Raul Manolo Gudiño Vega () (1996-yil 22-aprelda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, oliy liganing „Atlanta United„ klubi darvozaboni.

Klubdagi faoliyati

Porto 2014-yil 29-avgustda Guadalajara Gudino Portugaliyaning “Porto“ klubiga oʻn oylik ijara asosida oʻtishini va bu transferni doimiy qilish imkoniyati borligini eʼlon qilgan. U 2014-yilning noyabr oyida Segunda Liga doirasida „Academico Viseu“ga qarshi „B“ jamoasida debyut qilgan. 2015-yilning 14-fevralida u 32-daqiqada "Feyrense „ darvozasiga belgilangan penaltini qaytarib, „Porto B“ning 1:0 hisobidagi gʻalabasiga yordam bergan.

2015-yil 16-iyun kuni „Porto“ Gudino bilan 1,5 million yevroga sotib olish opsiyasini ishga tushirib, doimiy shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. 2016-yilning 11-fevralida Gudino mavsumning qolgan qismida Portu klubidan ijara asosida Uniãoda Madeyraga oʻtgan.

APOEL (ijara) 2017-yilning 31-avgustida Gudino Kiprning APOEL klubi bilan mavsumiy ijara asosida shartnoma imzolagan. 17-oktabr kuni UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining Dortmundning „Borussiya“ klubiga qarshi oʻyinda Gudino Boy Waterman oʻrniga maydonga tushgan va Chempionlar ligasi oʻyinida maydonga tushgan ilk meksikalik darvozabonga aylangan.

Guadalajara 2018-yilning 26-mayida Gudinyo APOELda bir yillik ijara muddatidan soʻng yana Guadalajaraga qoʻshilgan. 21-iyul kuni u Tixuanaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan. 30-sentabr kuni „America klubi“ga qarshi oʻzining birinchi “Super Klasiko"sida Gudino Mateus Uribening penaltisini toʻsib, hisobni 1:1 koʻrinishida saqlab qolgan. Uchrashuvdan soʻng bosh murabbiy Jose Saturnino Kardozo uning oʻyinini yuqori baholagan.

Atlanta 2022-yil 20-iyun kuni Gudino 1 yillik shartnoma asosida erkin agent sifatida Atlanta Unitedga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati 2018-yil 2-oktabrda Gudino vaqtinchalik bosh murabbiy Rikardo Ferretti tomonidan oktabr oyida Kosta-Rika va Chiliga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan. U 11-oktabr kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda Gibran Lajudning oʻrniga maydonga tushgan va Meksika 3:2 hisobida gʻalaba qozongan.

Faoliyat statistikasi Klub Mavsum Liga KubokQitʼa JamiDivizionOʻyinlar GollarOʻyinlar GollarOʻyinlar GollarOʻyinlar Gollar Porto B 2014—2015 Segunda Liga 16 0 — — 16 0 2015—2016 LigaPro 22 0 — — 22 0 2016—2017 26 0 — — 26 0 2017—2018 0 0 — — 0 0 Jami 64 0 - - 64 0 União (Ijara) 2015—2016 Primyera Liga 11 0 — — 11 0 APOEL (ijara) 2017—2018 Kipr birinchi divizioni 2 0 4 0 1 0 7 0 Guadalajara 2018—2019 Liga MX 28 0 - 2 0 28 0 2019—2020 4 0 4 0 — 8 0 2020—2021 24 0 - — 24 0 2021—2022 23 0 - — 23 0 Jami 79 0 4 0 2 0 85 0 Atlanta United 2022 Oliy liga futbol 0 0 - - 0 0 Karyerada jami 156 0 8 0 3 0 167 0

Xalqaro Meksika YilOʻyinlar Gollar 2018 2 0 2019 3 0 Jami 5 0

Yutuqlar APOEL

Kipr birinchi divizioni : 2017—2018

Porto B

LigaPro : 2015—2016 Premer-liga xalqaro kubogi : 2016—2017

Meksika yoshlari

CONCACAF U-17 chempionati : 2013-yil FIFA U-17 Jahon kubogi 2 -oʻrin: 2013-yil CONCACAF Olimpiya saralash chempionati : 2015-yil

Shaxsiy yutuqlari

CONCACAF U-17 chempionati Oltin qoʻlqop: 2013-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar