Jessalyn Sarah Gilsig – kanadalik aktrisa. U Boston Public filmidagi Lauren Davis, Nip/Tuckdagi Gina Russo, Glee teleserialidagi Terri Schuester va Vikings filmidagi Siggy Haraldson rollari bilan mashhur.

Yoshligi va taʼlimi Gilsig Kanadaning Quebek (Kvebek) provinsiyasidagi Monreal shahrida yozuvchi va tarjimon Claire hamda muhandis Toby Gilsigning qizi sifatida tugʻilgan. 12 yoshida Kanada Milliy Kino Kengashining Masquerade filmida ovozli rolda aktrisalik faoliyatini boshlagan. Aktrisa asli yahudiy millatiga mansubdir. Gilsig 1989-yildan 1993-yilgacha Monrealdagi McGill universitetida ingliz tili boʻyicha tahsil olgan va u yerni 1993-yilda tamomlagan. Keyinchalik, Harvard universitetining teatr malakasini oshirish institutida aktrisalik tahsilini davom ettirdi.

Faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/dd/Jessalyn_Gilsig_2009.jpg/170px-Jessalyn_Gilsig_2009.jpg|thumb| Jessalyn Gilsig Glee teleserialining premyerasida, Santa Monica, California, 2009-yil 11-may Gilsig oʻz faoliyatini dublyajda ovoz berish bilan boshlagan. U Masquerade kabi filmlarda va Young Robin Hood kabi teleseriallarda ovoz bergan. U 1995-yilda New York shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda Broadwaydan tashqari bir nechta spektakllarda ishtirok etgan. Shuningdek, aktrisaning David E. Kelley bilan aloqasi uning Boston Public filmidagi bosh rolini oʻynashiga olib keldi.

Kelleyning The Practicening ikkita epizodida ikkilamchi rolni oʻynaganidan soʻng, Gilsig boshqa bir qisqa muddatli teleserial Snoopsning ikkita epizodida ishtirok etdi. Garchi Gilsigning epizodlari efirga uzatilishidan oldin serial bekor qilingan boʻlsa-da, Kelley Lauren Davisning 2000-yil sentabr oyida FOX telekanalida premyerasi boʻlgan seriali Boston Publicdagi bir epizodini maxsus uning uchun yozgan. Gilsig 2002-yilning may oyida ikkinchi mavsum tugaganidan keyin serialni tark etadi.

Shaxsiy hayoti Gilsig futbol jamoasining himoyachisi Bobby Salomon bilan oʻrta maktab oʻquvchi boʻlgan paytlarida tanishib qoladi va qisqa muddat davomida u bilan uchrashib yuradi. Aktrisa uni „kelishgan yigit edi“ deb taʼriflagan. Kino produseri Salomon 2002-yilda Hollywoodga koʻchib oʻtdi va ikkalasi yana uchrasha boshladilar. Ular 2005-yil 1-yanvarda anʼanaviy yahudiylar nikoh toʻyida turmush qurishdi (Gilsigning otasi yahudiy) Gilsig va Salomonning bir nafar qiz farzandlari bor.

Filmografiyasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8c/Jessalyn_Gilsig_%26_Jayma_Mays_%28GLEE%29.jpg/220px-Jessalyn_Gilsig_%26_Jayma_Mays_%28GLEE%29.jpg|right|thumb| Jessalyn Gilsig va Jayma Mays „Oltin globus“ mukofoti taqdirlash marosimida (2010-yil 17-yanvar) Filmlarda Yil Sarlavha Rol Izohlar1984Masquerade(ovozi)Qisqa metrajli film1989Qisqa metrajli filmJacknifeDugona1998The Horse WhispererLucyQuest for CamelotKayley (ovozi)2004Chicks with SticksPaula TaymoreSee This MovieAnnie Nicole2007FloodSam Morrison2008Prom NightAunt Karen Turner2009Julie King2011About FiftyJessica2013Somewhere SlowAnna Thompson2020SpreeAndrea

Televizion rollari Yil Sarlavha Rol1991Tina (ovozi)1991-1992Young Robin HoodGertrude of Griswald (ovozi)1992Saban's Gulliver's Travels1998To Have & to HoldPaulaViperAlyssa1999Seven DaysCarla BoylesRJ ShannonCallieADA Jennifer2000SnoopsSuzanne Shivers2000-2002Boston PublicLauren Davis2002HauntedElise Martin2003Without a TraceWhitney Ridder2003-2008Nip/TuckGina Russo2004NYPD Bluedetektiv Kelly Ronson2005Fathers and SonsDianne (akkreditivsiz)Prison BreakLisa Rix2006Law & OrderAngela Burquette2007Backyards & BulletsEileenDestination: Infestationdoktor Carolyn Ross2007-2008Friday Night LightsShelley HayesHeroesMeredith Gordon2008Christine RydellCSI: NYJordan GatesXIIIKim Rowland2008-2009Imaginary BitchesJessalyn2009-2012, 2015GleeTerri Schuester2012Smart Cookies Julie Sterling2013-2015VikingsSiggy2013The Good WifeJanie Ludwig2014Angels and OrnamentsCorrine Nelson2015Evil MenAdela2016ScandalVanessa Moss2018The SweetheartSamantha2019Grand HotelRoxanne2021-presentBig ShotHolly Barrett

Manbalar

Havolalar

Jessalyn Gilsig Internet Off-Broadway maʼlumotlar bazasida Jessalyn Gilsig TCM kino maʼlumotlar bazasida Jessalyn Gilsig Rotten Tomatoesda Jessalyn Gilsig TV Guideda

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Kanadalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Kanadalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar