Jang Ye-eun (; 1998-yil 10-avgustda tugʻilgan), Yeeun nomi bilan tanilgan, Superbell kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va reper. U Janubiy Koreyadagi CLC qizlar guruhining bosh reperi sifatida tanilgan. U Lee Jeno bilan 2018-yilning mayidan 2019-yilning noyabrigacha SBS MTV telekanalining The Show koʻrsatuvida eng uzoq faoliyat yuritgan boshlovchi boʻlgan.

Yoshligi va faoliyati Yeeun Janubiy Koreyaning Dongducheon shahrida tugʻilib oʻsgan. Uning katta opasi bor. U Dongbo boshlangʻich maktabi, Dongducheon qizlar oʻrta maktabi va Seul sahna sanʼati maktabida tahsil olgan. U 2017-yilning fevral oyida Sanʼat makatabidagi taʼlimini tugatgan.

2014-yilda Yeeun qoʻshiqchi G.NAning „G.NA 's Secret“ va BtoBning „Beep Beep“ kliplarida suratga tushgan. Yeeun, shuningdek, Cube Entertainment stajyorlari bilan „G.NAʼs Secret“ tadbirlarida yordamchi raqqosa sifatida ishtirok etgan.

Yeeun 2015-yilda CLC qizlar guruhining asosiy reperi sifatida maʼlum boʻlgan. Guruh rasman 2015-yil 19-martda oʻzining First Love mini-albomii va „Pepe“ singli bilan debyut qilgan.

2020-yilning may oyida Yeeun Mnet telekanalining Good Girl musiqiy realiti-shousida aktyorlari tarkibiga qoʻshilgan. Yeeun Good Girl saundtrekining bir qismi sifatida 3 ta qoʻshiqda ishtirok etgan. U Kard guruhi aʼzosi Hyo-yeon, Cheetah, Jamie va Jiwoo bilan birga „Witch“ qoʻshigʻini ijro etgan va „Barbie“ hamda „Mermaid“ qoʻshigʻini yolgʻiz ijro etgan. Keyinchalik u M Countdow dasturining 672-epizodni reklama qilgan.

2020-yil iyun oyida kompaniya Yeeun aktyorlik debyutini oʻzining hamkasblari Seung-heei va Jang Seung Yon bilan Tastes of Horror qisqa metrajli film seriyasida oʻtkazishini eʼlon qilgan. Qisqa metrajli film premyerasi 2022-yilda Bucheon xalqaro fantastik filmlar festivalida boʻlib oʻtgan.

Diskografiyasi NomYilGrafikdagi eng yuqori pozitsiyalariAlbomKOR GaonUS World"Barbie"2020——Good Girl Episode 3"Mermaid" ——Good Girl FINAL"Mermaid"2018——ONE"Witch" 2020——Good Girl Episode 3"Really Bad Guy" 2019——My Fellow Citizens! OST

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar