Orol dengizidan sugʻorish ishlarini notoʻgʻri foydalanish oqibatida, uning suvlari qurib, tuproqda tuzlar va boshqa minerallarni qoldirdi. Ular nafaqat tuproqni ifloslantirdi, balki shamol va boʻronlar orqali koʻtarilib, boshqa hududlarga, shu jumladan ekin maydonlariga ham tarqaldi. Bu nafas olish tizimi kasalliklari va saratonning kuchayishiga olib keldi. Orol hajmining oʻzgarishi mahalliy iqlimga ham taʼsir qildi va boʻronlarning koʻpayishi va kuchayishiga olib keldiMicklin, P. P. (1988). Desiccation of the Aral Sea: A Water Management Disaster in the Soviet Union. Science. 241 (4870), 1172 & 1175..
Orol dengizining qisqarishi natijasida mahalliy aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelgani shubhasiz. Orol dengizi hududining koʻp qismi zarar koʻrganligining asosiy sabablaridan biri „suvdan notoʻgʻri foydalanish“ edi. Orol dengizi mintaqasidagi oʻzgarishlar natijasida inson salomatligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ekologik taʼsirlarga „suv sathining pasayishi, atrof-muhit va oziq-ovqat zanjiridagi pestitsidlar, chang boʻronlari va havodagi oʻzgarishlar“ misol boʻladiSmall, I., Van Der Meer, J., & Upshur, R. E. G. (2001). Acting on an Environmental Health Disaster: The Case of the Aral Sea . Environmental Health Perspectives. 109 (6), 547 & 548..
Sovet ittifoqi davrida Orol dengiziga quyiladigan Amudaryo va Sirdaryo suvlari Oʻzbekiston paxta dalalarini sugʻorishga sarflanar edi. Amudaryo va Sirdaryoning yaylovlari va serhosil yerlarida parrandachilik, va chorvachilik sohalarida 100 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlangan edi. Hududda paxta dalalarining monokulyar dehqonchilik yillarida tuproqlar tarkibidagi tabiiy minerallar va ozuqa moddalari miqdori kamayib ketti. Bu, oxir-oqibat, tuproq sifatini yaxshilash uchun pestitsidlar va oʻgʻitlardan foydalanishning koʻpayishiga olib keldi. Biroq, bu koʻp miqdorda foydalanilgan kimyoviy moddalar tuproqqa, suvga va nihoyat Orol dengiziga taʼsir koʻrsatdiPrecoda, N. (1991). Requiem for the Aral Sea. Ambio. 20 (3/4), 113.. Qishloq xoʻjaligidagi bu oʻzgarishlar „tuproqning tarkibining oʻzgarishiga, suv sifati va miqdorining yomonlashishiga olib keldi“Franz, J. S. & FitzRoy, F. (2006). Child Mortality and Environment in Developing Countries. Population and Environment. 27 (3), 264..
Yosh bolalar oʻlimi darajasiga taʼsiri Dengiz quriganida ifloslantiruvchi moddalar yer yuzasiga chiqib, tuproqqa oʻrnashadi, shu bilan birga havoga tarqaladi. Ushbu ekologik taʼsirlar mahalliy aholi salomatligiga keng koʻlamli taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina kasallik holatlarining koʻpayishi Orol dengizi maydonining qisqarishi bilan bogʻliq. Ifloslantiruvchi moddalardan eng koʻp zarar koʻradiganlar: chaqaloqlar va bolalar. Hududda ekalogik muhitning oʻzgarishi chaqaloqlar oʻlimining oshishiga xizmat qiladiNewbold, K. B. (2007). Six Billion Plus: World Population in the Twenty-First Century. 2nd Edition. Lanham: Rowman & Littlefield. 2..
Bu mintaqada 1970-yillardan beri chaqaloqlar oʻlimi koʻrsatkichlari ortib bormoqdaZhiming, B., Norio, I., Yoshiaki, K., Ariyoshi, K., Kunio, M., Tomokazu, O. & Otsuka Kenji. (2006). Inner Asia: Balancing the Environment with Socioeconomic Development. The State of the Environment in Asia 2005/2006. 167.. Goʻdaklar oʻlimi koʻrsatkichlarining oshishiga olib keladigan bu zararli moddalar Qozogʻistonda 1993-yildan boshlab 70 taga yetganligi xabar qilinganKiessling, K. L. (1998). Conference on the Aral Sea: Women, Children, Health and Environment. Ambio. 27 (7). 562.. Toksinlar turli manbalardan kelib chiqishi mumkin: havodan nafas olish, ichimlik suvi va oziq-ovqat. Biroq, yosh chaqaloq nima yeyish yoki ichish borasida koʻp tanlovga ega emas. Maʼlum boʻlishicha, bu toksinlar emizish orqali ham oʻtishi mumkin va „bir qator hududlarda shifokorlar chaqaloqlarni emizishni tavsiya qilmaydilar, chunki emizikli ona suti zaharli hisoblanadi“Precoda, N. (1991). Requiem for the Aral Sea. Ambio. 20 (3/4), 113..
1-jadvaldan koʻrinib turibdiki, boshqa shu hududga chegaradosh mamlakatlar hududlarda ham chaqaloqlar oʻlimi koʻrsatkichlarining oʻsishi kuzatilgan. Chaqaloqlar oʻlimi darajasiga koʻplab boshqa omillar taʼsir koʻrsatsa-da, bu koʻrsatkichlarning oshishiga hududdagi ekologik holat taʼsir koʻrsatishi aniq.
1-jadval: Yosh bolalar oʻlimining koʻrsatkichlari, 1985-2008Population Reference Bureau. (2004). 2004 World Population Data Sheet. Retrieved from http://www.prb.org/pdf04/04WorldDataSheet_ENG.pdf . Population Reference Bureau. (2008). 2008 World Population Data Sheet. Retrieved from http://www.prb.org/pdf08/08WPDS_Eng.pdf ., United Nations: Economic and Social Commission for Asia and the Pacific (n.d.). Infant mortality rates, 1985-1990, 1990-1995 and 1995-2000 and mortality under age 5 years, 1990-1995 and 1995-2000. Retrieved from 1985-1990 1990-1995 1995-2000 2004 2008 Afgʻoniston 170 160 152 165 163 Qozogʻiston 36 35 35 52 29 Qirgʻiziston 45 40 40 42 50 Turkmaniston 58 55 55 74 74 Oʻzbekiston 53 44 44 62 48 Tojikiston 58 57 57 50 65 Birlashgan Qirollik 5.3 4.9 Kanada 5.2 5.4 AQSH 6.7 6.6
Salomatlik uchun salbiy taʼsirlari Birgina Turkmanistonda bolalarda qayd etilgan barcha kasalliklarning 50 foizi nafas olish tizimidagi muammolar bilan bogʻliqWiggs, G. F.S., OʻHara, S. L., Wegerdt, J., Van Der Meer, J., Small, I., & Hubbard, R. (2003). The Dynamics and Characteristics of Aeolian Dust in Dryland Central Asia: Possible Impacts on Human Exposure and Respiratory Health in the Aral Sea Basin . The Geographical Journal. 169 (2), 143.. Ushbu holatning taʼsiri juda keng tarqalgan va turli kasalliklarga chalingan odamlarga taʼsir koʻrsatadi. Quyida Orol dengizi hududida chaqaloqlar oʻlimi, turmush darajasining pasayishiga olib keladigan sogʻliqda uchrashi mumkin boʻlgan kasalliklar roʻyxati keltirilgan.
diareya kasalliklari ozuqaviy yetishmovchiliklar yuqori nafas yoʻllarining infeksiyalari teratogenez endokrin buzilish neyrorivojlanish taʼsiri xulq-atvor oʻzgarishi gastroenteritPrecoda, N. (1991). Requiem for the Aral Sea. Ambio. 20 (3/4), 113 tif isitmasi gepatit qiziloʻngach saratoni turli xil saraton turlari gipertoniya yurak kasalligi anemiya buyrak kasalligi. koʻz kasalligi
Yechimlari Hududni qayta tiklashning asosiy muammosi dengiz tubidan tuz va boshqa zararli minerallarni kamaytirishdir. Baʼzi yechimlar suv oqimini nazorat qilish uchun suv omborlarini qurish va sugʻorish uchun ajratilgan suv miqdorini cheklashni ham oʻz ichiga oladi.
Manbalar
Turkum:Orol dengizi Turkum:Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash