Muzey haqida Qashqadaryo viloyat „Shahrisabz“ davlat muzey- qoʻriqxonasi 1996-yilda tashkil etilgan Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyi negizida 2019 yilda tashkil etilgan boʻlib, u dastavval XVI-asrga oid Chubin madrasasi binosida joylashgan. Madrasa binosi YUNESKOning umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan. Bugungi kunda muzey qoʻriqxona hududiga Shahrisabz shahrining tarixiy markazidagi barcha yodgorliklar jumladan: Oqsaroy arxetiktura majmuasi, Dorut tilovat majmuasi, Dorus Saodat majmuasi, Chorsu binosi, Tarixiy masjidlar binolari, Chubin madrasasi binosi, Maqom muzeyi (Filial) va boshqalar kiritilgan. Muzey-qoʻriqxona fondida 35266 dan ziyod vohaning moddiy, madaniy va maʼnaviy merosi namunalari mavjud. thumb|OQ SAROY

Muzey fondi quyidagi kolleksiyalardan iborat:

arxeologiya — 32021 numizmatika — 597 haykaltaroshlik — 77 amaliy sanʼat — 520 maishiy va etnografiya — 263 suratlar — 142 hujjatlar — 4 boshqa narsalar — 1642

Muzey-qoʻriqxonada 5 ta boʻlim faoliyat koʻrsatadi:

Qadimgi davr madaniyati boʻlimi Boʻlim sharqiy Qashqadaryo vohasidagi ibtidoiy davrdan oʻrta asrlarga qadar boʻlgan davr madaniyatini ilmiy tadqiq etish, arxeologik oʻrganish, ushbu davr yodgorliklari va osori-atiqalarini ekspozitsiyaga tayyorlash hamda maʼlumotlar toʻplab nashr ettirish ishlarini amalga oshirmoqda. Boʻlim ekspozitsiyasida Qashqadaryo vohasidagi ilk shaharsozlik madaniyatini aks ettiruvchi koʻrgazma tashkil etilgan.

Boʻlimning hamkor ilmiy tadqiqot markazlari OʻzFA Arxeologiya instituti, Oʻzbekiston Milliy Universiteti, Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasiga qarashli Oʻzbekistonning yangi tarixi markazi, AQShning Kaliforniya instituti.

Tadqiqot ob’ektlari Kattakamar, Angilloh, Siypontosh, Uzunqir, Sangirtepa, Podayotok va Saroytepa arxeologik yodgorliklari boʻlib xronologik jihatdan 40-ming yilliklardan to oʻrta asrlargacha boʻlgan davr madaniyati tarixini oʻz ichiga oladi.

Amir Temur va temuriylar madaniyati boʻlimi Boʻlim XIV-XVI asrlarga oid memoriy arxeologik yodgorliklar, yozma manbalar, numizmatika, hunarmandchilik, amaliy sanʼat, epigrafika va etnografik madaniyatini oʻrganish, izlab topish, ilmiy tadqiq etish va ekspozitsiyaga tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.

Hamkor ilmiy markazlari Moskva, Lomonosov Universiteti, Xelsinki Universiteti, Bordo-3 Universiteti, Strasburg Universiteti, Italiyaning Kaltajironi shahridagi sopol muzeyi, Rim shahri tarixi muzeyi.

Tadqiqot ob’ektlari Shahrisabz hududidagi temuriylar davriga mansub memoriy yodgorliklar masalan, Oq-Saroy, Doruttilovat-Dorussaodat arxeologik yodgorliklari (ularning soni 40 dan ziyod).

Etnografiya va xalq amaliy sanʼati boʻlimi Mazkur boʻlim Shahrisabzning XIX-XX asrlarga oid urf-odatlar, qadriyatlar va ananalar kabi vohaning oʻziga xos madaniyatini oʻrganish va etnografik materiallar asosida koʻrgazmalar tashkil etish bilan shugʻullanadi. Etnografiyaga oid koʻrgazmalarda Shahrisabzning oʻziga xos soʻzanalari (bigizkashta), doʻppilar (iroqi doʻppilar), kandakorlik, yogʻoch oʻymakorligi va kulolchilik namunalari mavjud.

Ilmiy-maʼrifiy boʻlim Muzeyning Chubin madrasasi binosida 300 m.kv.da yopik, 100 m.kv.da ochiq va Chubin badiiy memorchilik ekspozitsiyasi faoliyat yuritmokda. Muzey xalqaro talablar darajasidagi binoga ega, kompyuter, konditsioner va multimedio tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Sayyohlarga xalqaro talablar darajasidagi servis xizmati koʻrsatiladi. Muzeydan voha tabiati va badiiy memorchilik obidalari tarixi va Shahrisabzning oʻziga xos urf-odatlari, qadriyat va ananalari, ilmiy arxeologik-tarixiy tadqiqotlarning natijalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar olish mumkin. Muzeyda Shahrisabz shahri tarixi va etnografiyasi bilan bogʻliq bukletlar, kitoblar, otkritkalar, yoʻlkoʻrsatgichlar, znachoklar, hunarmandchilik buyumlari va suvenirlar savdosi yoʻlga qoʻyilgan.

