Fyodor Mikhaylovich Smolov (1990-yil 9-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional futbolchi, Moskvaning „Dinamo“ klubi va Rossiya terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati Smolov Master-Saturn Yegoryevsk futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2007-yilda u Moskvaning „Dinamo“ jamoasiga oʻtadi . U Rossiya Premer-ligasidagi debyutini 2007-yil 28-aprelda „Dinamo“ tarkibida 17 yoshida „Luch-Energiya Vladivostok“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2010- yilning 14-iyulida klub Smolovni "Feyenoord "ga bir yillik ijaraga berdi.

Uralga ijara 2014-yilning 1-sentabrida Smolov Ural Yekaterinburg ga bir mavsumga ijaraga berildi. Ikki hafta oʻtgach, u klubdagi debyutida Permning Amkar klubiga safarda gol urdi. U „Ural“ safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Krasnodar 2015-yilning 2-iyunida Smolov Rossiya Premer-ligasining Krasnodar klubiga erkin agent sifatida oʻtdi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U 2015-yil 20-iyulda o‘zining birinchi o‘yinini „Amkar Perm“ga qarshi mehmonda oʻtqazdi.

Lokomotiv Moskva 2018-yil 9-avgustda u Rossiya Premer-ligasi chempioni Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi.

Seltaga ijara 2020-yilning 30-yanvarida u Ispaniyaning Selta Vigo klubiga 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tdi. U yangi klubidagi ilk golini 2020-yil 16-fevral kuni „ Santyago Bernabeu“ stadionida Real ga qarshi o‘yinda (2:2) urgan. 27-iyun kuni "Barselona"ga qarshi oʻyinda ham Smolov gol kiritdi.

Lokomotiv qaytish 2021-yilning 12-may kuni u Rossiya kubogi-2021 finalida Kriliya Sovetovga qarshi o‘yinda gol urdi. U „Lokomotiv“dagi uchinchi sovrinini qoʻlga kiritdi va jamoadoshi Fransua Kamano bilan birga 4 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 

Dinamo qaytish 2022-yilning 12-yanvarida „Dinamo“ „Lokomotiv“dan Smolovni o‘z safiga qo‘shib olganini eʼlon qild. Moskva klubi Smolov bilan 1,5 yilga shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyat Smolov 2011-yilda 21-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida ishtirok etgan.

2012-yil 6-noyabrda Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello Smolovni AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun tarkibga kiritdi. 14-noyabr kuni u debyutini oʻtkazdi va milliy terma jamoadagi ilk golini kiritdi.

Sovrinlari

Lokomotiv Moskva

Rossiya kubogi: 2018-19, 2020-21 Rossiya Superkubogi: 2019

Shaxsiy sovrinlari

Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2015-16, 2016-17 Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (Sport-Ekspress): 2015-16, 2016-17, 2017-18

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:Feyenoord futbolchilari Turkum:FC Anji Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:FC Ural Yekaterinburg futbolchilari Turkum:FC Krasnodar futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:RC Celta de Vigo futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari