Ziraat Bank Uzbekistan – Oʻzbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi aksiyadorlik tijorat banki.

Tarixi Ziraat Bank Uzbekistan 1993-yilning 25-oktabrida Turkiyaning Ziraat bankasi A.Ş. va Oʻzbekistonning "Agrobanki" kapitali ishtirokida „Oʻzbekiston-Turkiya banki“ (UTBANK) nomi bilan tashkil etildi. 2017-yil 30-noyabrda Turkiyaning Ziraat Bankasi Agrobank OAJdan UTBANKning 50 % aksiyalar paketini toʻliq sotib olishi bilan Oʻzbekiston-Turkiya bankining toʻliq egasiga aylandi. Shundan soʻng, UTBANK OAJning yagona aksiyadori hisoblangan Turkiya Respublikasi Davlat Banki Ziraat Bankasi, bankning nomini Ziraat Bank Uzbekistan deb oʻzgartirdi. Va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan bankning yangi nomi – Ziraat Bank Uzbekistan Aksiyadorlik Jamiyati va bank nizomi roʻyxatga olindi.

Reyting Moody’s: Kontragentning uzoq muddatli tavakkalchilik reytingi – chet el valyutasi – B2. Bankning uzoq muddatli depozitlari – chet el valyutasi – B3. ZBU biznesining Oʻzbekistondagi konsentratsiyasini hisobga olgan holda (B1 barqaror). Reyting 2020-yil 6-iyunda beriligan.

Ahbor-Reyting: uzA qarzni toʻlashga qodirlik, Barqaror prognozi. Reyting 2018-yil aprelda beriligan va 2018-yil noyabrda tasdiqlangan.

Aksiyadorlar Hozirgi kunda „Ziraat Bank Uzbekistan“ning 100% aksiyalari Ziraat Bankası A.Ş. kompaniyasiga tegishlidir. Ziraat Bankası A.Ş.Turkiyaning bir yarim asrlik tarixga ega bankidir va u „Ziraat Bank Financial Group“ moliyaviy guruhi tarkibiga kiradi. Kompaniyaning Turkiyada 1728 ga yaqin bank filiali, dunyoning 114 nuqtasida shu’ba va vakolatxonalari, jumladan Germaniya, Rossiya, Gruziya, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Turkmaniston kabi 18 ta davlatda shu’ba banklari mavjud. Ziraat Bankası A.Ş. dunyoning eng yirik banklari yuztaligiga kiradi.

Faktlar Ziraat Bank Uzbekistan – Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy kapital ishtirokidagi birinchi tijorat bankidirhttps://www.instagram.com/ziraatbank_uzbekistan/.

Rasmiy ilovasi Bankning rasmiy ilovasi – Ziraat Mobile Uzbekistan, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.

Manbalar

Havolalar Bankning rasmiy telegram kanali