Bae Seul-ki (, 1986-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U The Red aʼzosi sifatida qoʻshiqchilik debyutini qilgan, keyin esa qoʻshiqlarini yakkaxon tarzda aytishni boshlagan.

Faoliyati Bae Seul-ki Sangmyong universitetida teatr va kino sohasida tahsil olgan, soʻngra 2005-yilning kuzida aktrisalar Oh Seung-eun va Ju So-Young bilan The 빨강 (The Red) loyiha guruhining bir qismi sifatida oʻzining koʻngilochar debyutini qilgan. Bu orqali u yakkaxon debyutidan oldin sahna tajribasi qilgan va shuhrat qozongan. U koʻplab estrada shoularida qatnashib, SBS telekanalining Love Letter dasturida oʻzining 복고 (bokko „eski maktab“ degan maʼnoni anglatadi) raqsini ijro etib, Internetda shov-shuv koʻtargan.

Guruh 2006-yil boshida tarqalib ketganidan soʻng, ovoz yozish kompaniyasi Baeni yakkaxon qoʻshiqchi boʻla oladi, deb hisoblagan. Ular qisqa muddatda raqamli singl tayyorlaganlar, 2006-yilning kuzida toʻliq albom chiqarilgan. Albomdagi birinchi „강한 여자“ (Ganghan Yujah, „kuchli ayol“ degan maʼnoni anglatadi) singlini sahnada ijro etish uchun u kuchli xoreografiyani oʻrgangan. Tez orada „말괄량이“ (Malgwalyangee, „qishloq qizi“ degan maʼnoni anglatadi) qoʻshigʻini chiqardi. Ushbu qoʻshiq Koreya musiqa chartlarida muvaffaqiyat qozongan va klip ham chartlarda uch hafta davomida birinchi oʻrinni egallagan. 2007-yil may oyida Bae Kan Mi-youn kabi boshqa yulduzlar qatorida Banana Girls guruhining „Chocolate“ klipida mehmon sifatida ishtirok etgan. „Strong Woman“ va „Tomboy“ muvaffaqiyatlaridan soʻng yangi imidj bilan qaytgan Bae 2007-yil 8-oktyabrda Flying nomli ikkinchi albomini chiqargan. Ushbu albomni yaratish uchun Koreyaning mashhur musiqa produserlari bilan hamkorlik qilgan 배슬기, 2집으로 가요계 전격 컴백 October 10, 2007. Retrieved October 18, 2007.. 2014-yilda Bae mashhur xitoycha qoʻshigʻi „Little Apple“ ning klipida bosh raqqosa sifatida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti Baening ukasi va singlisi bor. U Rim-katolik dinidandir. U 2020-yilda YouTuber Shim Seopga turmushga chiqqan.

Diskografiyasi

Singllari SarlavhaYilAlbom"I Fell in Love" (난 사랑에 빠졌죠)2006One For Love singl albomi"Happy Christmas"Happy Christmas singl albomi"Desert Island" (무인도)2009Bae Seul-ki and Namolla Family

Soundtracklari SarlavhaYilAlbom"Dream With Me" (꿈은 나에게)2007Yakitate!! Japan"Somehow" (왠지)2017Still Loving You"Everything" (전부)A Sea of Her Own

Filmografiyasi

Televideniyeda 2003: Thousand Years of Love 2004: Full House (KBS2) 2004: Emperor of the Sea (KBS2) 2005: Rainbow Romance (MBC) 2005 to 2006: Banjun Drama (SBS) „Unforgettable Love“ (DBSK) „Suicide Rescue Team“ „A Very Special Story“ „The Third Guy“ „Taxi 1986“ „Junjin Goes to School“ 2005: Love Letter (SBS) 2006: Catch Light (KM) 2006: Break 2009: Superstar Black City 2011: The Greatest Love (MBC) 2011: Midnight Hospital (MBC) 2012: Man of the Equator (KBS2) 2013: Unemployed Romance (E Channel) 2015: The Flatterer (YouTube) 2016: Still loving you 2017: The Idolmaster KR (Amazon Original Series, SBS) 2018: Risky Romance (MBC) 2021: Amor Fati (SBS)

Kinolar 2011: Couples 2012: Weird Business 2013: Short! Short! Short! 2013 2013: Tough as Iron 2013: Door to the Night 2014: A Case of Bachelor Abduction 2014: School of Youth: The Corruption of Morals

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Aktrisalar