Esmé Augusta Bianco (1982-yil 25-mayda tugʻilgan) britaniyalik aktrisa va neo-burlesk ijrochisi. Bianco Taxtlar oʻyini teleserialidagi Ros hamda The Magicians filmidagi Jane Chatwin rollari bilan mashhur.
Faoliyati Aktrisa rassomlar Christian Furr va Peregrine Heathcote uchun oʻz rasmini chizdirgan.
Uning badiiy filmlari qismlari orasida Burlesque Fairytales ertaklaridan birida „Ona“ rolini oʻynagan. U, shuningdek, Chemical Wedding, Dead Man Running, The Big I Am hamda The Scorpion King 4: Quest for Power filmlarida paydo boʻlgan. Bianco HBO kanalida efir yuzini koʻrgan Taxtlar oʻyini serialida Kingʻs Landing epizodida fohisha Ros obrazini gavdalantiradi.
U birinchi marta Winter Is Coming seriali premyerasida paydo boʻlib, yana 13 ta epizod uchun obrazni takrorlay. Aktrisa koʻpincha shouning sekspozitsiya sahnalarida koʻrinish beradi. Uning xarakteri 3-mavsumda The Climb epizodida oʻldiriladiDeLucci, Theresa (6 May 2013). „Game of Thrones Season 3, Ep. 6: 'The Climb'“. Tor.com..
2020-yilda Bianco „UPGrade“ qoʻshigʻida Pusciferning Existential Reckoning albomida chiqish qiladi.
Shaxsiy hayoti 2021-yil fevral oyida aktrisa musiqachi Merilyn Mansonni eridan ajralganidan keyin 2011-yildagi munosabatlari chogʻida unga nisbatan ishlatilgan jismoniy zoʻravonlikda aybladi. 2021-yil aprel oyida Bianco Mansonni jinsiy zoʻravonlik, odam savdosi va zoʻrlash uchun sudga beradi.
Aktrisaning taʼkidlashicha, unga giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar berilgan, shuningdek, zoʻravonlik va zoʻrlash tahdidlariga duchor boʻlgan. Bianco, shuningdek, Manson uni tizzalarini bogʻlab, qamchi bilan urgan va zoʻrlaganini daʼvo qildi. Merilyn Manson Biancoga advokati orqali javob berib, Bianconing ayblovlari „notoʻgʻri“ ekanligini aytadi.
Filmografiyasi
Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2006DollsMoucheQisqa metrajli film2008Chemical WeddingMavis2009Burlesque FairytalesMother2009Dead Man RunningBurlesque Singer2010Madame Dupoint2015FemininaVideo2018Living Among UsElleanor2020HypnotizedClaire
Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2010Any Human HeartBetty"1.3"2011Eric and ErnieLolaTV film2011-2013Game of ThronesRosTakroriy rol2014Rebecca ClarkTV film2015OminousRachel YoungTV film2015-2020Jane ChatwinTakroriy rol2017-2019Star vs. the Forces of EvilQueen Eclipsa (voice)Birinchi animatsion rolTakroriy rol2018Hot StreetsProfessor Lane (voice)Epizod: „The Bractegon“2018SupergirlThara Ak-Var2ta epizod
Manbalar
Havolalar
Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar