Usto Ruhiy koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Usto Ruhiy nomi bilan bogʻliq. Usto Ruhiy hunarmand usta nomidan olingan. Usto Ruhiy toʻgʻrisida aholi oʻrtasida turli afsonalar tarqalgan. Goʻyo, u rux (metall) tayyorlovchi hunarmandlar ustozi boʻlgan. Hozirda saqlanib qolmagan Bozori gusfand madrasasi shu guzarda qad rostlab turgan. Aholisi asosan beshik yasash bilan shugʻullangan. Koʻcha nomi 1615-yil va 1788-yilda tuzilgan vaqf hujjatlarida tilga olingan.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari