Pablo Edson Barrera Acosta () (1987-yil 21-iyunda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX „Keretaro“ klubida vinger sifatida oʻynaydi.
U oʻz faoliyatining dastlabki qismini Meksikaning „Universidad Nacional“ klubida oʻtkazgan, keyin Premer-liganing „West Xem United“ klubiga oʻtgan. U shuningdek, La Liganing „Real Zaragosa“ klubida ijara muddatini oʻtkazgan.
U Meksika terma jamoasida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Universidad Nacional klubi Meksikaning Tlalnepantla shahrida tugʻilgan Barrera oʻz faoliyatini Mexiko shahrida joylashgan, Pumas nomi bilan ham tanilgan Universidad Nacional klubida yarim himoyachi sifatida boshlagan. U 11 yoshida Pumas yoshlar jamoasiga qoʻshilgan va 2005-yilda Primera divizionida debyut qilish uchun asosiy jamoaga qoʻshilgan. U Pumasning Verakrus ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida debyut qilgan.
2008-yil iyul oyida Barrera chap tizzasidagi xochsimon bogʻlamlari uzilib ketadi ularni tiklash uchun jarrohlik amaliyotini oʻtkazadi va bu uni olti oy davomida safdan chiqishiga sabab boʻladi.
Yanvar oyi boshida Barrera jarohatidan qutuladi va birinchi oʻyinidayoq Nekaxa darvozasiga gol urgan. Murabbiy Ricardo Ferreti uni zaxira oʻrindigʻiga qoʻyguniga qadar u asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlib qolgan. U oʻsha mavsumda Puebla darvozasiga yana bir gol urgan. U Pumasga Pachuka jamoasi bilan toʻqnash kelgan finalga chiqishga yordam bergan va qoʻshimcha vaqtning ikkinchi yarmida Pumasga gʻalaba keltirgan golni urgan.
West Xem United 2010-yilning 16-iyulida Barrera „West Ham United“ bilan 4 million funt sterling evaziga 4 yillik shartnoma imzolagan. U „West Ham“ning 2010-yil yozgi ikkinchi transferiga aylangan. U Premer-ligadagi debyutida 14-avgust kuni „Aston Villa“ga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
Premer-ligada bor-yoʻgʻi oltita oʻyin oʻtkazib, hech qanday gol urmagan. 2011-yil yozgi transfer oynasida La Liganing „Real Zaragoza“ klubi Barrera bilan shartnoma imzolamoqchi boʻlgani xabar qilingan edi, bu esa uni Meksika terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xaver Agirre bilan qayta birlashtirgan„Pablo Barerra wanted by Real Zaragoza despite flop debut season“. Mirror Football. Retrieved 15 June 2011..
Real Zaragoza (ijara) 2011-yil 25-avgustda Barrera Ispaniyaning „Real Zaragoza“ klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilgan, bu esa uni Meksika terma jamoasining sobiq murabbiyi Xaver Agirre va jamoadoshi Efrain Xuares bilan birlashtirgan. U „Zaragoza“ uchun La Ligadagi ilk golini „Villareal“ga qarshi oʻyinda (2:2) kiritgan. Agirre isteʼfoga chiqarilgach„Aguirre fuera del Zaragoza“. Récord. Retrieved 29 December 2011. va Manolo Jimenes yangi bosh murabbiy etib tayinlangach„Manolo Jiménez, nuevo entrenador del Zaragoza“. Marca. Retrieved 31 December 2011. Barrera asta-sekin zaxira oʻrindigʻida qolib ketgan.
Cruz Azul 2012-yil 3-iyul kuni Cruz Azul Yevropadagi ikki yillik faoliyatidan soʻng Meksikaga qaytgan Barrera bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati
Yoshlar terma jamoasi Barrera 2007-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashgan va u yerda ikkita gol urgan.
Kattalar terma jamoasi Barrera 2007-yilning 17-oktabrida Gvatemalaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan holda kattalar terma jamoasida maydonga tushgan.U ilk xalqaro golini 2009-yilning 5-iyulida 2009-yil CONCACAF Oltin Kubogida Nikaragua darvozasiga kiritgan. U ikkinchi golini Oltin kubokda Gaiti terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan.
2011-yil Oltin kubok U 2011-yilgi CONCACAF Oltin Kubogida ishtirok etish uchun chaqirilgan. U Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda (4:1) toʻrtinchi golni kiritgan„Goals galore for Mexico, El Salvador“ — FIFA.com. 25-iyun kuni Barerra finalda AQShga qarshi oʻyinda dubl qayd etgan va Meksika 4:2 hisobida gʻalaba qozongan„Mexico repeat Gold Cup glory“ — FIFA.com.
Faoliyat statistikasi
Klub LigaKubokLiga kubogiQitʼaJamiMavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolMeksikaLigaKubokLiga kubogiShimoliy AmerikaJami2005—2006UNAMPrimer Divizión10---102006—200750---502007—2008314---3142008—2009203--202232009—20102811--333114AngliyaLigaFA CupLiga kubogiYevropaJami2010—2011West Ham UnitedPremier Liga1403040-2102011—2012Championship10-10-20IspaniyaLigaCopa del ReyIspaniya SuperkubogiYevropaJami2011—2012ZaragozaLa Liga201---201JamiMeksika8518----539021Angliya1503050--230Ispaniya20100----201Jami1201930505313322
Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyinlar Gollar Meksika 2007 1 0 2008 1 0 2009 9 2 2010 17 1 2011 16 3 2012 7 0 2013 6 0 Jami 57 6
Yutuqlar UNAM
Meksika Primerasi : Clausura 2009
Cruz Azul
Copa MX : Clausura 2013 CONCACAF Chempionlar ligasi : 2013—2014
Meksika
CONCACAF Oltin kubogi : 2009, 2011
Shaxsiy yutuqlari
Meksika Primera divizioni turnirning yangi oʻyinchisi: Apertura 2007
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari