Nivetha Thomas (; 1995-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — telugu, malayalam va tamil tillarida suratga tushgan hind aktrisasi. U 2008-yilda malayalam tilidagi Veruthe Oru Bharya filmida bola aktrisa sifatida oʻzining kino debyutini qilgan va buning uchun u „Eng yaxshi bola aktrisasi“ sifatida Kerala State Film mukofotini qoʻlga kiritgan.

U Chaappa Kurishu (2011), Romans (2013), Jilla (2014), Papanasam (2015), Gentleman(2016), Ninnu Kori (2017), Jai Lava Kusa (2017) 118(2019), Brochevarevarura (2019), V (2020) va Vakeel Saab (2021) kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.

Faoliyati U oʻz faoliytini bola aktrisa sifatida boshlagan, Thomas Sun TVning "My Dear Bootham" nomli mashhur teleserialida rol ijro etgan. Shundan soʻng, u Veruthe Oru Bharyada Jayaramning qizi rolini ijro etgan, filmdagi uning roli yaxshi baholangan. Keyin u asosan ikkinchi darajali rollarni ijro etgan bir nechta Tamil va Malayalam filmlariga imzo chekkan. Uning malayalam tilidagi Chaappa Kurish va Thattathin Marayathu nomli filmlari bor. 2011-yilda rejissor Samuthirakani tomonidan suratga olingan Poraali tamil filmida u benzin ombori xodimi Tamizhselvi rolida aks etgan. U avval Samuthirakani bilan Arasi drama serialida ham hamkorlik qilgan edi.

2013-yilda Thomas Romans filmida rol oʻynagan, film juda muvaffaqiyatli boʻlgan va Sify.com tomonidan „blokbaster“ deb nomlangan. Tamilcha zamonaviy fantastik komediya Naveena Saraswathi Sabatham filmida u intiluvchan qoʻshiqchi Jaishrining ayol bosh rolini ijro etgan. Jillada u otasiga (Mohanlal), Vijay va Mahat oʻynagan ikki akasiga juda bogʻlangan Mahalakshmi rolini ijro etgan. Oʻzining roli haqida u „shunchaki singil roli“ emas, balki „akasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan kuchli irodali qiz“ ekanligini aytgan. U oʻzining birinchi telugu filmi — Ajay Vodhirala rejissori boʻlgan Juliet Lover of Idiot filmiga imzo chekkan. U Papanasam nomli Drishyamning Tamil remeykida Kamol Haasanning toʻngʻich qizi rolini ijro etgan va uning ijrosi tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlganVijay’s sister is Kamal Haasanʼs daughter — Times of India. Timesofindia.indiatimes.com (17 August 2014). Retrieved on 28 July 2016.. 2021-yil iyul oyidan boshlab Thomas Regina Kassandra bilan birgalikda Sudheer Varma tomonidan suratga olingan Shankini Dakini, Koreyaning Midnight Runners filmining telugu tilidagi talqini uchun suratga tushmoqda.

Filmografiyasi

Filmlar +Izoh Hali chiqarilmagan filmlarni bildiradi +YilNomRolTilIzohlarManba2008Veruthe Oru BharyaAnjana SugunanMalayalamBola aktrisa2008KuruviVetrivelning opasiTamilBola aktrisa2009Madhya VenalManuja/ManikuttyMalayalamBola aktrisa2011PranayamYoung GraceMalayalamChaappa KurishNafizaMalayalamPoraaliTamizhselviTamil2012Thattathin MarayathuFatimaMalayalam2013RomansEleenaMalayalamNaveena Saraswathi SabathamJeyasriTamil2014JillaMahalakshmiTamilMoney RatnamPia MammenMalayalam2015PapanasamSelvi SuyambulingamTamil2016GentlemanCatherineTelugu2017Ninnu KoriPallaviTeluguJai Lava KusaSimranTeluguJuliet Lover of IdiotJulieTelugu2019118AadhyaTeluguBrochevarevaruraMithraTelugu2020DarbarValliTamilVApoorva RamanujanTelugu2021Vakeel SaabPallaviTelugu2022Enthada SajiEʼlon qilinadiMalayalamSuratga olinmoqdaEʼlon qilinadiShakini DhakiniEʼlon qilinadiTeluguSuratga olinmoqda

Manbalar

Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar