link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f5/Blue_crown.svg/220px-Blue_crown.svg.png|thumb| Khepresh, Misrning koʻk toji Khepresh (ḫprš) qadimgi Misr qirollik bosh kiyimi. U koʻk toj yoki urush toji nomi bilan ham tanilgan. Yangi Shohlik fir’avnlari koʻpincha jangda uni kiyganlari tasvirlangan, lekin undan marosimlarda ham foydalanishgane.g. Myśliwiec, Karol, Eros on the Nile, Cornell University Press 2004, p.14. Ilgari uni koʻpincha urush toji deb atalgan, ammo zamonaviy tarixchilar Khepreshni bunday taʼrifga mos hisoblamaydilarKuhrt, Amélie, The Ancient Near East: C.3000-330 B.C., Taylor & Francis 1995, p.190.
Khepreshning asl namunasi hali topilmagan. Qadimgi tasvirlarga asoslanib, baʼzi Misrshunoslar khepresh charmdan yoki qattiq matodanMaisels, Charles Keith, Early Civilizations of the Old World, Routledge 2001, p.60 tayyorlangan deb taxmin qilishgan. Deshret (qizil toj) va hedjet (oq toj) oʻsimlik tolasidan toʻqilgan. Boshqa koʻplab qirollik tojlarida boʻlgani kabi, uraeus (kobra) khepreshning old tomoniga oʻrnatilgan.
Tarix Moviy toj yoki urush toji ierogliflarda ham tasvirlangan.
Khepresh haqida eng qadimgi maʼlumot fir’avn Neferxotep III hukmronligi davrining ikkinchi oraliq davrga toʻgʻri keladiEdwards, Iorwerth Eiddon Stephen; Nicholas Geoffrey Lemprière Hammond, Cyril John Gadd, The Cambridge Ancient History, Cambridge University Press 1975, p.51. Yangi qirollik va oʻn sakkizinchi sulolaning birinchi shohi Ahmose I hukmronligi davridagi suratlarda khepresh qalpoq tojidan balandroq va koʻp burchakli shaklda chizzilgan. Bu tojning shakli oʻn sakkizinchi sulola davrida oʻzgara boshlagan. Xatshepsut va Tutmos III davrida oʻzining hozirda koʻpchilikka maʼlum boʻlgan shakliga kelganDavies, W. V., „ The Origin of the Blue Crown“, The Journal of Egyptian Archaeology, volume 68 (1982), pp. 69-74.
Amenxotep III hukmronligidan keyin, ayniqsa 18 va 19-sulolalar davrida kelib khepresh urfga kirga va hatto baʼzi fir’avnlar tomonidan asosiy toj sifatida qabul qilinganBard, Katheryn A., Encyclopedia of the Archaeology of Ancient Egypt, Routledge 1999, p.412. Toj Kushitlar sulolasida (miloddan avvalgi 747-656 yillar) hukmronligi davridan boshlab foydalanilmay qoʻyilganShaw, Ian, The Oxford History of Ancient Egypt, Oxford University Press 2003, p.348.
Yangi Shohlik davrida fir’avnlar harbiy yurishlar paytida khepreshni kiygan holatda tasvirlangan. Biroq, baʼzi olimlarning fikriga koʻra, toj fir’avnning ilohiy kuchini uygʻotish uchun moʻljallangan deb hisoblashadiBryan, Betsy. „A 'New' Statue of Amenhotep III and the Meaning of the Khepresh Crown.“ The Archaeology and Art of Ancient Egypt: Studies in Honor of David OʻConnor, ed. Z. Hawass and J. Richards. Cairo, 2007, p. 156-8..
Galereya
Yana qarang
Atef Deshret — Quyi Misrning qizil toji Hedjet — Yuqori Misrning oq toji Nemes — fir’avnlarning chiziqli bosh kiyimi N-qizil toj Pschent — Quyi va Yuqori Misrning qoʻsh toji
Manbalar
Turkum:Misr madaniyati