Hojiobod mahallasi – Oʻzbekisotn Respublikasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi mahalla. Uchtepa, Taqachi, Koʻrkamobod, Chamanzor mahallalari bilan chegaradosh. Haj safariga boruvchi fuqarolar koʻp boʻlganligi uchun Hojiobod deb nomlangan. 1966-yilda tashkil etilgan. Dastlab Gʻafur Gʻulom nomi bilan atalgan. 2006-yildan hozirgi kunga qadar Hojiobod nomi bilan nomlanib kelinmoqda. 2009-yil maʼlumotlariga koʻra mahallada 3 100 kishi istiqomat qiladi. Mahalla hududida oziq-ovqat doʻkoni, oʻrta maktab, bolalar bogʻchasi va dorixona mavjud boʻlib aholiga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Uchtepa tumanidagi mahallalar