Sven Ulreich (1988-yil 3-avgustda tugʻilgan) – nemis professional futbolchisi, Bundesliganing "Bavariya" klubi darvozaboni.
Klub faoliyati
Shtutgart U Shtutgart II ning 2007-08-yilgi mavsumidagi dastlabki toʻrtta oʻyinida asosiy darvozabon boʻlgan va oʻsha davrda ikki marta oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Oʻtgan mavsumda u 10 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita sariq kartochka olgan.
2008-yil yanvar oyida u VfB Shtutgartning birinchi jamoasiga qoʻshildi. U 2008-yil 9-fevralda „Gerta“ga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda jamoadagi debyutini oʻtkazdi.
2010-yilning 6-aprelida Ulreich VfB Shtutgart bilan shartnomasini 2013-yilning yozigacha uzaytirdi. 2012-yilning 20-yanvarida esa u shartnomasini 2017-yil iyunigacha uzaytirdi.
2015-16-yilgi mavsumda Ulreich "Bavariya"ga oʻtdi. U 1998-yildan beri Shtutgartda oʻynar edi.
„Bavariya“ link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/84/2019147183738_2019-05-27_Fussball_1.FC_Kaiserslautern_vs_FC_Bayern_M%C3%BCnchen_-_Sven_-_1D_X_MK_II_-_0363_-_B70I8662_%28cropped%29.jpg/202px-2019147183738_2019-05-27_Fussball_1.FC_Kaiserslautern_vs_FC_Bayern_M%C3%BCnchen_-_Sven_-_1D_X_MK_II_-_0363_-_B70I8662_%28cropped%29.jpg|thumb|282x282px| Ulreich 2019-yilda Ulreich 2015-16-yilgi mavsum oldidan „Bavariya“ga oʻtdi va 2018-yilgacha davom etadigan shartnoma imzoladi. U 2015-yilgi DFL-Superkubogi oʻyinlarida zaxira oʻrindigʻida qolib ketdi. U 2015-16-yilgi mavsumda bor yoʻgʻi uchta oʻyinda maydonga tushirildi. U 2016-17-yilgi mavsumnda esa yettita oʻyinda maydonga tushgan.
U 2017-18-yilgi mavsumda asosiy darvozabon Manuel Noyerning uzoq muddatli jarohati tufayli „Bavariya“da muntazam maydonga tusha boshladi. Ulreich 2017-18-yilgi mavsumni Germaniya Superkubogida oʻynash bilan boshladi. Ulreich „Bavariya“ni ketma-ket oltinchi marta Germaniya Bundesligasi chempioni boʻlishiga oʻz xissasini qoʻshdi. Biroq, „Bavariya“ 2017-18-yilgi Chempionlar ligasining yarim finalidan „Real“ ga qarshi oʻyinda Ulreichning xatosi tufayli chiqib ketdi. „Bavariya“ umumiy 4:3 hisobida yutqazdi. U 2017/18-yilgi mavsumda jami 47 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Gamburger SV „Bavariya“ 2020-yilning yozida yana bir darvozabon Aleksandr Nyubelni sotib olganidan soʻng, kelajakda Manuel Noyerning oʻrniga kim darvozabon boʻlishi haqida munozaralar paydo boʻldi. Bundesliga klubi Gamburger SV 2020-yil oktabr oyi boshida transfer oynasi tugashiga oz vaqt qolganda uch yillik shartnoma bilan Ulreichni oʻz tarkibiga qoʻshib oldi. U yerda 32 yoshli futbolchi yangi bosh murabbiy Daniel Tiunning qoʻl ostida Daniel Heuer Fernandes oʻrniga darhol bosh darvozabon sifatida ish boshladi.
2021-yilning 4-iyunida Ulreichning GSV bilan shartnomasi muddatidan avval bekor qilinadi.
„Bavariya“ga qaytishi 2021-yilning 27-iyunida Ulreich „Bavariya“ga qaytdi.
Xalqaro faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/61/Sven_Ulreich_U-21.jpg/170px-Sven_Ulreich_U-21.jpg|thumb| Ulreich Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari bilan Ulreich shuningdek, Germaniya U16, Germaniya U19, Germaniya U21 jamoalari aʼzosi boʻlgan va kattalar jamoasiga chaqiruv olgan.
Faoliyat statistikasi
KlubMavsumLigaKubokKontinentalBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarVfB Shtutgart II2006-07Regionalliga Süd100—1002007-081901902008-093. Liga3603602009-108080Jami730—730VfB Shtutgart2007-08Bundesliga1101000—1202009-10401000502010-11340301104802011-1234040—3802012-13340601205202013-1431010403602014-1528010—290Jami1760170270—2200Bavariya2015-16Bundesliga10101000302016-1750101000702017-1829060110104702018-19903000001202019-201000000010Jami45011013010700Hamburger SV2020-212. Bundesliga32000—320Bavariya2021-22Bundesliga60101000802022-23Bundesliga0000000000Jami6010100080Faoliyatidagi jami!3320290410103930
Yutuqlar
Klub „Bavariya“
Bundesliga : 2015-16, 2016-17, 2017-18, 2018-19, 2019-20, 2021-22 DFB-Pokal : 2015-16, 2018-19, 2019-20 DFL-Superkubogi : 2016, 2017, 2018, 2021, 2022 UEFA Chempionlar Ligasi : 2019-20 UEFA Superkubogi : 2020
Individual
Bavariyaning eng yaxshi futbolchisi: 2017-18
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:VfB Stuttgart futbolchilari Turkum:VfB Stuttgart II futbolchilari Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:Hamburger SV futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:2. Bundesliga futbolchilari Turkum:3. Liga futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar