Yoo Jeong-yeon (; 1996-yil 1-noyabrda tugʻilgan), Jeongyeon nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi. U JYP Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning Twice qizlar guruhi aʼzosi.
Yoshligi Yo Kyung Wan ismi bilan 1996-yil 1-noyabrda Janubiy Koreyaning Kyongi provinsiyasining Suvon shahrida tugʻilgan. Uning ikkita katta opasi bor, ulardan biri aktrisa Gong Seung Yon. Uning otasi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Kim Dae-jung uchun oshpaz boʻlgan Jeongyeon yoshligida aerobika mashgʻulotlariga qatnashgan va koʻp oʻtmay qoʻshiq va raqsga qiziqib qolgan.
Faoliyati
Debyut oldidan Jeongyeon bolaligida JYP Entertainmentga qoʻshilish uchun imtihondan oʻta olmagan, lekin 2010-yil mart oyida ochiq imtihondan oʻtib, agentlikka qoʻshilgan. U Twice bilan debyut qilishdan oldin besh yil davomida mashq qilgan.. 2013-yildan 2015-yilning boshigacha Jeongyeon boshqa oʻrganuvchilar va hozirgi Twice guruhdoshlari Nayeon, Sana va Jihyo bilan birga yangi JYP qizlar guruhiga aʼzo boʻlishi kutilgan edi; ammo loyiha bekor qilingan. Keyinchalik 2015-yilda Jeongyeon Twice aʼzolarini aniqlash uchun olib boriladigan Sixteen teledasturida ishtirok etgan. Yakuniy epizodda u guruhning toʻqqiz aʼzosidan biri sifatida tanlangan.
Twice bilan debyut va sogʻliq muammolari

alt=|208x208px

alt=|208x208px

2015 va 2016-yillarda Jeongyeon

2015-yil oktyabr oyida Jeongyeon rasman Twice guruhi aʼzosi sifatida birinchi mini-albomi The Story Begins ning chiqarilishi bilan debyut qilgan. „Like Ooh-Ahh“ bosh singli YouTubeʼda 100 million tomoshaga erishgan birinchi K-pop debyut qoʻshigʻi boʻlgan. Jeongyeon va uning opasi 2016-yil iyulidan 2017-yil yanvarigacha Janubiy Koreyaning Inkigayo musiqiy dasturiga boshlovchilik qilishgan, buning uchun ikkalasi ham 2016-yil SBS Entertainment Awards-da Yangi kelganlar mukofotini qoʻlga kiritdganlar. Jeongyeon debyutidan beri u Twicening baʼzi treklarida qoʻshiq muallifi sifatida ham tanilgan. Gallup Koreaning yillik musiqiy soʻrovida Chonyon guruhdoshi Nayeon bilan birga 2016-yildan 2019-yilgacha toʻrt yil davomida Janubiy Koreyadagi eng mashhur 20 ta sevimli qoʻshiqchilar qatoriga kirgan.
2020-yil 17-oktyabrda JYP Entertainment Jeongyeon havotir buzilishlari tufayli tanaffusga chiqishini eʼlon qilgan. U 2021-yil 31-yanvarda 30-Seul musiqa mukofotlari marosimida faoliyatini davom ettirgan. 2021-yil 18-avgustda JYP Entertainment vahima va xavotir buzilishi tufayli Jeongyeonni ikkinchi tanaffusga chiqishini eʼlon qilgan. U 2021-yil oktyabr oyidan boshlab asta-sekin faoliyatini davom ettirmoqda.
Diskografiyasi +Qoʻshiqlar roʻyxati, chiqarilgan yili, ijrochi nomi va albom nomiNomYilIjrochiAlbomIzohlar"Love Line"2017TwiceTwicetagramLirist sifatida"Sweet Talker"2018What Is Love?"LaLaLa"Yes or Yes"21:29"2019Feel Special"Sweet Summer Day"2020More & More"Celebrate"2022Celebrate
Filmografiyasi
Teledasturlar YilNomRolIzohlarManba2015SixteenIshtirokchi2016Muscle Queen ProjectLaw of the Jungle in New CaledoniaOʻzi2016-2017InkigayoHamkor boshlovchiGong Seung-yeon bilan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar