Sami Khedira (; ; 1987-yil 4-aprelda, Stuttgartda tugʻilgan) — germaniyalik sobiq professional futbolchi, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Hozirda u La Liganing „Real Madrid“ klubida yordamchi murabbiy hisoblanadi.
Faoliyati
Shtutgart Bundesligadagi debyutini 2006-yil 1-oktybarda Gerta jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2007-yil 29-yanvarda Shtutgart bilan 2009-yil iyun oyigacha boʻlgan shartnoma imzolagan. 2008-yil 9-iyulida shartnomasini 2011-yilgacha uzaytirgan. Jamoada tayanch yarim himoyachi sifatida maydonga tushgan, bir oz muddat jamoaning ikkinchi sardori ham boʻlgan.
Real Madrid 2010-yilning yozida Madridning „Real“ jamoasiga tarkibiga oʻtgan. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil etgan. 2012-yil 21-aprel kuni boʻlib oʻtgan mehmondagi oʻyinda „Real“ning azaliy raqibi hisoblangan Barcelona darvozasiga toʻp kiritgan va oʻyinda jamoasi 1:2 hisobida gʻalaba qozongan.
Germaniya terma jamoasi
Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2009-yil 5-sentyabrda JARga qarshi oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻz debyutini oʻtkazgan. Terma jamoaning asosiy oʻyinchilarining koʻplab jarohati sababli Sami 2010-yilgi jahon chempionati tarkibiga kiritilgan. Mundialda oʻtkazilgan barcha oʻyinlarda ishtirok etgan va maydon markazidagi oʻyinlari yuqori baholanib, maqtovlarga sazovor boʻlgan. 3-oʻrin uchun Urugvay bilan boʻlgan bahsda u gol urishga ham erishgan.
Yutuqlari Klubda Germaniya chempioni: 2007 Ispaniya kubogi sohibi: 2010/11 Ispaniya chempioni: 2011/12 Ispaniya superkubogi sohibi: 2012
Terma jamoada Yoshlar oʻrtasida Yevropa chempioni: 2009 Jahon chempionati bronza mukofoti: 2010 Yevropa chempionati bronza mukofoti: 2012
Shaxsiy yutuqlari UEFA Yevropa turniri ramziy jamoasi: 2012
Manbalar
Havolalar
Profile at the Real Madrid CF website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:VfB Stuttgart II futbolchilari Turkum:VfB Stuttgart futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Hertha BSC futbolchilari Turkum:Regionalliga futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari