Barbara Udoezi Nvaba (Barbara Nwaba; 1989-yil, 18-yanvar) — Santa Barbara trek klubi vakili boʻlgan amerikalik yengil atletikachi. Pentatlon va heptatlon musobaqalari, shuningdek, 2015-yil AQSh ochiq havoda yengil atletika boʻyicha yetptatlon chempioni.
Oʻrta taʼlim Nvaba 1989-yil 18-yanvarda Los-Anjelesda (Kaliforniya) nigeriyalik Teodor va Blessing Nvaba oilasida dunyoga kelgan. Oilada 6 nafar farzand boʻlib, Nvaba ularning eng kattasi boʻlgan. Oʻrta maktabni 2007-yilda bitirgan.Shu yilning oʻzida 300 metrga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha CIF Los-Anjeles Siti boʻlimi chempioni boʻlgan va keyinchalik 4 marotaba ikkinchi oʻrinni egallagan, CIF California State Meet musobaqasida balandlikka sakrash boʻyicha ishtirok etgan, ammo dastlabki bosqichdayoq musobaqadan chetlatilgan. Nvaba akademik asosda Santa-Barbaradagi Kaliforniya universitetida optometriyani oʻrgangan va 2012-yilda oʻqishni sotsiologiya boʻyicha diplom bilan tamomlagan. U 100 va 400 metrga toʻsiqlar osha yugurishda maktab rekordini oʻrnatgan va 4x400 metrga estafeta jamoasida rekord natija qayd etgan. Bu jarayonda u yetptatlon musobaqalarining aksariyatida kuchli oʻntalikka kirganhttp://static.psbin.com/a/y/2zxp0azlj1pp8m/June_2015_Version_M-W_Record_Book_Updated.pdf . U 2012-yilda Umumamerikalik nomini olish yoʻlida Katta Gʻarb konferensiyasining geptatlon chempioni sifatida oʻz faoliyatini yakunlagan. Uning akasi Devid Nvaba professional basketbolchi boʻlgan. U 2017-yilning 28-fevralida tugʻilib oʻsgan Los-Anjeles Leykers safida debyut oʻyinini boshlagan. Professional faoliyat Nvaba faoliyatini Santa Barbara trek klubida davom ettirib, murabbiy Josh Priester bilan shugʻullanishda davom etdi. U 2012-yilgi Olimpiadada 5986 ball toʻplagan holda beshinchi oʻrinni egalladi Nvaba 2012-13-oʻquv yilida Santa Barbara oʻrta maktabida yordamchi murabbiy boʻlgan. 2014-yilgi ochiq havo chempionatida u 6307 ball toʻplab, 163 ball farq bilan geptatlonda Sharon Day-Monrodan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Barbara Nvaba 2015-yilgi Amerika chempioni boʻlgan, Sharon Day- Monrodan 42 ochkoga ortda qolib, roppa-rosa 6500 ball toʻpladi va pentatlon boʻyicha 2-oʻrinni egalladi. Nvabaning umumiy koʻrsatkichi uni Qoʻshma Shtatlar tarixidagi oltinchi eng koʻp ball toʻplagan geptatlonchiga aylantirdi. Barbara Nvaba 2016-yilgi Amerika pentatlon chempioni boʻlib, 2016-yilgi yengil atletika boʻyicha yopiq inshootlardagi jahon chempionatida AQSh vakili sifatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Barbara Nvaba 2016-yilgi yopiq inshootlardagi jahon chempionatida 4661 ball toʻpladi. Beshkurash bahsida Brayan Teyzen -Eaton va Alina Fyodorovadan keyingi oʻrinni egallab, bronza medali bilan taqdirlandi. Barbara Nvaba geptatlonda 6494 ball toʻpladi. 2016-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari Olimpiya oʻyinlarida AQSh terma jamoasidagi hamkasblari Xezer Miller-Koch va Kendell Uilyamsga qoʻshildi va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida AQSH vakili sifatida ishtirok etdi. Eng yaxshi amerikalik oʻyinchi sifatida 12-oʻrinni egalladi. Manbalar
Havolalar Barbara Nwaba at World Athletics UC Santa Barbara biography
Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar