Ruby Bentall (1988-yil 3-aprelda tugʻilgan) – angliyalik aktrisa. U Lark Rise to Candleford filmida Minnie, Lost in Austenda Mary Bennet hamda 2015-yilgi, Poldark romanlarining, Winston Graham suratga olgan xuddi shu nomli BBC moslashuvida Verity Poldark rollari bilan tanilgan.
Yoshligi Bentall Londonning Camden shahrida tugʻilgan. U aktyorlar Janine Duvitski and Paul Bentallning qizidirTORMENTED | Official Movie Blog | Emily (Ruby Bentall) Retrieved on 18 July 2009.. U sakkiz yoshida oilasi bilan Richmond tashqarisidagi Petersham shaharchasiga koʻchib oʻtadi. Boʻlakak aktrisa Grey Court maktabida oʻqigan. U 2004—2006-yillar oraligʻida Richmond upon Thames kollejiga tahsil oladi va u yerni BTEC milliy diplomi bilan tugatadi.
Bentallning uchta uka-singillari va otasining birinchi nikohidan ikkita katta opa-singillari bor. Hozirda u Londonda yashaydi. Uning singlisi Edith „FOURS“ guruhining solisti.
Faoliyati Bentallning birinchi professional aktyorlik ishi Holby City epizodi boʻlib, u 2006-yilda Richmond kollejida oʻqiyotganida suratga olingan. Uning boshqa televizion filmlari orasida You Can Choose Your Friends, Doctors, Oliver Twist (2007) hamda New Tricks kabi filmlar mavjud.
U 2008-yilda Lost in Austen miniserialida Mary Bennet rolini oʻynadi, bu Pride and Prejudicening muqaddas Bennetning oʻrtanchi qizini hozirgacha eng qiziqarli talqini sifatida tasvirlanganJane Austen Today: Ruby Bentall – A Most Memorable Mary Bennet Retrieved on 18 July 2009.. 2009-yilda u Minnie rolini oʻynagan Lark Rise to Candleford filmining aktyorlari tarkibiga qoʻshildi.
U 2011-yil mart-aprel oylarida Royal Court teatrida Remembrance Day pyessasida Anya rolini va Londondagi Qirollik milliy teatrida Mike Leighning rejissorligi ostida sahnalashtirilgan Grief spektaklidagi Viktoriya rolini ijro etadi. 2014-yil yanvar oyida u Londondagi The Vaults, Vaultloda The Cement Garden filmining sahnalashtirilgan filmida Julie rolini oʻynadi.
2014-yil 30-martda Bentall 2015-yilda efirga uzatilgan Poldarkning yangi BBC One versiyasida Ross Poldarkning amakivachchasi Verity rolini oʻynashi eʼlon qilindi. Bentall 2018-yil iyul oyida Holby Cityda mehmon sifatida ishtirok etdi.
Filmografiyasi
Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2009TormentedEmily2010Robin HoodMargaret Walterning xizmatkori2019The Personal History of David CopperfieldJanet2020MisbehaviourSarah2022Operation MincemeatConnie BukesTBAFirebrandCat (ism)Suratga olinmoqda
Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2006Holby CityRobyn Dent1ta epizod2007You Can Choose Your FriendsPhoebe SnellDoctorsPoppy Foster1ta epizodOliver TwistCharlotte1ta epizod2008New TricksHeidi1ta epizodLost in AustenMary Bennet4ta epizod2009The Courageous Heart of Irena SendlerStefaniaThe BillKim Patterson2ta epizod2009-2011Lark Rise to CandlefordMinnie MudeMuntazam serial2012The ParadisePaulineMuntazam serial (1-mavsum)2014BlandingsLinda1ta epizod2015-2018PoldarkVerity Poldark2015Jekyll and HydeHilary „Hils“ Barnstaple10ta epizod2017AbsentiaMolly / Lolly1ta epizod2018Holby CityCassie LincombeEpizod: „Two for Joy“2018Midsomer MurdersStella StarlingEpizod: „Drawing Dead“2020IndustryLucinda Young
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar