link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/55/Tomb_of_%C5%9Eeyh_Galip.jpg/260px-Tomb_of_%C5%9Eeyh_Galip.jpg|right|thumb|260x260px| Shayx Galip maqbarasi Galata Mavleviy lojasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8c/Grave_of_%C5%9Eeyh_Galip.jpg/260px-Grave_of_%C5%9Eeyh_Galip.jpg|right|thumb|260x260px| Galata Mavleviy Lojasi bogʻidagi Shayx Galip qabri Shayx Gʻolib toʻliq nomi Gʻolib Mehmed Esed Dede (1757-yil — 1799-yii 3-yanvar) boʻlgan mashhur turk devon adabiyoti shoiri va tasavvufchisi edi.
Hayoti U 1757-yilda Istanbulda dunyoga keldi. Tugʻilgandagi ismi Mehmet edi. Otasining ismi Mustafo Sayyid, onasining ismi esa Emine Xonim edi. U Galata Mavlaviyxonasida Shayx Husayn Dede va Xoʻja Neshet Afandidan til va adabiyot darslari oldi. Kichik yoshlaridanoq sheʼr yozishni boshladi. 24 yoshga kirgan vaqtidayoq uning devon tuzishga yetarli darajada sheʼrlari bor edi. 1791-yil 9-iyunda U Galata Mavlaviyxonasining shayxi etib tayinlandiDayıoğlu, Server; ss. 58. U 1798-yilda vafot etdi va shu mavlaviyxona hovlisidagi qabristonga dafn etildiDayıoğlu, Server; ss. 59.
Adabiy uslubi U Esed va Gʻolib taxalluslari bilan ijod qilgan. 1780-yil 24 yoshga kirganida oʻzi yozgan sheʼrlarni toʻplab devon yaratgan. U turk adabiyotida birinchilardan boʻlib, timsolga oʻxshatish uslubida ijod qilgan. Bu uslubda koʻplab yangiliklar ixtiro qilgan, ammo devon anʼanalaridan uzoqlashmagan va turk devon adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Shayx Gʻolib asarlarining eng ahamiyatli jihati shundaki, ular tasavvufiy asoslarga ega. Tasavvuf va timsolga oʻxshatish uslubini uygʻunlashtirganligi sababli turk adabiyotida yangi davrni boshlab bergan hisoblanadi. U oʻz asarlarida kuchli timsollardan foydalanib, koʻpincha tasavvur unsurlariga yer bergan. Oʻquvchiga yetkazmoqchi boʻlgan fikrlarini oʻxshatish va timsollar orqali tasvirlagan. Turk adabiyotidagi Sebk-i Hindi oqimining eng muhim namoyandalaridan biridir. Shayx Gʻolib mumtoz turk adabiyotining soʻnggi buyuk shoiridir.
Asarlari
Devon (sheʼrlar) Husn-ü Ashq (Goʻzallik va Sevgi) Sherh-i Cezire-i Masnaviy As-Sohbetu’s-Sofiyya Zübde-i alem
Yana qarang
MEB 100 turk adabiyoti roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Shayx Gʻolib devoni, Madaniyat vazirligining elektron kitob saytidan. Toʻliq matn 2010- - 12-iyun 2010-yil sanasida Shayx Gʻolibning „Hüsn ü Aşk“ masnaviyi, Madaniyat vazirligi elektron kitob saytidan arxivlangan. Toʻliq matn 2010-yil - 4-iyun 2010-yil sanasida Shayx Galip haqida tadqiqot
Turkum:Istanbulda vafot etganlar Turkum:1799-yilda vafot etganlar Turkum:1757-yilda tugʻilganlar Turkum:Turk devon adabiyoti shoirlari