Fond boʻlimi Boʻlim muzeydagi barcha osori-atiqalarning hujjatlashtirilishi, saqlanishi, xavfsizligi va ularni taʼmirlash ishlarini amalga oshiradi hamda eksponatlar sonini oshib borishiga xizmat qiladi. Muzeyga kelib tushayotgan buyumlarni qabul qilish, shifrlash va kirimlar daftariga qayd etish ishlari hamda muzey va muzeydan tashqarida tashkil etilayotgan koʻrgazmalar uchun eksponatlarni tayyorlaydi. Boshqa boʻlimlar bilan hamkorlikda eksponatlarni ilmiy inventarizatsiyadan oʻtkazib boradi. Osori-atikalarni hujjatlashtirish, davlat reestriga kiritish va ilmiy oʻrganish maqsadida boshqa ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qiladi.

Geografik joylashuvi Shahrisabz vohasi tarixiy Soʻgʻdiyona davlati hududida, Samarqand shaxridan 70 km. janubiy-gʻarbda, Buxoro shaxridan 250 km. janubda joylashgan boʻlib, Samarqand va Buxoro shahridan avtotransport va temir yoʻl transportlari orqali kelish mumkin. Shaharda zamonaviy turizm tizimi mavjud boʻlib, 2 ta 3 yulduzli mehmonxona va sharqona mini-mexmonxonalar, milliy oshxonalar xizmat koʻrsatadi. Ob-havo moʻtadil subtropik, qish vaqtlarida oʻrtacha 6-7 S0 gradus sovuq, yoz vaqtlarida oʻrtacha 30-35 S0 gradus issiq.

OQ SAROY Oq Saroyga („Oq“-buyuk, ulugʻvor maʼnosida), Amir Temur munajjimlar koʻrsatgan baxtli soniyalarda, 1379 yili — Xorazm poytaxti Urganchni (hozirgi Kunya —Urgench, Turkmaniston) zabt etgandan soʻng birinchi toshini qoʻydirgan. Bosib olingan katta oʻljalar bilan Shahrisabzga Xorazm ustalari ham olib kelingan. Saroyning qurilishi 1380 yilning bahorida boshlanib, 1396 yilda asosan tugallangan, lekin bezak ishlari, Klavixoning guvohligicha, 1404 yilgacha davom etgan. Saroyni bunyod etishga xorazmlik ustalardan tashqari Mavoraunnahr va boshqa mamlakatlardan Temur olib kelgan ustalar ham jalb etilgan.

Xususan, saroyning bosh peshtoqidagi koshinkor morpechida eronlik koshinpaz usta Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki joyda zikr etilgani aniqlangan. Hozirda bu peshtoqning ikki asosigina saqlanib qolgan.

Kirish peshtogʻining janubida olib borilgan arxeologik qazishmalar, unga yondoshgan polning serhasham, naqshinkor koshin qoplama bezagini ochib berdi. Pol ustidan koʻplab meʼmoriy koshin, oʻyma marmar, sirlangan oʻyma sopol va koshinburush qoldiqlari topildi. Muqaddas baliqlar uchun naqshinkor koshin bilan qoplangan, uncha katta boʻlmagan, hovuz ham ochildi.

Oq saroydan, hozirda, faqat peshtoqning ikki asosi saqlanib qolgan boʻlsada, ular oʻchmas taassurot qoldiradi. Qachonlardir, ular oraligʻida, eni 22 metrli ravoq qurilgan. Asoslarini ikki chekkasi, osti koʻp qirralik, yuqorisi aylana guldasta burjlar bilan tugallangan. Har bir burji ichkarisida aylanma zina va turli xonalar joylashtirilgan. Burjlar hozir 38 metr balandlikda saqlanib qolgan, aslida ularning balandligi 50 metrga yetgan.

Peshtoqning yon devorida ravoqli kirish eshigi joylashtirilgan. Bu yerda, rangli nakshinkor bezak hashamlarining barcha turlari: sirlangan gʻishtlar, sirkor boʻrtma koshin, qirqma koshin mozaika (koshin burush) ishlatilgan. Ular yordamida yirik naqshlardan tortib to mayda gulli bezaklarning turfa ranglardagi geometrik (girix), islimiy va arabiy yozuvli bezak shakllarini yiqqanlar.

Peshtoqning meʼmoriy koʻrinishi yirik shakllarda boʻlsa ham, hajmiy yechimi sodda qilingan. Koʻrinishi aniq va faqat katta, kichik ravoqlarning, takkoslashga asoslangan meʼmoriy boʻlaklarga ajratish usuli bilan, tasavvur qilishning nisbiylik qatorini yaratadi.

Bezakdagi boy naqshinkorlik va rangbaranglik meʼmoriy boʻlinishning geometrik xususiyatiga qatʼiy boʻysindirilgan.

Oq saroydan, hozirda, faqat peshtoqning ikki asosi saqlanib qolgan boʻlsada, ular oʻchmas taasurot qoldiradi. Qachonlardir, ular oraligʻida, eni 22 metrli ravoq qurilgan. Asoslarini ikki chekkasi, osti koʻp qirralik, yuqorisi aylana guldasta burjlar bilan tugallangan. Har bir burji ichkarisida aylanma zina va turli xonalar joylashtirilgan. Burjlar hozir 38 metr balandlikda saqlanib qolgan, aslida ularning balandligi 50 metrga yetgan.

Peshtoqning yon devorida ravoqli kirish eshigi joylashtirilgan. Bu yerda, rangli nakshinkor bezak hashamlarining barcha turlari: sirlangan gʻishtlar, sirkor boʻrtma koshin, qirqma koshin mozaika (koshin burush) ishlatilgan. Ular yordamida yirik naqshlardan tortib to mayda gulli bezaklarning turfa ranglardagi geometrik (girix), islimiy va arabiy yozuvli bezak shakllarini yiqqanlar.

Peshtoqning meʼmoriy koʻrinishi yirik shakllarda boʻlsa ham, hajmiy yechimi sodda qilingan. Koʻrinishi aniq va faqat katta, kichik ravoqlarning, takkoslashga asoslangan meʼmoriy boʻlaklarga ajratish usuli bilan, tasavvur qilishning nisbiylik qatorini yaratadi.

Bezakdagi boy naqshinkorlik va rangbaranglik meʼmoriy boʻlinishning geometrik xususiyatiga qatʼiy boʻysindirilgan. thumb|DORUT-TILOVAT

DORUT-TILOVAT Shahrisabzning deyarli markazida, Dorus — Saodat majmuasining gʻarbida bir guruh qadimiy inshootlar qad koʻtarib turibdi. Ularning barisi Dorut — Tilovat deb nomlangan va yagona majmuaga birlashtirilgan maqbara va masjid binolaridir.

1360 yil oxirida Temurning otasi Taragʻay vafot etadi va uni uncha katta boʻlmagan oilaviy xilxona — daxmaga dafn qiladilar. Temur hokimiyat tepasiga kelgandan soʻng, 1370 yilda otasi qabrini obroʻliroq yerga, 1371 yilda vafot etgan Shahrisabz shayxlaridan Shamsiddin Kulol qabrining oyoq tomoniga koʻchirishni buyuradi. Dorut-Tilovat meʼmoriy majmuasining shakllanishi Ulugʻbek hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Dastlab, shayx qabri ustiga, qadimgi inshoot qoldigʻiga, baland gumbazli maqbara koʻriladi.

Koʻk gumbaz masjidi esa, 1435 yili Shamsiddin Kulol maqbarasining qarama — qarshisiga koʻriladi va jome masjidi vazifasini oʻtadi.

Masjidning tarxi chorsi shaklida boʻlib, yon devorlariga toqilar joylashtirilgan. Yuqorisiga qarab, tik devor, burchaklari qalqonsimon bagʻalli bagʻallar qatori hamda oʻn olti qirralik asosdan baland gumbazga oʻtilgan. Farbiy devorida mehrob qilingan, uning tashqarisi esa berk peshtoq koʻrinishini olgan. Binoning burchak asoslariga tomga chiqadigan aylanma zinalar joylashtirilgan. Ichki gumbaz tashqarisidan, kavadratning ustidagi sakkiz qirralikda mahobatli asosga joylashtirilgan va moviy sirkor gʻishtchalar qoplangan gumbaz koʻrinishini olgan. Masjidning kirish qismi sharq tomondan boʻlib, u baland peshtoqli qilingan. Peshtoq bezagini, asosan sirkor gʻishtlardan terilgan girix naqshlar tashkil etadi. Uning burchak nimustunlariga, ravoq kanoslari va arabiy yozuvli hoshiyalariga mayolika ishlatilgan.

1437 — 38 yillarda Shamsiddin Kulol maqbarasining janubiy devori yonida Ulugʻbek va avlodlari, qarindoshlari uchun maqbara qurdiradi. Uning ichkari devorining yuqorisi boʻylab oʻtgan yozuv matni bunga dalolat boʻladi. Makbara ichkarisida, XV — XVII asrlarga taalluqli, bir necha marmar qabrtoshlar joylashtirilgan. Ularda Termiz saidlarining nomi zikr etilgan, shuning uchun keyinchalik bu maqbara Gumbazi Sayidon deb atalgan. Koʻk Gumbaz masjidi, Shamsiddin Kulol va Gumbazi Sayidon maqbaralarining bosh tarzlari hovliga qaragan. Bu hovlini hujralar va Dorut Tilovat madrasasining darsxonasi oʻrab turgan. Lekin vaqt oʻtib, ular buzilib ketgan hamda oʻrniga XIX asrda yangi xujralar qurilgan thumb|GUMBAZI SAYIDON

GUMBAZI SAYIDON MAQBARASI