Emma Guo (1995-yil 23-fevralda tugʻilgan) — avstraliyalik ayol shaxmatchi. U FIDE xalqaro ayol ustasi (WIM) unvoniga ega. Emma 2015-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Okeaniya chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Yoshlik yillari Kanberrada tugʻilgan Guo olti yoshida katta akasidan shaxmat oʻynashni oʻrganadi. Emmaga keyinchalik mahalliy shaxmatchi Piter Simpson shaxmatdan murabbiylik qilib unga shaxmatning barcha sir-asrorlarini oʻrgatadi.

Shaxmatdagi faoliyati Guo toʻrt karra Avstraliya qizlar chempioni boʻlgan. Jumladan: 2004, 2005 (10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida), 2006 (12 yoshgacha boʻlganlar toifasida) va 2007-yillarda (18 yoshgacha boʻlganlar toifasida) oʻtkazilgan shaxmat musobaqalarida ishtirok etganACTJCL Australian Juniors Age Champions. ACT Junior Chess League..

Emma Guo 2008-yil oktyabr oyida Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan 1-Jahon aql sporti oʻyinlarida Avstraliya ayollar shaxmat jamoasi aʼzosi safida oʻynagan1st World Mind Sport Games — Women Team Rapid. Chess-Results.com.1st World Mind Sport Games — Women Team Blitz. Chess-Results.com..

Guo ayollar oʻrtasidagi Okeaniya chempionatida toʻrt marta ishtirok etgan. 2009-yilda Queensland shtatining Gold Coast shahrida oʻtkazilgan shaxmat musobaqasida u Arianne Kaoili va Irina Berezinadan keyingi uchinchi oʻrinni egalladi va bu natijasi uchun ayol FIDE ustasi (WFM) unvoniga sazovor boʻldi2009 Oceania Zonal Women. Tournament report . FIDE.. 2011-yilda Emma Guo Yangi Zelandiyaning Rotorua shahrida Irina Berezina bilan bir xil ball toʻplab birinchi oʻringa daʼvogar boʻladi2011 Oceanic Zonal Women. Original Tournament Report. FIDE. va bir necha oy oʻtgach, Sidneyning Parramatta shahrida oʻtkazilgan pley-off oʻyinida Irina bilan boʻlgan oʻyinda magʻlubiyatga uchraydi. Shu musobaqadagi muvaffaqiyatli oʻyinlari natijasida unga xalqaro ayol ustasi unvoni berildi. Ikki yil oʻtgach, Fidjining Nadi shahrida u Berezina bilan yana bir bora teng ball toʻplab, birinchi oʻringa daʼvogar boʻladi, lekin afsuski, huddi avvalgidek pley-off oʻyinida Irina Berezina tomonidan magʻlub etiladi. 2015-yilda Sidneyning Cammeray shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat musobaqasida Emma Guo 7/9 ball toʻplagan holda, oʻyinni birinchi oʻrin sohibasi sifatida yakunladi va 2016-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Guo Avstraliya terma jamoasi safida 2010, 2012, 2014 va 2016-yillardagi ayollar shaxmat olimpiadalarida ishtirok etgan. U shuningdek, 2007-yilda 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon olimpiadasida Avstraliyaning ikkinchi jamoasi safida oʻynaganEmma Guo team chess record at Olimpbase.org.

Guo 2012-yilda 36-Zurich Christmas Open turnirida eng koʻp ball toʻplagan shaxmatchi sifatida etirof etildi36. Zürcher Weihnachtsopen Final standings.

Shaxsiy hayoti Emma Guo hozirda Kanberradagi Avstraliya Milliy Universitetida psixologiya va sanʼat yoʻnalishida tahsil olmoqda.

Emma asli kelib chiqiqshiga koʻra tibetlik hisoblanadi.

Mashhur oʻyinlar

Maxmut Xeladini va Emma Guo, Hilton Master Open turniri, Bazel (2013), Ruy Lopez: Schliemann himoyasi, (C63), 0:1

1.e4 e5 2. Nf3 Nc6 3. Bb5 f5 4.d3 fxe4 5.dxe4 Nf6 6. Bg5 Bc5 7. OO d6 8.c3 OO 9. Nbd2 Qe8 10. Bh4 Kh8 11.b4 Bb6 12. Re1 Nh5 13. Bf1 Bg4 14. Qb3 Qg6 15. Kh1 Rf4 16. Bg3 Nxg3+ 17.fxg3 Rf6 18. Be2 Bxf3 19. Bxf3 Qxg3 20. Re2 Rh6 21. Nf1 Qf4 22.a4 a5 23.b5 Ne7 24. Rd1 g5 25. Rd3 g4 26. Re1 gxf3 27. Rxf3 Qg4 28.h3 Rg8 29. Qc2 Qh4 30. Qb1 Rf6 31. Rxf6 Qxf6 32. Re2 Ng6 33. Nh2 Nf4 34. Qf1 Qg6 0-1

Manbalar

365Chess.com saytidagi Emma Guo oʻtkazgan shaxmat oʻyinlari

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Avstraliya shaxmatchilari Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar