Darvozayi Sallohxona koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Buxoro shahrining janubiy darvozasi, yaʼni Sallohxona (XVI asr) nomidan olingan. Koʻcha shu darvoza yaqinida joylashgan. Soʻnggi Oʻrta asrlarda mazkur koʻchada tadbirkor Toʻraqulboy tomonidan qurilgan ikki qavatli madrasa joylashgan. Koʻcha nomi 1683-yilga oid vaqf hujjatida uchraydi.

Manbalar

Turkum:Buxoro koʻchalari