Muhammad Gʻazzoliy koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Abu Homid Muhammad Gʻazzoliy nomi bilan bogʻliq. Abu Homid Muhammad Gʻazzoliy (1058—1111) mashhur ilohiyotchi olim. U islom falsafasiga bagʻishlangan „Kimyoyi saodat“ asarining muallifi hisoblanadi. Buxoro shahardagi Muhammad Gʻazzoliy koʻchasida ramziy qabr bor. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, bu qabr XVI asrda yashab oʻtgan boshqa bir Gʻazzoliyga tegishli hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari