Ochlik — organizmni saqlab qolish uchun kerakli darajadan past boʻlgan jiddiy energiya yetishmovchiligi. Bu holat toʻyib ovqatlanmaslikning eng ekstremal shakli hisoblanadi. Uzoq vaqt davom etgan ochlik hayot uchun zaruriy organlarning shikastlanishigaDisease-Related Malnutrition: An Evidence-Based Approach to Treatment „When [food] intake is poor or absent for a long time (weeks), weight loss is associated with organ failure and death.“ va, oxir-oqibat, oʻlimga olib kelishi mumkin. Toʻyib ovqatlanmaslik atamasi ochlik alomatlari va oqibatlarini tavsiflaydi. Bundan tashqari, ochlik qiynoqqa solish yoki oʻlimga hukm qilish vositasi sifatida ham qoʻllanishi mumkin.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, ochlik dunyo aholisi sogʻligʻiga tahdid soladigan jiddiy xavflardan biri sanaladiMalnutrition The Starvelings. JSST, shuningdek, toʻyib ovqatlanmaslik bolalar oʻlimiga sabab boʻlayotgan eng jiddiy omillardan biri ekanligini taʼkidlaydi — qayd etilayotgan bolalar oʻlimi holatlarining yarmiga ocharchilik sabab qilib koʻrsatiladi. Toʻyib ovqatlanmaslik holatlari har yili besh yoshgacha boʻlgan 3,1 million bolaning oʻlimiga sabab boʻlmoqda. Ochlik holatlari haqidagi haqiqiy raqamlarni keltirib oʻtish qiyin, ammo Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, toʻyib ovqatlanmaslikning nisbatan yengil shakli hozir taxminan 842 million kishida yoki dunyo aholisining har sakkizinchisida (12,5 %) kuzatiladiFAO: The State of Food Insecurity in the World.
Shishgan oshqozon kvashiorkor deb ataladigan notoʻgʻri ovqatlanish shaklidan darak beradi. Kvashiorkorning aniq patogenezi maʼlum emas, chunki dastlab u uglevodlarga boy (masalan, makkajoʻxori), proteinsiz dietalar bilan bogʻliq deb taxmin qilingan. Koʻpgina bemorlarda albumin darajasining past boʻlishiga ushbu holatning natijasi sifatida qaraladi. Aflatoksin bilan zaharlanish, oksidlovchi stress, immunitetning buzilishi va ichak mikrobiotasining oʻzgarishi kabi ehtimoliy sabablar ham taklif qilingan. Davolash choralari vazn yoʻqotish va mushaklarning yoʻqolishi kabi simptomlarni yengillashtirishga yordam beradi, ammo uning oldini olish ham juda muhimdir.
Hech qanday oziq-ovqatsiz qolganda odam odatda 2 oy ichida halok boʻladi. Ammo bir kishining 382 kun oziq-ovqatsiz omon qolishi hammani hayratda qoldirgan. Ozgʻin odamlar odatda tana massasining 18 foizigacha qismini yoʻqotgunga qadar omon qolishi mumkin. Semizlik kuzatilgan odamlar bu holatga, ehtimol, 20 foizdan koʻproq chidaydilar. Ochlik holatida ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq umr koʻrishlari aniqlanganHow Long Can a Person Survive without Food?How many days a person can survive without food or water.
Belgilari
link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/47/Starved_girl.jpg/180px-Starved_girl.jpg|thumb|1960-yillarning oxirlarida Nigeriya fuqarolar urushi davrida ochlik va toʻyib ovqatlanmaslikdan azob chekayotgan qiz. Quyida ochlikning baʼzi belgilari sanab oʻtilgan:
Xulq-atvor yoki ruhiy holatdagi oʻzgarishlar Ochlik oʻzining boshlangʻich davrlarida kishining ruhiy holati va xatti-harakatlariga taʼsir qiladi. Bu alomatlar asabiy kayfiyat, charchoq, diqqatni jamlashda muammolar va oziq-ovqat haqidagi doimiy oʻylar bilan mashgʻullik tarzida namoyon boʻladi. Bunday holatdan aziyat chekayotgan odamlar odatda hamma narsadan oʻta tez chalgʻiydilar va hech qanday potensial kuchga ega boʻlmaydilarSymptoms Of Extreme Hunger Food.
Jismoniy belgilar Ochlik darajasi oʻsib borishi bilan salbiy jismoniy alomatlar ham paydo boʻla boshlaydi. Ushbu alomatlarning xarakteri kishining yoshiga, tana oʻlchamlariga va umumiy sogʻlik darajasiga bogʻliq. Ochlikning jismoniy belgilari namoyon boʻlishi uchun odatda bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt talab qilinadi va bu simptomlar zaiflik, yurakning tez-tez urishi, sekinlashgan sayoz nafas olish, chanqoqlik va ich qotishi kabi shakllarda namoyon boʻladi. Baʼzi hollarda diareya ham kuzatilishi mumkin. Koʻzlar choʻkib keta boshlaydi va chuqurlashadi. Mushaklar kichiklashishni va zaiflashishni boshlaydi. Bolalardagi ochlikning asosiy belgilaridan biri shishgan qorindir. Teri boʻshashadi va rangi oqarib ketadi, oyoq va toʻpiqlarda shish hosil boʻlishi mumkinSwollen Ankles and Swollen Feet.
Zaiflashgan immun tizimi Ochlik belgilari immunitetning zaiflashishi, jarohatlarning sekin bitishi va har qanday infeksiyaga organizmning toqatsiz reaksiyasi shaklida ham namoyon boʻlishi mumkin. Terida toshmalar paydo boʻlishi kuzatiladi. Tana oʻzida mavjud boʻlgan barcha oziq-moddalarni organlarning yetarlicha ishlashini taʼminlash uchun yoʻnaltiradiSymptoms of Starvation.
Boshqa belgilari Ochlikning boshqa oqibatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Anemiya Oʻt pufagidagi toshlar Gipotenziya Oshqozon kasalligi Yurak-qon tomir va nafas olish tizimi kasalliklari Ayollarda hayz koʻrishning buzilishi yoki toʻxtab qolishi Buyrak kasalligi yoki yetishmovchiligi Elektrolitlar muvozanatining buzilishi Ozib ketish Oliguriya
Ochlik bosqichlari Ochlik belgilari uch bosqichda namoyon boʻladi. Birinchi va ikkinchi bosqich ovqatlanishni, parhezni oʻtkazib yuboradigan va roʻza tutgan har qanday odamda namoyon boʻlishi mumkin. Uchinchi bosqich ogʻirroq boʻlib, uzoq muddatli ochlik natijasida kelib chiqadi va ayrim hollarda oʻlimga ham olib keladiWhat Happens When We Starve? Phases of Starvation.
Dastlabki bosqich. Ovqatlanish payti oʻtkazib yuborilganda tana jigarda glikogen ishlab chiqarish va saqlangan yogʻlar va oqsillarni parchalash orqali qon shakari darajasini ushlab turishni boshlaydi. Jigar dastlabki bir necha soat vaqt davomida organizmni glikogen bilan taʼminlay oladi. Shundan soʻng tana yogʻ va oqsillarni parchalashni boshlaydi. Tana yogʻ kislotalarini mushaklar uchun energiya manbai sifatida ishlatadi, ammo miyaga yuboriladigan glyukoza miqdorini kamaytiradi. Yogʻ kislotalaridan kelib chiqadigan yana bir kimyoviy modda bu glitserindir. U energiya uchun glyukoza sifatida ishlatilishi mumkin, ammo u oxir-oqibat tugaydi.
Keyingi bosqich. Ikkinchi bosqich bir vaqtning oʻzida bir necha hafta davom etishi mumkin. Ushbu bosqichda tana energiya uchun asosan yogʻlarni ishlata boshlaydi. Jigarda buzilish sodir boʻladi va u yogʻni ketonlarga aylantiradi. Bir hafta davomida roʻza tutilganda miya bu ketonlarni va mavjud boʻlgan glyukozani ishlatadi. Ketonlardan foydalanish glyukozaga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi va organizm oqsil parchalanishini sekinlashtiradi.
Soʻnggi bosqich. Bu vaqtga kelib yogʻ zaxiralari butkul yoʻqoladi va tana energiya uchun sarflanadigan oqsilga aylana boshlaydi. Bu protein bilan toʻla mushak toʻqimalarini parchalash kerakligini anglatadi; mushaklar juda tez parchalanadi. Protein hujayralarning toʻgʻri faoliyati uchun zarurdir va u tugashi bilan hujayralar ishlay olmaydi.
Ochlik tufayli oʻlim odatda organizmga infeksiya tushishi yoki toʻqimalarning parchalanishi natijasida sodir boʻladi. Bu jarayon organizmning bakteriyalar va viruslarga qarshi kurashish uchun yetarli energiya ishlab chiqara olmasligi bilan bogʻliq. Ochlikning yakuniy bosqichi soch rangining yoʻqolishi, terining qichishi, oyoq-qoʻllarning va qorinning shishishi kabi signallar bilan kechadi. Garchi ochlikni his qilishlari mumkin boʻlsa-da, bu bosqichidagi odamlar odatda tiklanish uchun yetarlicha ovqat isteʼmol qila olmay qoladilarWhat Is Hunger?.
Sabablari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b2/Starved_Vietnamese_man%2C_1966.JPEG/170px-Starved_Vietnamese_man%2C_1966.JPEG|thumb| Vyetkong qamoqxona lagerida oziq-ovqatdan mahrum qilingan och vyetnamlik mahbus. Suratda koʻrsatilgan qovurgʻa qafasiga eʼtibor bering, bu ochlikning aniq belgisi sanaladi. Tana qabul qilganidan koʻra koʻproq energiya sarflaydi. Ushbu nomutanosiblik bir yoki bir nechta tibbiy holatlar yoki shartli vaziyatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, jumladan:
Tibbiy sabablari
Anoreksiya nervozi; Bulimiya nervozi; Ovqatlanish tartibining buzilishi; Ovqat hazm qilish tizimining buzilishi; Koma; Katta depressiv buzilish; Qandli diabet; Doimiy qusish.
Shartli sabablari
Bolalar, qariyalar yoki parvarishlovchi qaramogʻidagi shaxsga nisbatan zoʻravonlik; Har qanday sababga koʻra ochlik, masalan, siyosiy nizolar va urushlar; Ochlik eʼlon qilish; Haddan tashqari koʻp vaqt davomida roʻza tutish; Qashshoqlik; Qiynoq.
Biokimyo Odatiy yuqori uglevodli dietada boʻlgani holda inson tanasi asosiy energiya manbai sifatida qon glyukozasiga tayanadi. Glyukozani toʻgʻridan-toʻgʻri dietali shakarlardan va boshqa uglevodlarni parchalash orqali olish mumkin. Ovqatlanish ratsionida shakar va uglevodlar boʻlmasa, glyukoza organizm zaxirasida saqlangan glikogenning parchalanishidan olinadi. Glikogen glyukozaning qabul qilinishi mumkin boʻlgan saqlash shakli boʻlib, jigar va skelet mushaklarida sezilarli miqdorda saqlanadi.
Glikogen zaxirasi tugaganidan keyingi ikki-uch kun ichida yogʻ kislotalari asosiy metabolik yoqilgʻi vazifasini bajaradi. Avvaliga miya glyukozadan foydalanishni davom ettiradi. Agar miyadan boshqa biror toʻqima metabolik yoqilgʻi sifatida yogʻ kislotalaridan foydalansa, xuddi shu toʻqimalarda glyukozadan foydalanish funksiyasi oʻchiriladi. Shunday qilib, yogʻ kislotalari energiya uchun parchalanganda qolgan glyukozaning hammasi miya tomonidan sarflanish uchun saqlab turiladi.
Ikki yoki uch kunlik roʻza tutishdan soʻng jigar yogʻ kislotalarining parchalanishidan olingan prekursorlardan keton tanalarini sintez qila boshlaydi. Miya ushbu keton jismlarini yoqilgʻi sifatida ishlatadi va shu bilan glyukozaga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi. Uch kunlik roʻza tutishdan keyin miya energiyaning 30 foizini keton tanalaridan oladi. Toʻrt kundan keyin bu koʻrsatkich 70 foiz yoki undan yuqori darajaga koʻtarilishi mumkin. Shunday qilib, keton tanalarini ishlab chiqarish miyaning glyukozaga boʻlgan ehtiyojini kuniga 80 g dan kuniga 30 g gacha kamaytiradi, bu normaning taxminan 35 foizini tashkil qiladi, 65 foiz esa keton tanalaridan olinadi. Ammo miyaning qolgan 30 g ehtiyoji kuniga 20 g jigar tomonidan ajratiladigan glitserin hisobiga (oʻzi yogʻlarning parchalanishi mahsuloti) qoplanishi mumkin. Bu holatda ham boshqa manba hisobidan toʻldirilishi kerak boʻlgan kuniga taxminan 10 g glyukoza defitsiti mavjud boʻladi. Bu manba vazifasini esa tananing oʻz oqsillari oʻtay boshlaydi.
Yogʻ manbalari tugaganidan soʻng tanadagi hujayralar oqsilni parchalashni boshlaydi. Bu jigar tomonidan glyukozaga aylanishi mumkin boʻlgan piruvatdan hosil boʻlgan alanin va laktatni chiqarishga olib keladi. Inson mushak massasining katta qismi oqsildan iborat boʻlgani sababli bu hodisa ochlik paytida mavjud mushak massasining yoʻqolishi bilan uzviy bogʻliqdir. Biroq tana qaysi hujayralar oqsilni parchalashini tanlashga qodir. 1 g glyukozani sintez qilish uchun taxminan 2-3 g oqsilni parchalash kerak; Har kuni taxminan 20-30 g protein parchalanib, miyani tirik saqlash uchun 10 g glyukoza hosil qiladi. Biroq proteinni tejash maqsadida roʻza tutish muddati qanchalik uzoq davom etsa, bu raqam shunchalik kamayishi mumkin.
Yogʻ zaxiralari toʻliq tugagach, ochlik yuzaga keladi va oqsil tanadagi yagona yoqilgʻi vazifasini bajaruvchi boʻlib qoladi. Shunday qilib, ochlik davrlaridan keyin tanadagi oqsilning yoʻqolishi muhim organlarning ishiga taʼsir qiladi va oʻlimga olib keladi, hatto yogʻ zaxiralari hali mavjud boʻlsa ham. Ozgʻin odamda yogʻ zaxiralari tezroq tugaydi, oqsil esa keyinroq, shuning uchun oʻlim tezroq sodir boʻladi. Oxir-oqibat, oʻlim sababi toʻqimalar degradatsiyasi va elektrolitlar muvozanatining buzilishi natijasida kelib chiqqan umumiy yurak aritmiyasi yoki yurak xuruji sifatida qayd etilishi mumkin. Ochlikdan azob chekayotgan odamlarni metabolik atsidoz kabi sharoitlar ham halok qilishi mumkin.
Ochlikning oldini olish