Super Mario World yoki Super Mario World: Super Mario Bros. 4 () Nintendo shirkati tomonidan Super Nintendo Entertainment System (SNES) uchun ishlab chiqarilgan platformer janridagi videooʻyindir. 1990-yilda ommaga havola etilgan. Oʻyin sujeti bosh qahramon Marioning malika Toadstool va Dinozavrlar mamlakati () ni oʻyin antagonisti boʻlmish Bowser va uning minionlari — Koopalinglardan xalos etishi haqidadir. Oʻyin taktikasi avvalgi Super Mario haqidagi oʻyinlarga oʻxshab ketadi: oʻyinchi Mario yoki uning birodari Luigini butun oʻyin davomida boshqaradi.
Super Mario World hamma vaqtning eng zoʻr oʻyinlaridan biri hisoblanadi. U ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan. Taqriz yigʻuvchi GameRankings sayti oʻyinni 94 foiz ijobiy baholagan hamda hamma vaqtning eng yuqori baholangan oʻn yettinchi oʻyini, deb topgan. 1991-yilda „Yil oʻyini“ mukofoti bilan taqdirlangan. Oʻyin umumjahon boʻylab yigirma milliondan ortiq nusxada sotilgan. 1991-yilda ushbu oʻyin asosida ayni nomli multserial ham ishlangan.
Manbalar