Léa Rubio (1991-yil 6-may, Avignon shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, hozirda Fransiyaning „Olympique de Marseille“ klubida va Fransiya ayollar milliy futbol jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati Rubio oʻz faoliyatini Monteux kommunasidagi „Féminin Monteux“ futbol klubida boshlagan. U 2006-yilda 15 yoshida Fransiya ayollar futbolining ikkinchi divizionida toʻp surayotgan klub bilan ligadagi debyutini oʻtkazdi. 2006—2007-yilgi mavsumda Rubio 13 ta oʻyinda maydonga tushgan. Keyingi mavsumda uning oʻtkazgan oʻyinlari soni 15 taga etdi. Shuningdek, kubok oʻyinida uchta gol urdi, hatto bir necha bor jamoa sardori boʻlgan. 2008—2009-yilgi mavsumda Rubio nufuzli Clairefontaine akademiyasi ayollar ligasining „CNFE Clairefontaine“ klubiga oʻtdiCNFE: la promo 2008-2009. Biroq, oxir-oqibat „Montpellier“ bilan shartnoma imzoladiMontpellier Robio bilan shartnoma tuzdi. Montpellier bilan Rubio jamoaning 8-raqamiga ega boʻldi va jamoadagi birinchi mavsumida 11 ta liga oʻyinida maydonga tushdi. U uchta kubok oʻyinida maydonga tushib, bitta gol urib, Monpeliyierga 2008—2009-yilgi „Challenge de France“ musobaqasida gʻalaba qozonishga yordam berdi.
Rubio 2009—2010-yilgi mavsumda ligadagi dastlabki oltita oʻyinda uchta gol urdi. U shuningdek, klub uchun yangi tashkil etilgan, UEFA Ayollar Chempionlar ligasida toʻrtta oʻyinda ishtirok etib, klubga asosiy bosqichga chiqishga yordam berdi.
Xalqaro faoliyati Rubio Fransiya terma jamoasining ayollar boʻlimida faol oʻnagan. Rubio faoliyati davomida 17 yoshgacha, 18 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan ayollar jamoalari bilan ham oʻynagan. 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan u 2008-yilda 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida va 2008-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi birinchi jahon chempionatida ishtirok etdi, ammo Fransiya guruh bosqichida turnirdan chiqib ketdi. Rubio turnirdagi yagona golini guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida AQSH darvozasiga kiritdi. 19 yoshgacha boʻlganlar bilan Rubio „La Manga Cup“ xalqaro turnirida oʻynadi va 2009-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionati yarim finalga qadar Shvetsiyaga qoʻshimcha daqiqalarda magʻlub boʻldi.
Xalqaro statistikasi Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2011-yil 26-oktyabr Stad de lʻAube, Troye, Fransiya 5 — 0 5-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayol futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar