Eva Gabor (1919-yil 11-fevral, Budapesht, Vengriya – 1995-yil 4-iyul, Los Angeles, AQSh) – vengriyalik sobiq aktrisa, ishbilarmon ayol, xonanda va sotsialist. U Disney suratga olgan The Aristocats, The Rescuers va The Rescuers Down Under kabi filmlarida gersoginya xonim Bianca obrazi uchun ovoz bergan.
Gabor 1965—1971-yillarda efirga uzatilgan Green Acres teleserialida Eddie Albert gavdalantirgan obraz Oliver Wendell Douglasning rafiqasi Lisa Douglas roli orqali mashhurlikka erishgan. U kinoda, Broadway teatrida va televideniyeda aktrisa sifatida ulkan muvaffaqiyatlar qozongan. Sobiq aktrisa, shuningdek, muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol sifatida yasama soch (parik)lar, kiyim-kechak va goʻzallik mahsulotlarini sotish bilan shugʻullangan. Uning katta opalari Zsa Zsa va Magda Gabor ham aktrisalar va sotsialistlar boʻlishgan.
Faoliyati Gabor Vengriyaning Budapesht shahrida askar Vilmos Gábor va uning rafiqasi, zargar Jolie ()lar oilasida dunyoga kelgan uchta qizining kenjasidir. Uning ota-onasi venger yahudiy oilalaridan boʻlishgan. U 1937-yilda 18-yoshida shvetsiyalik osteopat doktor Eric Drimmer bilan turmushga chiqqan. Birinchi turmushidan koʻp oʻtmay, opa-singillar orasida birinchi boʻlib, AQShga koʻchib kelgan. 1950-yillarda u bir nechta badiiy filmlarda, jumladan, The Last Time I Saw Parisda Elizabeth Taylor hamda Dean Martin va Jerry Lewis ishtirok etgan Artists and Modelsda suratga tushgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/54/Eddie_Albert_Eva_Gabor_Green_Acres_1965.JPG/170px-Eddie_Albert_Eva_Gabor_Green_Acres_1965.JPG|right|thumb| Gabor (oʻngda) Eddi Albert (chapda) bilan Green Acres toʻplamida. 1965-yil, avgust
Oʻlimi Gabor 1995-yil Mustaqillik kuni munosabati bilan Los Angelesda taʼtilda boʻlgan vaqtida vannaga yiqilib tushgan hamda nafas etishmovchiligi va pnevmoniyadan vafot etgan. Uning dafn marosimi 1995-yil 11-iyulda Beverly Hillsdagi Good Shepherd katolik cherkovida boʻlib oʻtdi.
Kenja farzand boʻlmish Evaning katta opalari va onasi ham vafot etgan. Opasi Magda va onasi Jolie Gabor uning vafotidan ikki yildan soʻng, 1997-yilda vafot etgan. Katta opasi Zsa Zsa esa 2016-yil 18-dekabrda yurak hurujidan vafot etgan.
Dafn etilishi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bd/Eva_Gabor_grave_at_Westwood_Village_Memorial_Park_Cemetery_in_Brentwood%2C_California. JPG/220px-Eva_Gabor_grave_at_Westwood_Village_Memorial_Park_Cemetery_in_Brentwood%2C_California. JPG|thumb| Gaborning qabri Gabor Westwood Village Memorial Park qabristoniga, jiyani Francesca Hilton hamda doʻsti va sobiq hamkasbi Eddi Albertdan bir necha metr narida dafn etilgan.
Filmografiyasi Yil Sarlavha Rol Izohlar 1941 Forced Landing Johanna Van Deuren New York Town Kichik rol Akkretivsiz Pacific Blackout Marie Duval 1942 Star Spangled Rhythm Eva Gabor Akkretivsiz 1945 A Royal Scandal Countess Demidow 1946 The Wife of Monte Cristo Mme. Lucille Maillard 1949 Song of Surrender Countess Marina 1952 Love Island Sarna 1953 Paris Model Gogo Montaine 1954 The Mad Magician Claire Ormond Captain Kidd and the Slave Girl Judith Duvall The Last Time I Saw Paris Lorraine Quarl 1955 Artists and Models Sonia / xonim Curtis 1957 The Truth About Women Louise Tiere My Man Godfrey Francesca Gray Donʼt Go Near the Water Deborah Aldrich 1958 Gigi Liane d’Exelmans 1959 It Started with a Kiss Marquesa Marion de la Rey 1963 A New Kind of Love Felicienne Courbeau 1964 Youngblood Hawke Fannie Prince 1970 The Aristocats Gersoginya Ovozli rol 1977 The Rescuers xonim Bianca 1979 Nutcracker Fantasy Vaqt malikasi 1987 The Princess Academy Countess Von Pupsin 1990 The Rescuers Down Under xonim Bianca Manbalar
Havolalar
„Eva Gabor va new yorklik birja brokeri Richard Brown turmush qurishdi“, tcm.turner.com
Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:1919-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Vengriyalik aktrisalar Turkum:Vengriyalik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar