Ashwini Ponnappa Machimanda (1989-yil 18-sentabrda tugʻilgan) — hind badmintonchisi boʻlib, xalqaro badminton musobaqasida ayollar va aralash juftlik yoʻnalishlarida mamlakatni himoya qiladi. U Jwala Gutta bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qildi, chunki bu juftlik xalqaro musobaqalarda koʻplab medallarni qoʻlga kiritgan, jumladan Hamdoʻstlik oʻyinlarida oltin medal, Uber kubogi va badminton boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medallari shular qatoriga kiradi. Ular doimiy ravishda BWF Jahon reytingida eng yaxshi 20 talikka kirib keladi; eng yuqori reyting 10-oʻrin boʻlgan. Ponappa va Gutta, shuningdek, 2011-yilda BWF jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan birinchi hind juftligi va ayollar juftligi boʻldi.

Yoshligi Ashwini Ponappa 1989-yil 18-sentabrda Bangalorda tugʻilgan. U Bangalor shahridagi Sent Frencis Xavier qizlar oʻrta maktabida va Haydaroboddagi Sent Mary kollejida tahsil olgan. Uning otasi Hindistonda xokkey oʻynagan. Ammo Ashwini xokkeydan koʻra badmintonni afzal koʻrdi va badminton bilan shugʻullana boshladi.

Faoliyati Ashwini Ponappa oʻzining birinchi milliy chempionligini 2004-yilda kichik qizlar oʻrtasidagi juftliklar toifasida qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u 2005-yilda kichik yoshdagi qizlar oʻrtasidagi juftlik bahslarida, 2006 va 2007-yillarda oʻsmir qizlar oʻrtasidagi juftlik bahslarida mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan. 2010-yilda boʻlib oʻtgan Janubiy Osiyo oʻyinlarida aralash juftlik va umumjamoa hisobida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2010-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida u Jwala Gutta bilan ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida oltin medalga sazovor boʻldi va bu musobaqada Hindiston uchun birinchi oltin medalni yutgan hisoblanib, tarixga kirdi. Gutta va Ponappa mezbonlar oldida medalni qoʻlga kiritgandan soʻng yuksak mashhurlikka erishdi.

Keyinchalik, 2011-yilda u va Gutta oʻzlarining nomlarini tarix kitoblariga yozib qoʻyish uchun oʻzlarining eng yaxshi chiqishlaridan birini namoyish etdi va badminton boʻyicha Jahon chempionatida medalni qoʻlga kiritgan birinchi hind juftligi boʻldi. Bu juftlik 12-raqamli indoneziyalik Vita Marrisa va Nadya Melatini 17–21, 21–10, 21–17 hisobida magʻlub etib, ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida yarim finalga yoʻl oldi. Londondagi yarim finalda xitoylik beshinchi raqamdagi badmintonchilarga magʻlub boʻldi va shu tariqa Badminton jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ponappa 2012-yilgi London Olimpiadasida ayollar juftlik bahslarida qatnashgan. U va Gutta yaponiyalik Mizuki Fujii va Reyka Kakiiva duetiga qarshi ayollar oʻrtasidagi dastlabki oʻyinda magʻlub boʻldi. Keyin ular ancha yuqori reytingdagi Ven Xsing Cheng va Xitoy Taypeyi vakili Yu Chin Chienni 25–23, 16–21, 21–18 hisobida magʻlub etib, guruh bosqichidagi ilk gʻalabasini qayd etdi. Jwala va Ashwini garchi „B“ guruhida Yaponiya va Taypey bilan durang oʻynab, singapurlik Shinta Mulia Sari va Ley Yaoni 21:16, 21:15 hisobida magʻlub etgan boʻlsa ham, gʻalabalar sonida bir ochko farq bilan chorak final yoʻllanmasini qoʻldan boy berdi. Seshanba oqshomida Hindistonning guruhdagi soʻnggi oʻyini oldidan dunyoning beshinchi raqamli yaponiyalik juftligi Mizuki Fujii va Reyka Kakiiva 10-oʻrinni egallagan Xitoy Taypeyi vakili Cheng Ven Xsing va Chien Yu Chinga 19–21, 11–21 hisobida magʻlub boʻldi. Jwala Gutta va Ashwini Ponappada yutish umidi yoʻq qilinganidan soʻng, Hindiston jamoasi Yaponiya va Xitoy Taypeyi ishtirokidagi ayollar juftlik badminton oʻyini toʻgʻri ruhda oʻtkazilganligini tekshirish uchun oʻyin tashkilotchilariga rasmiy norozilik bildirdi, biroq hech qanday chora koʻrishga erisha olmadi. Olimpiada oʻyinlaridan keyin Jwala oʻyindan vaqtinchalik taʼtilga chiqdi. Keyin Ponappa 2013-yilda qisqa muddat Pradnya Gadre bilan hamkorlik qildi va yil oxirida yana Jwala bilan birlashdi. 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Ponappa va Gutta ayollar juftlik bahslarida finalda Malayziyalik juftlikka yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdilar. 2015-yilning 29-iyunida Jwala bilan oʻynab, ular birinchi raqamli gollandiyalik Eefje Muskens va Selena Piek juftligini magʻlub etib, Kanada ochiq chempionatining ayollar oʻrtasidagi juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi. Ponappa Gutta bilan birgalikda 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlarida raqobatlashdi, ammo ular guruh bosqichidagi uchta oʻyinda ham magʻlub boʻldi va shuning uchun oldinga siljiy olmadi. 2018-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Ponappa aralash jamoaviy bahsda oltin medalni qoʻlga kiritgan Hindiston jamoasi tarkibida boʻlgan va ayollar juftlik bahslarida N. Sikki Reddi bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Shaxsiy hayoti 2017-yil 24-dekabrda u biznesmen va model Karan Medappaga turmushga chiqdi.

Yutuqlari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/78/Ponnappa_%26_Gutta.jpg/220px-Ponnappa_%26_Gutta.jpg|thumb| Ponappa va Jwala Gutta 2010-yilgi BWF jahon chempionatida

BWF jahon chempionati Ayollar juftliklari Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2011 Wembley Arena, London, Angliya Jwala Gutta Tian Qing Chjao Yunley 14–21, 16–21alt=Bronze|Bronza Bronza

Hamdoʻstlik oʻyinlari Ayollar juftliklari Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2010 Siri Fort sport majmuasi,Nyu Deli, Hindiston Jwala Gutta Shinta Mulia Sari Yao Lei 21–16, 21–19alt=Gold|Oltin Oltin 2014 Emirates Arena, Glazgo, Shotlandiya Jwala Gutta Vivian Hu Vun Khe Vey 17–21, 21–23alt=Silver|Kumush Kumush 2018 Carrara sport va dam olish markazi,Gold Coast, Avstraliya N. Sikki Reddi Setyana Mapasa Gronya Somerville 21–19, 21–19alt=Bronze|Bronza Bronza

Osiyo chempionati Ayollar juftliklari Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2014 Gimcheon yopiq stadioni,Gimcheon, Janubiy Koreya Jwala Gutta Luo Ying Luo Yu 12–21, 7–21alt=Bronze|Bronza Bronza

Janubiy Osiyo oʻyinlari Ayollar juftliklari Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2010 Yogʻochdan yasalgan gimnaziya,Dakka, Bangladesh P. C. Thulasi Aparna Balan Shruti Kurien 19–21, 20–22alt=Silver|Kumush Kumush 2016 SAI–SAG markazining koʻp maqsadli zali,Shillong, Hindiston Jwala Gutta N. Sikki Reddi K. Maneesha 21–9, 21–17alt=Gold|Oltin Oltin Aralash juftliklar Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2010 Wooden–Floor gimnaziyasi,Dakka, Bangladesh Valiyaveetil Diju Sanave Tomas Aparna Balan 21–11, 21–15alt=Gold|Oltin Oltin 2016 SAI–SAG markazining koʻp maqsadli zali,Shillong, Hindiston Manu Attri Pranav Chopra N. Sikki Reddi 29–30, 17–21alt=Silver|Kumush Kumush

BWF World Tour 2017-yil 19-martda eʼlon qilingan va 2018-yilda amalga oshirilgan BWF World Tour Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasidir. BWF World Tours World Tour Finals, Super 1000, Super 750, Super 500, Super 300 (HSBC World Tourning bir qismi) va BWF Tour Super 100 darajalaridan iborat.

Ayollar juftliklari Yil Turnir Hamkor Daraja Raqib Hisob Natija 2018 Syed Modi xalqaro turniri Super 300 N. Sikki Reddi Chou Mei Kuan Li Men Yean 15–21, 13–21 Ikkinchi oʻrin 2019 Haydarobod ochiq turniri Super 100 N. Sikki Reddi Baek Ha–na Jung Kyung–eun 17–21, 17–21 Ikkinchi oʻrin

BWF Grand Prisi BWF Grand Prisi ikki darajaga ega edi: Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan va 2007 va 2017-yillar oraligʻida oʻtkazilgan badminton turnirlari seriyasi edi.

Ayollar juftliklari Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija 2010 Hindiston ochiq turniri Jwala Gutta Shinta Mulia Sari Yao Lei 11–21, 21–9, 15–21 Ikkinchi oʻrin 2015 Kanada ochiq turniri Jwala Gutta Efje Muskens Selena Piek 21–19, 21–16 Gʻolib 2017 Syed Modi xalqaro turniri N. Sikki Reddi Kristinna Pedersen Kamilla Rytter Juhl 16–21, 18–21 Ikkinchi oʻrin Aralash juftliklar Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija 2017 Syed Modi xalqaro turniri B. Sumit Reddi Pranav Chopra N. Sikki Reddi 20–22, 10–21 Ikkinchi oʻrin

BWF Grand Pri Oltin turnirlari BWF Grand Pri turnirlari

BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari Ayollar yakkaliklari Yil Turnir Raqib Hisob Natija 2008 Bahrayn xalqaro turniri Trupi Murgunde 16–21, 13–21 Ikkinchi oʻrin Ayollar juftliklari Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija 2013 Tata Hindiston xalqaro turniri Jwala Gutta Pradnya Gadre N. Sikki Reddi 19–21, 19–21 Ikkinchi oʻrin 2016 Uels xalqaro turniri N. Sikki Reddi Anastasiya Chervyakova Olga Morozova 16–21, 11–21 Ikkinchi oʻrin 2019 Maldiv orollari xalqaro turniri N. Sikki Reddi Sayaka Xobara Natsuki Sone 10–21, 21–17, 12–21 Ikkinchi oʻrin 2021 Denmark Masters turniri N. Sikki Reddi Amalie Magelund Freja Ravn 21–15, 19–21, 14–21 Ikkinchi oʻrin Aralash juftliklar Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija 2013 Tata Hindiston xalqaro turniri Tarun Kona Akshay DevalkarPradnya Gadre 17–21, 21–18, 18–21 Ikkinchi oʻrin

BWF xalqaro musobaqasi turnirlari BWF xalqaro seriyasi turnirlari BWF kelajak seriyasi turnirlari

Tanlangan raqiblarga qarshi rekordlari Ayollar juftlik bahslarida Jwala Gutta bilan birgalikda erishilgan Superseriya finalchilari, Jahon chempionati yarim finalchilari va Olimpiada chorak finalchilariga qarshi rekordlari: 

Leanne Choo & Renuga Veeran 1–0 Du Jing & Yu Yang 0–1 Tang Jinhua & Xia Huan 0–1 Ma Jin & Wang Xiaoli 0–2 Tian Qing & Zhao Yunlei 0–9 Wang Xiaoli & Yu Yang 0–4 Yang Wei & Zhang Jiewen 0–1 Luo Ying & Luo Yu 0–4 Ma Jin & Tang Yuanting 0–1 Cheng Wen-hsing & Chien Yu-chin 2–2 Christinna Pedersen & Kamilla Rytter Juhl 0–2 Poon Lok Yan & Tse Ying Suet 1–1 Vita Marissa & Nadya Melati 2–1 Mizuki Fujii & Reika Kakiiwa 1–3 Miyuki Maeda & Satoko Suetsuna 1–4 Shizuka Matsuo & Mami Naito 0–3 Misaki Matsutomo & Ayaka Takahashi 0–2 Ha Jung-eun & Kim Min-jung 0–3 Lee Hyo-jung & Kim Min-jung 0–1 Jung Kyung-eun & Kim Ha-na 1–2 Chin Eei Hui & Wong Pei Tty 0–5 Eefje Muskens & Selena Piek 2–2 Shinta Mulia Sari & Yao Lei 2–4 Duanganong Aroonkesorn & Kunchala Voravichitchaikul 2–0 Puttita Supajirakul & Sapsiree Taerattanachai 2–0

Manbalar

Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Hindiston badmintonchilari