadi, ammo 20 yoshdan katta boʻlmagan futbolchilardan tashkil topgan jamoa 1981-yilda finalda Germaniya terma jamoasiga yutqazib, yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi.
2019-yilda Qatar terma jamoasi Osiyo Kubogida gʻalaba qozonib, oʻzining birinchi yirik xalqaro muvaffaqiyatiga erishdi. Gʻalaba juda ajoyib boʻldi: qatarliklar yettita oʻyinda yettita bor gʻalaba qozonib, 19ta gol urdi va faqat bir marta — Yaponiyaga qarshi final oʻyinida oʻz darvozasidan oʻtkazib yubordi. Hujumchi Almoez Ali turnirning eng yaxshi toʻpurari va futbolchisiga aylandi.
Xalqaro turnirlardagi chiqishlari
Jahon chempionati
1978-yildan 2018-yilgacha — saralashdan oʻta olmadi 2022-yil — turnir mezboni
Olimpiya oʻyinlari
1972-yildan 1980-yilgacha — qatnashmagan 1984-yil — guruh bosqichi 1988-yil — saralashdan oʻta olmadi 1992-yil — 1/4 final 1996-yildan 2020-yilgacha — saralashdan oʻta olmadi
Amerika kubogi (taklif etilgan)
2019-yil — guruh bosqichi
KONKAKAF Oltin Kubogi (taklif etilgan)
2021-yil — 1/2 final
Osiyo kubogi thumb|350x350px| Qatar terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 da
1976-yil — saralashdan oʻta olmadi 1980-yil — guruh bosqichi 1984-yil — guruh bosqichi 1988-yil — guruh bosqichi 1992-yil — guruh bosqichi 1996-yil — saralashdan oʻta olmadi 2000-yil — 1/4 final 2004-yil — guruh bosqichi 2007-yil — guruh bosqichi 2011-yil — 1/4 final 2015-yil — guruh bosqichi 2019-yil - Chempion
Osiyo oʻyinlari
1974-yil — ishtirok etmadi 1978-yil — 1-guruh bosqichi 1982-yil — ishtirok etmadi 1986-yil — guruh bosqichi 1990-yil — ishtirok etmadi 1994-yil — guruh bosqichi 1998-yil — chorak final
Konfederatsiyalar kubogi
1992 — 2017 — saralashdan oʻta olmadi.
Mashhur futbolchilar
Fabio Sezar Emerson Shayx Sebastyan Soriya
Manbalar
Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari